Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2012 21.11.2003 yildagi 528-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING HUQUQIY MAʼRIFAT SOHASIDAGI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy maʼrifat sohasidagi funksiyalaridan kelib chiqqan holda, jamiyatda huquqiy ongni va huquqiy maʼrifatni oshirish ishlarini kuchaytirish, aholi oʻrtasida huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyat targʻibotini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlim boshqarmasi boshqaruv xodimlari soni 3 nafarga koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy maʼrifat targʻiboti markazi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida tugatilayotgan Huquqiy maʼrifat targʻiboti markazining mintaqaviy boʻlimlari oʻrniga bir nafardan huquqiy maʼrifat boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritilsin, ular bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlim boshqarmasiga boʻysundirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xarajatlar smetasi va shtatlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 367-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
528-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-noyabrdagi 528-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qaror 5-bandining ikkinchi xatboshidagi va 4-ilovadagi “194” va “143” raqamlari tegishli ravishda “197” va “146” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-ilovada 7-bandning 14-kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi “shuningdek Huquqiy maʼrifat targʻiboti markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-ilovadagi “Huquqiy maʼrifat targʻiboti markazi” grafasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 4-ilovaning “Huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlim boshqarmasi” grafasidagi “4” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 226-modda)