Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 13.11.2003 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIMMATli QOGʻOZLAR BLANKALARINI IShLAB ChIQARIShNI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 13-noyabrdagi
506-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxslar — matbaa korxonalari yoki matbaa ishlab chiqarishiga ega boʻlgan korxonalar litsenziya talabgorlari boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarish boʻyicha qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek quyidagilarning mavjud boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishning tugallangan sikli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar blankalari tayyorlash, shu jumladan namunalar tayyorlash, bosish shakllari, ularga tartib raqami qoʻyish va ishlov berishning maxsus texnologik jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar blankalarini qalbakilashtirishdan yuqori darajada himoyalanganligini amalga oshirish imkoniyatini taʼminlovchi maxsus asbob-uskunalar va texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa asbob-uskunalarida ishlash boʻyicha maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan kamida ikkita mutaxassisning boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar blankalarining hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash boʻyicha asosiy talablarga, shuningdek litsenziya talabgoriga qoʻyiladigan rejim talablariga muvofiq boʻlgan hisobga olish va saqlash tizimi (1 va 2-ilovalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar blankalarining texnik parametrlariga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini taʼminlovchi shart-sharoitlar (3-ilova).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori taqririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgori arizasini litsenziyalovchi organ koʻrib chiqqani uchun yigʻimning litsenziya talabgori tomonidan toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa korxonasining Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa korxonasining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida hududiy ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorida kasb boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan xodimlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorida, oʻzining yoki boshqa qonuniy asosda, litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun (ishlab chiqarish, omborxona, yordamchi va boshqalar) binolari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanayotgan faoliyat amalga oshiriladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlarining litsenziya talabgorining ishlab chiqarish binolaridagi boyliklarni saqlash rejimining ahvoli toʻgʻrisidagi xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Litsenziya talabgorining arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyalovchi organ tegishli xulosalarni tayyorlash uchun zarurat boʻlganda shartnomaviy asosda ekspertlarni jalb etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmaydigan muddatda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida mazkur organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgoriga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning litsenziya bitimi talablari va shartlarini buzganlik uchun javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach u litsenziatning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, shuningdek uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziyalovchi organ qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar reyestrini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(13-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshiga almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho qogʻozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar blankalarining hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy talablar
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Matbaa korxonalarida qimmatli qogʻozlar blankalarining saqlanishini taʼminlash maqsadida qogʻozlar, yarim tayyor mahsulotlar, matbaa va shakl buyumlarini tayyorlash, qabul qilish, saqlash, ishlov berish, topshirish, berish, transportda tashishning yagona tartibi amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qimmatli qogʻozlar blankalari qogʻozlari, yarim tayyor mahsulotlari, qimmatli qogʻozlarning tayyor matbaa va shaklli buyumlarini tezkorlik bilan hisobga olishning tashkil etilishi, ishlab chiqarishning barcha uchastkalarida va ularni saqlash joylarida ushbu hisobga olish ishlari uchun bosh buxgalter javob beradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxgalteriya sexlarda, omborxonalarda, saqlash joylarida tayyorlanayotgan buyumlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobga olib borilishini har kuni nazorat qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qimmatli qogʻozlar blankalari qogʻozlari, yarim tayyor mahsulotlari, tayyor matbaa va shaklli buyumlari hisobga olib boriladigan barcha daftarlar, kartochkalar raqamlanadi, ip oʻtkazib bogʻlanadi, plombalanadi, bosh buxgalter (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin tilxat bilan beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qogʻozlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga berish hamda ishlab chiqarilgandan keyin qabul qilib olish faqat bajaruvchining nazorati ostida bittadan qayta sanab amalga oshiriladi va hisobga olish daftarida tilxat boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qimmatli qogʻozlar blankalari qogʻozlari, yarim tayyor mahsulotlari, buyumlarini mahsulotning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan bajaruvchining almashinishi bilan bogʻliq holda sex ichida bitta operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga (yoki sexdan sexga) berish faqat tegishli omborchilar orqali rasmiylashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatli qogʻozlar blankalari buyumlarini tayyorlash, qabul qilib olish, saqlash va berish bilan bogʻliq boʻlgan moddiy javobgar shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida majburiy shartnoma tuzgan holda litsenziat rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yarim tayyor mahsulotlar va buyumlar saqlash uchun maxsus jihozlangan omborxonalarda, saqlash joylarida, stellajlarda ularning oʻgʻirlanishdan, yoʻqotishdan va yaroqsizlanishdan toʻliq saqlanishini taʼminlaydigan sharoitlarga rioya etilgan holda saqlanishi kerak. Shu bilan birga, qimmatli qogʻozlar blankalarining yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini stellajlarda saqlash yopiq konteynerlarda yoki yopiq setkalarda va ushbu qogʻozlarning oʻgʻirlanishiga yoʻl qoʻymaydigan boshqa usullarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar blankalarining boshqa buyumlar bilan birgalikda bir-biridan toʻsilmagan bitta omborxonada, shkafda saqlanishi taqiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qimmatli qogʻozlar blankalari qogʻozlari, chala tayyor mahsulotlari va buyumlari tushlik tanaffuslar vaqtida hamda ish smenasi tugagach sanagan holda, omborchining. Hisoblash daftaridagi tilxati boʻyicha omborxonaga saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushlik tanaffuslar vaqtida qimmatli qogʻozlar blankalari qogʻozlari, yarim tayyor mahsulotlari va buyumlarini ish joylarida qoldirishga faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi shartnomasini imzolagan brigada xodimlaridan birortasi qimmatli qogʻozlar blankalarini kuzatib turish uchun ish joyida qolgan;
(9-bandning 1—3 xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchilar aynan bir vaqtda chiqib ketadigan va keyinchalik bir aynan vaqtda kirib keladigan sharoitda buyumlar mahkam berkitilgan uchastkalarda qoldirilganda, bunda uchastka qulflanadigan va plombalanadigan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qimmatli qogʻozlar blankalari buyumlarining kamayib qolganligi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun litsenziat rahbariga beriladi va yetishmayotgan buyumlarni qidirib topish chora-tadbirlari koʻriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziat bajarilgan har qaysi buyurtmadan bittadan arxiv nusxasi qoldirishi kerak, unga “toʻlangan” yozuvli shtamp qoʻyishi va uni maxfiy hujjat sifatida saqlashi lozim. Har bir arxiv nusxasiga inventar tartib raqami beriladi. Arxiv nusxasini saqlash muddati: depozit sertifikatlar uchun – 4 yil, veksellar uchun – 3 yil, aksiya va obligatsiyalar uchun – 50 yil, davlat majburiyatlari uchun – ularni toʻlash muddatigacha. Litsenziat – tayyorlovchining faoliyati toʻxtatilgan taqdirda arxiv nusxasi dalolatnoma boʻyicha buyurtmachiga (emitentga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho qogʻozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoriga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejim talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolariga va xoʻjalik hovlilari hududiga kirish qoʻriqlash posti orqali, ruxsatnomalar boʻyicha yoki tashkilot rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlayotgan yoki asbob-uskunalar, nusxa koʻpaytirish texnikasi, shriftlar, matritsalar mavjud boʻlgan qurilayotgan matbaa tashkilotlari hududi oʻraladi va qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matbaa tashkilotlarining, nusxa koʻpaytirish uchastkalarining binolari qoʻriqlash-yongʻindan saqlash boʻyicha ogohlantirish vositalari bilan jihozlanadi, ularning deraza va eshiklariga (qoʻriqlash), shiplariga (yongʻindan saqlash) datchiklar signallar qoʻriqlash postiga yoki ichki ishlar organlarining markazlashtirilgan qoʻriqlash pultiga yetadigan qilib oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birinchi qavatdagi derazalarga ichkaridan ochiladigan, tabaqali (surilma) panjaralar oʻrnatiladi. Yongʻindan saqlash narvonlari, soyavonlar yoki tutash binolar tomlari mavjud boʻlganda panjaralar ular yaqinidagi derazalarga oʻrnatiladi (deraza panjaralari diametri kamida 12 mm boʻlgan poʻlat simlardan yasaladi, ular koʻpi bilan 150x150 mm katakli qilib har qaysi bostirmaga mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alohida hollarda “shaklli” panjaralar tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi, lekin bu holda ular ishlab chiqarish binolariga kirishga mutlaqo imkon bermaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Matbaa tashkilotlarining kirish eshiklari, shuningdek harf terish, bosma sexlari eshiklari (kamida 40 mm qalinlikdagi) bir xil taxtalardan yasalgan, mustahkam va ishonchli tambalar (kamida ikkita ichki qulflar) yoki shifrli qulflar oʻrnatilgan, ikki tomoni chetlari eshiklar yoniga qayirib qoʻyilgan ruxlangan, asbestli tunukalar bilan qoplangan boʻlishi kerak. Eshiklarga begona kishilarning kirishini taqiqlovchi trafaretlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Harf terish, bosma sexlari (uchastkalari), shuningdek nashr qilishga (koʻpaytirishga) buyurtmalar qabul qilish va tayyor materiallarni berish boʻyicha ish joylari olovga chidamliligi 2-darajadan past boʻlmagan, boshqa yordamchi va xizmat binolaridan toʻsilgan, yongʻindan saqlash devorlari va ularga kirishga yoʻl qoʻymaydigan bostirmalar bilan boʻlingan binolarda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ish tugagach binolar qulflanadi, plombalanadi (muhrlanadi), ularning kalitlari esa maxsus daftarda sana va vaqt koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirilib qoʻriqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsga beriladi. Kalitlarni berishda vaqt koʻrsatiladi, ularni oluvchi oʻz familiyasini yozib imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Matbaa tashkiloti maʼmuriyatining va tahririyatning, tahririyat-nashriyot boʻlimining binolari ishlab chiqarish va omborxona binolaridan ajratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼmuriyatga, tahririyatga va tahririyat-nashriyot boʻlimiga keluvchilarning ishlab chiqarish va omborxona binolari orqali oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shakllar yasash, harf terish, shriftlar quyish va bosma sexlari (uchastkalari) ishlab chiqarish binolarida sex (uchastka) boshligʻi yoki tashkilot rahbari tayinlagan masʼul shaxs boʻlmagan vaqtda ayrim xodimlarning ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yangi ochilgan va ishlayotgan matbaa tashkilotlari hududida uy-joylarni va ushbu ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan har xil xizmatlarni joylashtirishga, shuningdek matbaa tashkiloti hududida tashkilot rahbarining maxsus ruxsatisiz boshqa tashkilotlar transport vositalarining yurishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Matbaa asbob-uskunalari oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarini supurish-sidirish ishlari ish vaqtida, u erda ishlovchining ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho qogʻozlar blankalari
ishlab chiqarishni litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻoz blankasining texnik parametrlariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talablar
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot buyurtmachiga bajarilgan buyurtma bilan birga qimmatli qogʻoz blankasining (namunaviy nusxaga muvofiq) texnik parametrlari yozilgan hujjatni berishga majbur, unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dizaynning toʻliq tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) badiiy bezash elementlarini poligrafik bajarish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qalbakilashtirishdan grafik himoya qilish elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qalbakilashtirishdan kimyoviy himoya qilish elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) haqiqiyligini nazorat qilish usullari va bunday nazoratni texnik jihatdan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qogʻozning toʻliq tavsifi (tola boʻyicha tarkibi, qalinligi, bir kvadrat metrining ogʻirligi, qogʻozning mexanik jihatdan pishiqligini belgilovchi ikki marta buklangan joylari soni, uzilish uzunligi, yaltiroq tolalar mavjudligi, konfyetti mavjudligi).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻoz blankasining texnik parametrlari yozilgan hujjat ikki nusxada toʻldiriladi, ulardan bittasi mahsulotni qabul qilish — berish dalolatnomasi boʻyicha buyurtmachiga beriladi. Ikkinchi nusxasi qimmatli qogʻoz blankasining arxiv nusxasi bilan birga litsenziat-tayyorlovchida saqlanadi.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 217-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 2009-y., 52-son, 568-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 18-son, 195-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)