Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI ANIQ YOʻNALTIRILGAN TARZDA QOʻLLAB-QUVVATLAShNING 2002-2003 YILLARGA MOʻLJALLANGAN DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy Majlisning 2001-yil 6-dekabrdagi 306-II-son qarorida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-son Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam taʼminlangan oilalarga mansub boshlangʻich sinflarning oʻquvchilari bilan bir qatorda, shuningdek yuqori sinflarning kam taʼminlangan oilalarga mansub oʻquvchilari ham bepul qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlanadi.
2. Umumtaʼlim maktablarining kam taʼminlangan oilalarga mansub oʻquvchilarini kutubxona fondidan darsliklar toʻplami bilan har yili bepul taʼminlash joriy etilsin, bunda 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam taʼminlangan oilalarga mansub oʻquvchilarning kamida 75 foizini, 2003-yil 1-sentabrdan boshlab esa — kam taʼminlangan oilalarga mansub oʻquvchilarning 100 foizini darsliklar bilan taʼminlash nazarda tutilsin.
3. Yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan toʻliq davlat taʼminotidagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish:
ular barcha turdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqalar miqdorini 2002-yilda — eng kam oylik ish haqi miqdorining 80 baravarigacha, 2003-yilda — 100 baravarigacha, shuningdek pul nafaqasini 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yilda 5 baravarigacha miqdorda oshirish;
oʻquv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan hollarda budjet mablagʻlari hisobiga imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash yoʻli bilan kuchaytirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Belgilansinki, bolani oʻz tarbiyasiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga olingan har bir bola uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan bir yoʻla taʼminlashning bolalarning yoshiga qarab kiyim-bosh va poyabzal berish normasi va roʻyxatini belgilaydigan tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki:
tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan bir yoʻla taʼminlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan, mahalliy hokimiyat organlarining tegishli qarorlari asosida, mahalliy budjetlarning zaxira jamgʻarmalaridan mablagʻ bilan taʼminlanadi;
mablagʻ bilan taʼminlanadigan xarajatlar miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida, tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilanadi;
toʻlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq taʼlimi boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
5. Qishloq joylarda ishlaydigan oʻqituvchilarning axborot bilan taʼminlanganligini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yil 1-yanvardan boshlab (qishloq joylardagi) umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondi oʻntagacha turdagi gazeta va jurnallarga, asosan respublika ommaviy axborot vositalariga mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga majburiy obuna qilinishini taʼminlasinlar.
6. “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishlamayotgan onalarga oilaning mazkur nafaqaga muhtojligidan kelib chiqqan holda bolani ikki yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish boʻyicha oylik nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Mazkur nafaqani tayinlashda ijtimoiy adolat, ochiq-oydinlik va oshkoralik prinsiplariga rioya qilinishi taʼminlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xalq banki bilan birgalikda onalarga oilalarning mazkur nafaqaga muhtojligini hisobga olgan holda bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ish staji boʻyicha cheklashning olib tashlanishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan pensiyalar miqdorini ikki hafta muddatda qayta hisob-kitob qilib chiqsin;
Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda ularga tijorat banklari orqali, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari kafilligi ostida garovsiz asosda mikrokreditlar berilishini nazarda tutsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari hamda “Mahalla” jamgʻarmasining mintaqaviy boʻlimlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlash, oilalarga nafaqalar belgilashda ijtimoiy adolatni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirishida har tomonlama amaliy va metodik yordam koʻrsatishni tashkil etsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-yanvar,
33-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR
I. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda):
1) 2-band “yigʻilishi” soʻzidan keyin “yoki fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin.
“Fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi eng obroʻ-eʼtiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yigʻinining raisi boshchilik qiladi. Komissiya aʼzolari 2 yil muddatga, fuqarolar yigʻini raisi esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya aʼzolarining tarkibi — kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, har yili 50 foizga yangilanadi”;
3) 10-banddan “raisi (oqsoqoli)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5) 14-bandda “komissiya” soʻzi maxsus komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin, band “yigʻini (yigʻilishi)” soʻzlaridan keyin “yoki fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6) 15-bandning 3-xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oilaning muhtojligi darajasini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya tomonidan belgilangan har oylik moddiy yordam miqdori fuqarolarning umumiy yigʻini (yigʻilishi)da yoki fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va faqat shundan keyingina toʻlanadi”;
7) 15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolar yigʻini yoki fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya kam taʼminlangan oilaga berilgan moddiy yordam summasining bir qismini mazkur oilaning uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qarzlarini qoplash uchun oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin”;
8) 16-bandda:
birinchi xatboshi “yigʻinda (yigʻilishda) soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “Fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)ga” soʻzlaridan keyin “Komissiyaga” soʻzi bilan toʻldirilsin;
9) 17-bandning birinchi xatboshi “yigʻini (yigʻilishi)da” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10) 18-bandda:
birinchi xatboshi “yigʻin (yigʻilish)” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “yigʻini (yigʻilishi)da soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oxirgi xatboshi chiqarib tashlansin;
11) 20-bandda;
birinchi xatboshi “fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin, “toʻlov topshiriqnomasi bilan birga jamgʻarma bankining” soʻzlari esa “xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “jamgʻarma bankining” soʻzlari “xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni mablagʻ bilan taʼminlash mahalliy moliya organlari tomonidan, toʻlov oyining birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi va oyning 15-kunida yakunlanadi”;
band quyidagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻlov topshiriqnomalarini xalq bankining tegishli boʻlimlariga mablagʻlarning kelib tushishiga koʻra taqdim etadilar”;
soʻnggi xatboshida “jamgʻarma bankining” soʻzlari “xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
12) 23-band “fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) 1-bandidagi “16 yoshgacha bolalari boʻlgan “soʻzlari “voyaga yetmagan bolalari boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
III. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan tasdiqlangan 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomda:
1) Nizom nomidagi “16 yoshgacha bolalari boʻlgan” soʻzlari “voyaga yetmagan bolalari boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin:
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi PF-1657-son va “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-son Farmonlariga muvofiq 16 yoshgacha bolalari boʻlgan, shuningdek umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa (bundan keyin “nafaqa” deb yuritiladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi”;
3) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oilalarga nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) yoki fuqarolar yigʻini tomonidan shunday masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
“Fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi eng obroʻ-eʼtiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yigʻinining raisi boshchilik qiladi. Komissiya aʼzolari 2 yil muddatga, fuqarolar yigʻini raisi esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya aʼzolarining tarkibi — kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, xar yili 50 foizga yangilanadi”;
4) 3-bandning birinchi xatboshi “16 yoshgacha” soʻzlaridan keyin (“umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha”) soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5) 6-bandning birinchi xatboshi “(bundan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiyalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6) 13-band quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“d) 16 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga — mazkur shaxs haqiqatan ham oʻquv yurtida oʻqiyotganligi va stipendiya olmasligi toʻgʻrisida oʻquv yurtidan maʼlumotnoma”;
7) 15-bandning ikkinchi xatboshidan “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining raisi (oqsoqoli)” soʻzlari va uchinchi xatboshidagi “rais (oqsoqol)ning va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8) 16-bandda:
“Komissiya” soʻzi “Maxsus komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin:
band “(fuqarolar vakillari majlisi)ga soʻzlaridan keyin “yoki fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiyaga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9) 20-bandda:
“Komissiyaning xulosasi” soʻzlari “maxsus komissiyaning xulosasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“yoki mahallalar fuqarolar yigʻini” soʻzlari “mahallalar fuqarolar yigʻini yoki Komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10) 21-bandda:
birinchi xatboshi “yoki mahallalar fuqarolar yigʻini” soʻzlaridan keyin “yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11) 22-bandda:
birinchi va ikkinchi jumlalar “fuqarolar yigʻinida” soʻzlaridan keyin “(Komissiya yigʻilishida)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi jumla “fuqarolarning keyingi yigʻinida” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
12) 25-bandda:
birinchi xatboshining birinchi jumlasi “16 yoshga” soʻzlaridan keyin “(umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar — 18 yoshga)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi “fuqarolar yigʻinining” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiyaning” soʻzlari bilan toʻldirilsin, “16 yoshgacha” soʻzlaridan keyin “(umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar — 18 yoshgacha)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
13) 26-band “fuqarolar yigʻini” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14) 27-bandda “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin, “tegishli tartibda rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomasi bilan birga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tuman (shahar) moliya organlari zarur mablagʻlarni toʻlov oyining 5-kunidan 25-kunigacha oʻtkazadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻlov topshiriqnomalarini xalq banki boʻlimlariga mablagʻlarning kelib tushishiga koʻra taqdim etadilar”;
15) 29-band “fuqarolar yigʻini” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16) 32-bandda;
ikkinchi xatboshi “fuqarolar yigʻinida”, “fuqarolar yigʻiniga” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya yigʻilishlarida”, “yoki Komissiyaga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “fuqarolar yigʻini” soʻzlaridan keyin “yoki Komissiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son 29-modda) 4-bandida:
1) birinchi xatboshidan “har bir kishiga eng kam ish haqining 16 baravari miqdori hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin, “eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida” soʻzlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) ikkinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 16 baravari miqdorida” soʻzlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibida:
1) 3-bandda “tanlov asosida” soʻzlari “bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 12-band “moliya organlari” soʻzlaridan keyin “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boʻlinmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash tartibida:
1) 1-banddagi “I—IV sinflar” soʻzlari “I—IX sinflar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 3-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
3) 5-bandda “tanlov asosida” soʻzlari “bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan xollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 22-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda)