Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChETDAN KELTIRILADIGAN VA RESPUBLIKANING OʻZIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TAMAKI MAHSULOTLARI VA SPIRTLI IChIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan (chetdan keltiriladigan)tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalari uchun hisob-kitoblarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-noyabr,
496-son
Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati boʻyicha sotib olish uchun pul mablagʻlari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Ishlab chiqariladigan aksiz tovarlarini markalashning va aksiz soligʻining budjetga kelib tushishining Prinsipial sxemasida:
“Gosznak” soʻzi “Davlat belgisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
I-bosqichning “Ishlab chiqaruvchi” pozitsiyasidagi “budjet daromadiga” soʻzlari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining bankdagi hisob raqamiga mablagʻlar oʻtkazish yoʻli bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Import qilinadigan aksiz tovarlarini markalashning va budjetga aksiz soligʻi kelib tushishining Prinsipial sxemasida:
“Bosh bojxona boshqarmasi” soʻzlari “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan hamda “Gosznak” soʻzi “Davlat belgisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
I-bosqichning “Importchi” pozitsiyasi “Davlat belgisi” Bosma fabrikasining bankdagi hisob raqamiga mablagʻlar oʻtkazgan holda aksiz markalarning nominal qiymatini toʻlaydi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
II-bosqichning “Mintaqaviy bojxona xizmati” pozitsiyasi “budjet hisobiga” soʻzlari chiqarib tashlansin, “kelib tushgandan” soʻzlaridan keyin “va importchi tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati toʻlangandan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 211-modda; 2006-y., 51-52-son, 512-modda)