28.08.1998 yildagi 664-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“EL-YuRT HURMATI” ORDENINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “El-yurt hurmati” ordeni ta’sis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “El-yurt hurmati” ordeni to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “El-yurt hurmati” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil № 5-6, 63-modda; № 9, 120-modda) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni” degan so‘zlardan so‘ng “El-yurt hurmati” ordeni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
664-I-son

“EL-YuRT HURMATI” ORDENI TO‘G‘RISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt hurmati” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining ellik karrasi miqdorida bir yo‘la pul mukofotini oladilar. “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan shaxslar qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “El-yurt hurmati” ordeni ko‘krakning chap tomoniga taqib yuriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “El-yurt hurmati” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“EL-YuRT HURMATI” ORDENI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi, u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralig‘i 52 millimetr. Nurlarni o‘z ichiga olgan doira diametri — 49 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ordenning markazida, doirada qizil rangli yo‘l bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tog‘lar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan bo‘lib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan bo‘lib, aylananing yuqori qismida, oq fonda “EL-YURT HURMATI” degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(“El-yurt hurmati” ordenining tavsifi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 163-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )