Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-sentabrda 2149-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-sentabr,
244-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 244-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial idoralarda stajorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan tanlab olinadi.”.
2. 37-banddan “komissiya qaroriga asosan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 40-son, 500-modda)