16.02.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro tushunish Memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniyat sohasidagi 1994-yil 10-oktabrda kuchga kirgan Bitimga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasida ikkala mamlakat oʻzaro manfaatli asoslarda hamkorlikni rivojlantirishga intilib va uni yanada samaraliroq qilish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining amaldagi qonunlariga muvofiq taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha barcha darajalarda lozim choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Memorandum koʻzda tutgan, oʻz mamlakatlarining amaldagi qonunlari va qoidalariga muvofiq tashriflar va almashuvlarni amalga oshiradilar. Bu borada bunday tashrif va almashuvlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida ikkala Tomon oʻzlariga bogʻliq barcha harakatlarni qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasida tashriflar va almashuvlar quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: qabul etuvchi Tomon oʻz mamlakatida taklif etilgan ishtirokchilarning rasmiy boʻlishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi, yuboruvchi Tomon esa ishtirokchilarning bir mamlakatdan ikkinchisiga borib kelishi bilan bogʻliq va boshqa xarajatlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomonning oliy, oʻrta, oʻrta maxsus va hunar-texnik taʼlim sohasida yuboruvchi tomon hisobidan mutaxassislar almashuvini amalga oshirish taklifini xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi va qabul qiluvchi mamlakatda ilmiy-texnik kadrlar tayyorlash hamda oliy, oʻrta, oʻrta maxsus va hunar-texnik taʼlimning boshqa jihatlari haqida maʼlumot olishga oid istaklarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar universitetlar va boshqa oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida, shuningdek maxsus fondlar dasturlari boʻyicha amalga oshiriladigan oliy taʼlim va fan sohasidagi mutaxassislar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlar va aloqalarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ikkala Tomonning oʻrta, hunar-texnik va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muloqot va aloqalar oʻrnatishni ragʻbatlantiradi hamda til oʻrganish va maxsus tayyorgarlik maqsadida studentlar bilan almashadi. Ular, shuningdek har bir mamlakatning taʼlim tizimini, tilini oʻzaro tushunishga yordam berish, oʻqitish va izlanishlar tajribasi bilan almashish uchun oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar almashuvini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻquv, pedagogik va metodik adabiyot, filmlar va boshqa materiallar bilan almashuvni rivojlantiradilar, shuningdek mutaxassislar almashuvi va kelishilgan mavzularda seminarlar oʻtkazishga yordamlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakat xalqlari oʻrtasida muhim muloqot vositasi boʻlgan oʻzbek va koreys tillarini yanada keng oʻrganishni, shuningdek boshqa mamlakat madaniyati bilan oʻzaro tanishuvni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, shuningdek maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarning nomlanishidagi oʻzgarishlar va ularni berish tartibi haqida bir-birlarini xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlarining vakolatli oʻquv yurtlari beradigan yoki taqdim etadigan ilmiy darajalar, diplomlar va boshqa sertifikatlarni oʻzaro tan olishlik tartibi va shartlarini shu masalalarni tartibga soluvchi qoidalar doirasida koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Memorandum bajarilishini muvofiqlashtirish maqsadida muntazam, shuningdek zarurat boʻlganda Tomonlarning Hukumati iltimosiga binoan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Xalq taʼlimi vazirligi va Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi bosh masʼul idoralar boʻlib hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandum imzolangan paytidan boshlab kuchga kirib, besh yil mobaynida amal qiladi. Basharti Tomonlardan hech biri boshqa Tomonga uni bekor qilish istagini Memorandumning amal qilish muddati tugashidan olti oy oldin yozma tarzda maʼlum qilmasa, uning muddati keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seul shahrida 1995-yil 16-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda har bir matn bir hil kuchga egadir. Matnni talqin etishda tafovut tugʻilganda, ingliz tilidagi matn ustunlik qiladi.

(imzolar)