Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2014-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2014-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A. Qodirov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” tadbirini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida 2014-yil 10-fevralga qadar:
tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (U. Xolmatov) va tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati DUK (Y. Karimov) 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 2014-yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi (F. Umarov) 2-ilovaga muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik uchun dehqon xoʻjaligi, savdo doʻkoni va boshqalar) ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (A. Rajabov) 3-ilovaga muvofiq nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman mudofaa ishlari boʻlimi (V. Mamasiddiqov) 4-ilovaga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (K. Jovliyev), “Veterinariya xizmati” boʻlimi (K. Berdiyev) 7-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
“Janubgaztaʼminot” UK “Gʻuzorgaz” filiali (J. Rajabov) 8-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman elektr tarmoqlari (E. Pardayev) 9-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (A. Roʻziboyev) 10-ilovaga muvofiq 2014-yil 1-yanvar holatida hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarini tuman davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi (R. Abdullayeva) 5-ilovaga muvofiq tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman davlat notarial idoralari rahbarlari (Z. Umirova, I. Hamrayev) esa 6-ilovaga muvofiq 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi topshirilsin.
6. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Gʻuzor tuman boʻlimi (Sh. Maxmudov), qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olishni hamkorlikda amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
7. Uchastka davlat soliq inspektorlari, yer resurslari va kadastr xizmati DUK xodimlari bilan birgalikda 11-ilovaga muvofiq hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S. Gʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Tuman hokimining 2012-yil 7-dekabrdagi X-1022/12-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim v. v. b. Oʻ. PANJIYEV
Gʻuzor sh.,
2014-yil 7-fevral,
X-105/02-son
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Gʻuzor tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 2014-yil 1-yanvar holatidagi inventarizatsiya qiymati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | | | |
ILOVA-1 |
| T/r | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Familiyasi, ismi va sharifi | Yashash manzili | Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana | Yer maydoni | Qurilish maydoni | Inventarizatsiya qiymati | Obyekt joylashgan manzil |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Gʻuzor tuman hududida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaliklari va boshqalar toʻgʻrisida 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-2 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana | Yer maydoni | Obyekt joylashgan manzil |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Gʻuzor tumanida istiqomat qiluvchi I-II guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-3 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Imtiyoz boshlangan sanasi | Imtiyoz tugagan sanasi | Imtiyoz turi |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Gʻuzor tumanida 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-4 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Imtiyoz boshlangan sanasi | Imtiyoz tugagan sanasi | Imtiyoz turi |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Gʻuzor tuman hududida 2013-2014-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | |
ILOVA-5 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari |
Yashash manzili | Vafot etgan sana, yil, oy |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Gʻuzor tumanida 2014-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
| | | | | | | | | |
ILOVA-6 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Meros hadya oldi-sotdi shartnoma-si № sanasi | Meros hadya oldi-sotdi asosida egalik huquqi oʻtgan fuqaroning familiyasi, ismi va sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Ijara shartnomasi raqami va sanasi | Ijara miqdori |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Gʻuzor tumanida belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-7 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Faoliyat turi | Sanitariya ruxsatnomasi olingan sanasi va raqami |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Gʻuzor tumanida 2014-yil 1-yanvar holatiga gaz resurslaridan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-8 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotganligi yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Gʻuzor tumanida 2014-yil 1-yanvar holatiga elektr energiya xizmatidan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzgan xususiy tadbirkorlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-9 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotganligi yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
Gʻuzor tumanidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-10 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi |
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) |
Yashash manzili | Yuk avtomashinasining davlat raqami | Davlat rusumli |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 7-fevraldagi X-105/02-sonli qaroriga
11-ILOVA
11-ILOVA
Gʻuzor tuman hududida yashovchi soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisida 2014-yil 1-yanvar holatiga solishtirma dalolatnoma
MAʼLUMOT
| | | | |
ILOVA-11 |
| T/r | Familiyasi, ismi va sharifi | Yashash manzili | Yer maydoni (0,01 ga) | Mol-mulk qiymati (soʻm) |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | Gʻuzor tuman “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr” xizmati DUK boshligʻi |
| | __________________ |
| | Gʻuzor tuman DSI boshligʻi | | __________________ | |
| | Gʻuzor tumani ______ QFY (MFY) raisi | | __________________ |