Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga koʻra Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bir qancha vazirliklar va idoralarda budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etilgan. Ushbu jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xodimlarni ijtimoiy ragʻbatlantirish taʼminlanmoqda.
Shu bilan birga, hozirga qadar vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish uchun metodologik yondashuv va taʼsirchan mexanizm yaratilmagan, bu esa koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarmalar mablagʻlarining samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda.
Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasining 2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan ayrim ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq birxillashtirilgan va yangilangan miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga mablagʻlar oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin va mablagʻlardan samarasiz foydalanish hollari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrgan holda samarasiz foydalanilgan summani Davlat budjeti daromadiga olib qoʻysin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-noyabr,
520-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish, sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “85 foizi” va “15 foizi” soʻzlari tegishli ravishda “90 foizi” va “10 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan aniqlangan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijalari, davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 10-bandining oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlangan davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
14-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2002-y., 5-son, 23-modda, 8-son, 49-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda;
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashda;
axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviylashtirishda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda;
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, maʼlumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi ikkinchi va oltinchi xatboshidagi “15” raqamlari “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasidan 10 foiz ajratma, shuningdek bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar shaklidagi tushumlarning 65 foizi hisobiga shakllantiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandining ikkinchi-uchinchi xatboshidagi “35” raqamlari “20” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori 1-bandining uchinchi — beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida yigʻimlar undirishdan valyuta tushumlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalash, ruxsatnomalar berilganligi, tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlari berilganligi, eksport-import kontraktlari oldindan ekspertizadan oʻtkazilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizadan oʻtkazilganligi, fors-major holatlari boshlanganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganligi, axborot maʼlumotnomalari berilganligi uchun yigʻimlar;”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda):
qarorning 2-bandi oltinchi xatboshi va qarorga 1-ilovaning 2-bandi oltinchi xatboshiga “soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar undirilishidan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin.
qarorning 2-bandi yettinchi xatboshiga va qarorga 1-ilovaning 2-bandi yettinchi xatboshiga “shuningdek soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni undirish boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 43-son, 456-modda; 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)