Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining
Qarori
Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va taʼriflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) ijrosi yuzasidan yer soligʻi toʻlovlarini oʻz vaqtida mahalliy budjetga undirilishini taʼminlash, yer soligʻi toʻlash stavkalari asosida hududdagi zona chegaralarini belgilash va taʼriflarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻrnatilgan stavkalar asosida Mirishkor tumani hududida 2014-yilda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yer soligʻini toʻlash stavkalari boʻyicha Mirishkor tumani hududiy zona chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirishkor tuman Davlat soliq inspeksiyasi (F. Fayziyev)ga:
ilovaga muvofiq tasdiqlangan zonalar hududi boʻyicha yer soligʻini toʻlovchilardan soliqlarni hisoblash va undirish;
barcha mahallalar fuqarolar yigʻini hududlarida soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek soliqlarning oʻz vaqtida toʻlab borilishi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Meylimurodov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. OMONOV
Mirishkor t.,
2014-yil 11-mart,
X-284/3-son
Mirishkor tuman hokimining 2014-yil 11-martdagi X-248/3-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Mirishkor tumani hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi
STAVKALARI
| Shahar | Yer soligʻi stavkalari, undirilishi | |||||||
| Yuridik shaxslardan 1 ga uchun, soʻmda | Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan 1 kv.m. uchun, soʻmda | |||||||
| 1 zona | 2 zona | 3 zona | 4 zona | 1 zona | 2 zona | 3 zona | 4 zona | |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| Mirishkor tumani | 3 848 376 | 3 639 300 | | | 57,0 | 47,5 | 33,05 | |
Mirishkor tuman hokimining 2014-yil 11-martdagi X-248/3-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yer soligʻini toʻlash stavkalari boʻyicha Mirishkor tuman hududiy zona chegaralari
|
T/r |
I. ZONA | II. ZONA | III. ZONA |
|
1. |
Yangi Mirishkor shaharchasining Guliston mahallasi, Tinchlik mahallasi, Chulkuvar uy-joy mulkdorlari shirkati, Selxoztexnika, Agroprom uylari, Mirishkor qoʻrgʻonchasi |
Mirishkor, Oqmachit, Guliston (Avt.), Jeynov, Ayzabod, Buluch, Zafar, Chandir, Shodlik, Chamanzor, Nayiston, Doʻstlik, Yangiobod, Obod qishloqlari |
Avazchoʻl, Vori, Pomuk, Gulshanbogʻ, Navbaxor qishloqlari |
Mirishkor tuman Bosh arxitektori |
________K.Xudoyberdiyev | ||
Mirishkor tuman “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati” DUK rahbari |
| ________U. Yuldashov | |