Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 22.01.2014 yildagi PQ-2114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining nafaqat mamlakatimiz, balki Oʻrta Osiyo mintaqasida professional teatr sanʼatiga asos solish va uni rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosi va anʼanalarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirish, yosh isteʼdodlarni tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlarini inobatga olib hamda tashkil etilganining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi va keng jamoatchilikning Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda mazkur sanaga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda uni yuksak darajada oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri binosini kapital taʼmirlash, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash hamda hududini obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbek Milliy akademik drama teatri” kitob-albomini nashrga tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri haqida hujjatli film yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston teatr sanʼati: tarix, taraqqiyot va istiqbol” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda teatr faoliyatiga bagʻishlangan uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilning sentyabr oyida Oʻzbek Milliy akademik drama teatri binosida mamlakatimiz teatrlari vakillari va faxriylari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, keng jamoatchilik ishtirokida ushbu sanaga bagʻishlangan badiiy kecha oʻtkazish tadbirlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 1-son, 13-modda)