Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChETDAN KELTIRILADIGAN VA RESPUBLIKANING OʻZIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TAMAKI MAHSULOTLARI VA SPIRTLI IChIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan (chetdan keltiriladigan)tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalari uchun hisob-kitoblarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-noyabr,
496-son
Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati boʻyicha sotib olish uchun pul mablagʻlari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 211-modda; 2006-y., 51-52-son, 512-modda)