Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.09.2014 yildagi 255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, shuningdek OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Davlat dasturi amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi yigʻilishlariga 2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 255-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Muddatlari

Xarajatlar

mln soʻm

Moliyalashtirish manbalari

Bajaruvchilar

Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish

1.

2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha hududiy va tarmoq tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2014-yil 15-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar

Hududiy va tarmoq tadbirlar rejasi loyihalari. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni taʼminlash.

2.

Maʼnaviy boy, jismonan sogʻlom va har tomonlama barkamol yoshlarni shakllantirishga qaratilgan OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etish.

2014 — 2016-yillar jadvalga asosan

45,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, MTRK, OʻzA, “Kamolot” YIH, “Mahalla” fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi

Aholi oʻrtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish.

3.

Migrantlarni har yili OIV infeksiyasiga tekshirish.

2014-yil


2015-yil


2016-yil

1100,0


1100,0


1100,0

Budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bajaruvchilarning tegishli qarorlari. Migrantlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida OIV infeksiyasini oldindan aniqlash va keyinchalik uning tarqalishining oldini olish.

4.

Nikohlanuvchi shaxslarni 100 foiz OIV infeksiyasiga tekshirish bilan qamrab olinishiga erishish.

2014 yil


2015 yil


2016 yil

2000,0

2000,0


2000,0

Budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

Shuʼbaviy rejalar. Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi profilaktikasi chora-tadbirlari toʻgʻrisida xabardor qilish. Yangi turmush qurgan shaxslar oʻrtasida OIV infeksiyasini oldindan aniqlash, OIV infeksiyasi yuqtirilishini bartaraf etish.

5.

OIV infeksiyasi yuqishining oldini olish uchun kasallikni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar vakillarini profilaktika vositalari bilan taʼminlash.

2014-yil

391,0 ming AQSh dollari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Bajaruvchilarning ish rejalari. Kasallikni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar uchun profilaktika xizmatlari koʻrsatuvchi muassasalar (ishonch kabinetlari va doʻstona kabinetlar) faoliyatini taʼminlash. Kasallikni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar vakillari oʻrtasida O�V infeksiyasini kamaytirish.

6.

OIV infeksiyasi yuqishining jadalligiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish.

Buyruqni tasdiqlash —

2015-yil mart

367,0 ming AQSh dollari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Epidemiologik va serologik tadqiqotlar oʻtkazish; olingan maʼlumotlarni tahlil qilish. Oʻtkazilgan tadbirlarning samara-dorligini baholash va amalga oshiriladigan profilaktika ishlarini yaxshilash uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

7.

OIV infeksiyasi yuqtirgan shaxslarga yoki ularning qonuniy vakillariga huquqiy, uslubiy, axborot va boshqa yordamlar koʻrsatish.

2014 — 2016-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi,

“Mahalla” fondi

Bajaruvchilarning normativ hujjatlari va rejalari. OIV infeksiyasi yuqtirgan shaxslarni yoki ularning qonuniy vakillarini OIV infeksiyasining huquqiy va tibbiy-ijtimoiy jihatla�i toʻgʻrisida xabardor qilish. OIV infeksiyasi yuqtirgan shaxslar va ularning qonuniy vakillari tibbiy-ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini, yuridik yordam olishi darajasini oshirish.

8.

OIV infeksiyasi yuqtirgan shaxslarni bepul maxsus davolash (ARV-terapiya).

2014-yil





2015-yil



2016-yil

1237,0


3,2 mln AQSh dollari


3,2 mln AQSh dollari


3,2 mln AQSh dollari

Budjet mablagʻlari,
OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV,
OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Davolashning milliy bayonnomalariga asosan davolash tadbirlarini amalga oshirish. Davolanishga muhtoj boʻlgan OIV infeksiyasi bilan yashayotgan 10 mingdan ortiq shaxslarni ARV-terapiya bilan qamrab olish. OIV infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayoti sifatini yaxshilash.

9.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan tibbiy muolajalar, tibbiy dori-darmonlar, biologik suyuqliklar, organlar va toʻqimalar xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshirish.

2014-yil



2014 — 2016-yillar

2,6 mln
AQSh dollari


140,0

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma,

Budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV,
Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bajaruvchilar qarorlari. Davolash-profilaktika muassasalarini bir martalik asboblar bilan taʼminlash tizimi va mexanizmlarini, tibbiyot chiqindilarini xavfsiz utilizatsiya qilish tizimini ishlab chiqish. Teri qoplamalari butunligi buzilishini chaqiradigan tibbiy muolajalar sonini qisqartirish. Tibbiyot xodimlarini kasalxona ichki infeksiyasi va ish joyida OIV infeksiyasini yuqtirish profilaktikasi boʻyicha choralarga oʻqitish. Donorlar qonining xavfsizligini taʼminlash.

10.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

2014 — 2016-yillar

65,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi

Xalqaro tashkilotlar bilan memorandum. OIV infeksiyasi muammolari boʻyicha hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolar hal etilishini jadallashtirish.

11.

OIV yuzasidan tibbiy tekshiruv oʻtkazish boʻyicha sanitariya qoidalari va meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil

sentyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

Bajaruvchilar ?arorlari. Tegishli vazirliklar va idoralar bilan sanitariya qoidalari va meʼyorlarini ishlab chiqish, kelishish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. OIV yuzasidan tibbiy tekshiruv oʻtkazish qoidalari va meʼyorlarini belgilash.

12.

Oʻzbekiston Respublikasida begʻaraz donorlik faoliyati doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish.

Tasdiqlangan tadbirlar muddatlariga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Qon insonlar xizmatida” jamgʻarmasi,
“Kamolot” YIH, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, OʻzA, MTRK, Qizil yarim oy jamiyati

Bajaruvchilarning ish rejasi. Begʻaraz donorlik masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish. Qon va uning komponentlari xavfsizligi va ularning zarur zaxirasini taʼminlash.

13.

OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishi profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

2014-yil



2015-yil



2016-yil

138 ming AQSh dollari


138 ming AQSh dollari


138 ming AQSh dollari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bajaruvchilar qarorlari. Homilador ayollarning 100 foiz OIV infeksiyasiga tekshiruvdan oʻtishiga erishish, OIV infeksiyasi yuqtirgan ayollarni maxsus dori-darmonlar (ARVP) bilan taʼminlash, OIV infeksiyasining onadan bolaga oʻtish profilaktikasi. OIV infeksiyasining vertikal yuqishining oldini olish.

14.

Oʻzbek va rus tillarida broshyuralar, plakatlar, bukletlar, kalendarlar shaklida OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha maʼrifiy materiallarni ishlab chiqish. OIV infeksi�si bilan yashayotgan insonlarning muammolariga daxl qiladigan filmlar, reklama roliklari yaratish.

2014 — 2016-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MTRK, OʻzA,
Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi,
“Oʻzbekiston havo
yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK

Bajaruvchilarning ish rejasi. Axborot-maʼrifiy materiallarga ehtiyojni aniqlash, koʻpaytirish uchun donorlik mablagʻlarini jalb etish; filmlar materiallari va ssenariylarini ishlab chiqish. Aholini OIV infeksiyasi masalalarida axborotga ega boʻlishi imkoniyatini oshirish, OIV infeksiyasi bilan yashayotgan insonlarga bagʻrikenglik munosabatlarini shakllantirish.

II. OITS bilan kurashish markazlari va davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlari OITSga qarshi kurashish markazlarining klinik-biokimyo laboratoriyalarini laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻliq jihozlash.

2014 — 2016-yillar

215,4 ming AQSh dollari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari,

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Bajaruvchilar qarorlari.
Zarur asbob-uskunalar roʻyxatini tuzish, Global jamgʻarmaga buyurtmanomalar berish; asbob-uskunalarni moʻljallangan joyga yetkazib berish va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish. OIV infeksiyasi diagnostikasi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish va sifatini oshirish hamda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslar salomatligi holatini monitoring qilish.

16.

OIV infeksiyasi diagnostikasi boʻyicha laboratoriyalarni OIV infeksiyasini yuqtirgan va unga bogʻliq kasalliklari boʻlgan shaxslar davolanishini monitoring qilish uchun zarur test-sistemalari, diagnostikumlar va reagentlar bilan uzluksiz taʼminlash.

2014-yil

1 359,0


500,0 ming AQSh dollari

Budjet mablagʻlari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Bajaruvchilar qarorlari. Test-sistemalarga, diagnostikumlar, reagentlarga ehtiyojni aniqlash, buyurtmanomalar tayyorlash va xarid qilish uchun tanlovlar oʻtkazish, davolash-profilaktika muassasalariga test-sistemalar, diagnostikumlar, reagentlarni taqsimlash va yetkazib berish. Aholiga diagnostika qilish va davolash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash.

III. OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha mutaxassislarni muntazam va tizimli ravishda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish

17.

OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun OIV infeksiyasi, narkomaniya va jinsiy yoʻl bilan yuqtirgan infeksiyalar profilaktikasi masalalari boʻyicha seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.

Seminar oʻtkazish rejasiga asosan

38,0 ming AQSh dollari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma

Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi. Xavf yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislar bilim darajasini oshirish.

18.

Tibbiyot kollejlari va oliy oʻquv yurtlari klinik fanlar oʻquv dasturlariga OIV infeksiyasi diagnostikasi va uni davolash boʻyicha mavzuli blok kiritish.

Oʻquv rejasiga asosan ishlab chiqish va amalga oshirish

28,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻquv rejalari. OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash bilimiga ega boʻlgan tibbiy mutaxassislarni tayyorlash.

19.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi Markaziy Osiyo oʻquv markazi negizida xususiy tibbiyot sektorlari xodimlari uchun OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish va amalga oshirish.

2014-yil sentyabr — ishlab chiqish,
amalga oshirish –jadvalga asosan

45,0

Bajaruvchilar va ishtirokchilar mabl�gʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi. Xususiy tibbiyot sektorlari xodimlari uchun OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Xususiy sektor tibbiy xodimlari malakasini oshirish.

20.

Oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslari dasturlariga OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha oʻquv soatlarini kiritish.

2014 — 2016-yillar

36,0

Bajaruvchilar va ishtirokchilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi

Xalq taʼlimi vazirligi buyrugʻi. Oʻquv materiallarini ishlab chiqish va tasdiqlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish oʻquv soatlariga OIV infeksiyasi profilaktikasi mavzularini kiritish. Maktab oʻqituvchilarining OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha bilimlari darajasini oshirish.

21.

Oʻquvchilarning yosh toifasidan qatʼi nazar, maktablarning oʻquv dasturlariga birlashtirish uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, shu jumladan OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish.

2014-yil noyabr — ishlab chiqish

2015-yil sentyabr — joriy etish

Xalq taʼlimi vazirligi

Xalq taʼlimi vazirligi qarori. Oʻquvchilarning yosh toifasidan qatʼi nazar, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻquv dasturlariga birlashtirish. Oʻquvchilarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, OIV infeksiyasi profilaktikasi chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎Tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar:
‎12 255,0 mln soʻm va 14 125,4 ming AQSh dollari
‎ulardan:‎
budjet mablagʻlari ‎

12 036,0 mln soʻm‎
bajaruvchilar mablagʻlari ‎

—‎

219,0 mln soʻm‎
xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va grantlar ‎

—‎

14125,4 ming AQSh dollari‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 471-modda)