Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-son Farmoniga muvofiq hamda umumiy foydalaniladigan yoʻllar samarali saqlanishi, taʼmirlanishi, rekonstruksiya qilinishi va qurilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
yoʻl-qurilish hududiy shoʻba tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda matnda hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari deb yuritiladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 nafar boʻlgan namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonalarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 10 nafar boʻlgan namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Kompaniya kengashi hisoblanadi;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimga Kompaniya kengashi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻl-qurilish hududiy tashkilotlari rahbarlari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga koʻra “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tayinlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov Vazirlar Mahkamasining Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Kompaniya kengashi tarkibi yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari asosiy fondlari va oʻzgartirilayotgan “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;
hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlarining ustav fondlari mahalliy ahamiyatga (viloyat ahamiyatiga) ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining ularga beriladigan asosiy fondlari, shuningdek oʻzgartirilayotgan hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmasligi yoki boshqacha begonalashtirilmasligi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda:
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustavi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan korxonalarni xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
6. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar yoʻl xoʻjaligi tizimi korxonalari va tashkilotlari oʻzgartirilishi munosabati bilan tekin oladigan mol-mulk, asosiy va aylanma vositalar boʻyicha daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinsin.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasini boshqarish kengashi tarkibi 7-ilovaga* muvofiq;
*7-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining xodimlarning cheklangan soni 45 nafar boʻlgan tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonuniy va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasini boshqarish kengashiga yuklanadi;
Respublika yoʻl jamgʻarmasining noqonuniy sarflangan va maqsadli foydalanilmagan mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarmaga undirib olinadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishini tekshirib chiqsin, xarajatlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi va samaradorligiga, shuningdek asbob-uskunalar va tovar-moddiy boyliklar sotib olishga tuzilgan kontraktlarga, shu jumladan import kontraktlarga alohida eʼtiborni qaratsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi yoʻl xoʻjaligi tizimida tanlov savdolari (tenderlar) tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin hamda tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar bajarilishining monitoringini olib borsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi unga Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar toʻplanishini taʼminlash funksiyalari yuklanganligini hisobga olgan holda:
ikki hafta muddatda xodimlarning belgilangan soni doirasida markaziy apparatda xodimlar soni 4 kishidan iborat boʻlgan tegishli boʻlim, viloyat boshqarmalarida 3 kishidan ortiq boʻlmagan sektor tashkil etsin, shuningdek tuman va shahar soliq inspeksiyalari tuzilmasiga zarur oʻzgartirishlar kiritsin;
2003-yil 1-oktabrga qadar Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar tushishini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalarini bajaruvchi kadrlarning oʻqishini oʻtkazsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 21-avgust,
361-son
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 64-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 57-modda)
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati
tuzilmasi
Yoʻl-qurilish hududiy shoʻba tashkilotining namunaviy
tuzilmasi
“Qoraqalpoqavtoyoʻl”, “Andijonavtoyoʻl”, “Buxoroavtoyoʻl”, “Jizzaxavtoyoʻl”, “Qashqadaryoavtoyoʻl”, “Navoiyavtoyoʻl”, “Namanganavtoyoʻl”, “Samarqandavtoyoʻl”, “Surxondaryoavtoyoʻl”, “Sirdaryoavtoyoʻl”, “Toshkentavtoyoʻl”, “Fargʻonaavtoyoʻl”, “Xorazmavtoyoʻl”
Yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasining namunaviy
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-son Farmoni bilan tashkil etilgan hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, taʼmirlash va saqlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organi hisoblanadi.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan gerbli muhrga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamgʻarma mablagʻlari:
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, saqlash, shu jumladan foydalanish ehtiyojlari uchun jihozlash (mashina va mexanizmlar sotib olish) va yoʻl diagnostikasiga;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlari va Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining muhandis-texnik xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari malakasini oshirishga;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi taʼminotiga, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlarining ular tomonidan bajariladigan buyurtmachi funksiyalari xarajatlarini qoplashga sarflanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
5. Jamgʻarmaning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
II. Jamgʻarmaning maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini tarmogʻini rivojlantirish dasturlarini hamda ularning zarur darajadagi texnik holatiga va avtomobillarni oʻtkazish imkoniyatlariga erishishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni jamlash Jamgʻarmaning maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushishi va sarflanishining har yillik va choraklik balanslarini shakllantirish;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;
yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning aniq roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash boʻyicha xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
8. Yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jamgʻarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining har yillik balanslarini ishlab chiqadi va yigʻma Davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Jamgʻarma kelgusi yil xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, daromadlarining yil choraklari boʻyicha taqsimlangan parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga yetkazadi;
Jamgʻarma daromadlarining tushum manbalari va respublika mintaqalari boʻyicha, shuningdek xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha hisobini olib boradi;
Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarmaga toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash ishlarini olib boradi;
daromadlar tushishi prognozi bajarilishini tahlil qiladi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda daromadlar tushishi prognozi bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi;
yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha yigʻma aniq roʻyxatlarni koʻrib chiqadi va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tasdiqlashi uchun rozilik beradi;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash uchun xarajatlar smetasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarida tender hujjatlaridagi qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan xulosa (yozma koʻrsatma) beradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida, yoʻl-qurilish hududiy shoʻba tashkilotlarida va yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonalarida hujjatli tekshirishlar va taftishlar oʻtkazish;
tekshirishlar va taftishlarda aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek belgilangan tartibda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli jazo choralari berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
daromadlar va xarajatlarni shakllantirish tartibini, shuningdek Jamgʻarmaga ajratmalar va yigʻimlar stavkalarini takomillashtirish yuzasidan maqsadli ishlarni olib boradi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tegishli organlarga kiritadi;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlanadigan aniq roʻyxatlar va xarajatlar smetasi asosida, shuningdek yoʻl xoʻjaligi obyektlari boʻyicha qurilish va taʼmirlash ishlarining amalda bajarilishini hisobga olgan holda Jamgʻarma xarajatlarini moliyalashtiradi.
III. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega:
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida va uning tarkibiga kiruvchi yoʻl-qurilish hududiy shoʻba tashkilotlarida, shuningdek yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonalarida hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tashkilotlarda taftishlar va tekshirishlar oʻtkazish;
qurilish, taʼmirlash, boshqa ishlar hajmlarini nazorat tartibida oʻlchash hamda boshqa tekshirishlar uchun tegishli idoralar va vakolatli banklar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
tekshirilayotgan tashkilot rahbarlaridan va mansabdor shaxslaridan taftishlar va tekshirishlar oʻtkazishda paydo boʻluvchi masalalar, moliyaviy intizomni buzish hollari yuzasidan tushuntirishlar berishni, shuningdek maʼlumotnomalarni, taftishlar va tekshirishlar dalolatnomalarini imzolashni talab qilish;
taftishlar va tekshirishlar materiallari boʻyicha moliyaviy intizomni buzish hollarini bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
moliyaviy intizomni buzish hollari aniqlangan taqdirda taftishlar va tekshirishlar materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Jamgʻarma mablagʻlari tushishida va ularni sarflashdagi kamchiliklar va qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar koʻrish;
quyidagilardan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasidan – tezkor hisobotni hamda ajratmalar hisoblanganligi va tushganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni, Jamgʻarmaga toʻlovlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni;
b) tijorat banklaridan – Jamgʻarma mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
v) “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalaridan – yillik buxgalteriya va statistika hisobotini olish.
10. Jamgʻarma:
yuklangan vazifalarga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlashga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarma daromadlari prognozining tushum turlari va mintaqalar boʻyicha bajarilishi ahvolini tahlil qilish hamda daromadlar uzluksiz tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan omillar asosida ularni bartaraf etish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga;
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga:
a) Oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni hamda respublikada avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha alohida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda;
b) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllariga, koʻpriklar, tonnellarga, eng avvalo xalqaro va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga, koʻpriklar, tonnellarga kompleks xizmat koʻrsatish, ularning oʻtkazish imkoniyatlarining zarur darajadagi texnik holatini taʼminlashda;
v) respublikada avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnika, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda koʻmaklashishga majburdir.
IV. Jamgʻarmani boshqarish kengashi
11. Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Jamgʻarmani boshqarish kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarmasini boshqarish kengashi:
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi va Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturlari, shuningdek ularga kompleks xizmat koʻrsatishni hamda ularning zarur darajadagi texnik holatini va oʻtkazish imkoniyatlarini taʼminlash tadbirlaridan kelib chiqqan holda Jamgʻarma xarajatlarining asosiy yoʻnalishlari, mablagʻlardan foydalanish ustuvorliklari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi;
Ijro etuvchi direksiyaning amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ishtirokida Jamgʻarmaga toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash masalalari yuzasidan ayrim vazirliklar va idoralarning hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish va sarflash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini ijro etish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
V. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
13. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi, uning tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ijro etuvchi direksiyaning taʼminoti budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
14. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini ijro etilishi toʻgʻrisida buxgalteriya hisoboti tuzadi hamda Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
15. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
16. Ijro etuvchi direktor oʻrinbosarlari Jamgʻarmani boshqarish kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hayʼati qarori asosida Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
17. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori:
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Ijro etuvchi direksiya faoliyati tashkil etilishi uchun shaxsan javob beradi;
Jamgʻarmani boshqarish kengashi bilan kelishgan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning qonuniyligi, maqsadliligi va samaradorligi masalalari boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalarni tekshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir qarorlar va zarur chora-tadbirlar koʻradi;
Jamgʻarma mablagʻlarini yigʻish va sarflash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari tushishi va sarflanishi tartibini belgilab beradi.
2. “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq yoʻl ishlarini moliyalashtirish (umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash) Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari Markaziy bankning Toshkent shahri boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi Jamgʻarmaning maxsus maqsadli hisob raqamida jamlanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma mablagʻlarini tassaruf etuvchi hisoblanadi.
5. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari mablagʻlar shakllanishi va sarflanishining maqsadli yoʻnalishi saqlab qolingan holda Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma budjeti tarkibiga kiritiladi va Jamgʻarmaning maxsus yalpi balansida aks ettiriladi.
II. Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish
6. Jamgʻarmaga tushumlar tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli banklarda ochilgan Jamgʻarmaning tranzit hisob raqamlari (bankning balans hisob raqami 20207) orqali Markaziy bankning Toshkent shahri boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazidagi (bankning balans hisob raqami 21508) Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
7. Jamgʻarma daromadlari:
Oldingi tahrirga qarang.
a) korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar tomonidan (mazkur bandning “a-1”, “b”, “v”, “v-1”, “g”, “d”, “j” kichik bandlarida koʻrsatilganlardan tashqari) qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chiqarib tashlangan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmidan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi.
Yuridik shaxslar — asosiy faoliyati tovarlar ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va boshqa xoʻjalik subyektlari mablagʻ toʻlovchilar hisoblanadi. Ular boʻyicha toʻlanadigan aylanmaga, shuningdek faoliyatning boshqa turlari boʻyicha mahsulotlar sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish hajmi ham kiritiladi;
(7-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
a-1) kommunal xoʻjaligi tizimi korxonalari tomonidan mablagʻlardan majburiy ajratmalar — sotib olish qiymatini chegirgan holda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni — tegishli ravishda issiqlik taʼminoti korxonalari uchun — issiqlik energiyasini, suv taʼminoti korxonalari uchun — suvni, gaz taʼminoti korxonalari uchun — tabiiy gazni sotish hajmidan.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq “a-1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tayyorlov, taʼminot-sotish tashkilotlari, — savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda tovar aylanmasidan, vositachilik xizmatlari koʻrsatayotgan korxonalar tomonidan — vositachilikni taqdirlash summasidan, ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari tomonidan — yalpi daromaddan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) banklar (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari), sugʻurta tashkilotlari, videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audiomanbalarni koʻpaytirishdan, ular prokatidan, lotereya oʻyinlari oʻtkazishdan va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlardan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlaridan daromad oluvchi korxonalar tomonidan daromaddan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v-1) asosiy faoliyati lizingga mol-mulk taqdim etish boʻlgan korxonalar tomonidan mablagʻlaridan — lizing beruvchi (marja) summasidan majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
(7-bandning “v-1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
g) qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda, majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi;
d) avtotransport korxonalari tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi chiqarib tashlangan holda, majburiy ajratmalar hisobiga shakllantiriladi.
Yuridik shaxslar — asosiy faoliyati tegishli toʻlov evaziga yuklar va yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan avtomobil transporti korxonalari mablagʻ toʻlovchilar hisoblanadi. Ushbu korxonalar toʻlanadigan aylanmaga, shuningdek faoliyatning boshqa turlari boʻyicha mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish hajmi ham kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) sotib olish, almashtirish, hadya, ustav sarmoyasiga olish yoki dividendlar va foizlar sifatida olish yoʻli bilan xarid qilingan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitishuvlar va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan toʻlanadigan yigʻimlar hisobiga shakllantiriladi.
Yigʻimlar bevosita transport egalari (foydalanuvchilar) tomonidan avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli banklarda ochilgan Jamgʻarmaning tegishli tranzit hisob raqamlariga toʻlanadi.
Avtotransport vositalarini sotib olishga yoki qayta sotishga va vaqtincha olib chiqib ketishga yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat koʻrsatilmasdan avtotransport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilmaydi yoki texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
(7-bandning “e” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
z) “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotishdan budjetga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlar umumiy summasining 50 foizi hisobiga shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
i) xorijiy davlatlarning avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranziti uchun yigʻimlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir avtotashuvchi uchun belgilangan miqdorlarda;
Agar ushbu bandning “a”, “a-1”, “b”, “v”, “v-1” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatning bir necha turlari bilan shugʻullansa, bu holda u alohida hisob-kitob yuritishi hamda toʻlovlarni Jamgʻarmaga faoliyatning ushbu turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlashi kerak”.
(7-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
k) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan ixtiyoriy badallar, xorijiy investitsiyalar va kreditlar mablagʻlari hisobiga shakllantiriladi.
8. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlarni toʻlash tartibi va stavkalar miqdori Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan mablagʻ toʻlovchilarga yetkaziladi.
III. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash tartibi
9. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy yoʻl-qurilish shoʻba tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda matnda hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari deb yuritiladi) umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashga Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash boʻyicha buyurtmachilar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga Jamgʻarmaning maxsus maqsadli hisob raqamiga tushadigan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun buyurtmachilar — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda moliyalashtirishning maxsus hisob raqamlari ochiladi.
Buyurtmachilar — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlarining saqlash boʻyicha xarajatlarini toʻlash tasdiqlangan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq alohida depozit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlarini sarflash tranzit magistral yoʻllarni taʼmirlash va saqlash, chet elda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olishga, shuningdek “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Jamgʻarmaning malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif etgan holda tayyorlash uchun “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashga Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma bilan kelishgan holda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va aniq roʻyxatlar asosida amalga oshiriladi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari, tender hujjatlari Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasida ekspertizadan oʻtadi.
10. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan obyektlarning aniq roʻyxati asosida qatʼiy ravishda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida foydalaniladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari mavjudligi va oʻtkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) asosida ishlarni bajaruvchilar bilan shartnomalar tuzilishi obyektlarni aniq roʻyxatlarga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
11. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini va tegishli yoʻl infratuzilmasini mukammal taʼmirlash umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining ahamiyati va holatiga qarab shakllantiriladigan, belgilangan tartibda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan obyektlarning aniq roʻyxati asosida hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan loyiha yoki smeta hujjatlari mavjudligi va oʻtkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) asosida yoki soʻrov yoʻli bilan (ishlar qiymatiga qarab) tanlangan ishlarni bajaruvchilar bilan shartnomalar tuzilishi obyektlarni mukammal taʼmirlashning aniq roʻyxatlariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
12. Jamgʻarmaning umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllariga va tegishli infratuzilmaga kompleks xizmat koʻrsatishga hamda ularni joriy taʼmirlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan qatʼiy ravishda Jamgʻarma bilan kelishgan holda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
13. Jamgʻarmaning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun zaxirada nazarda tutilgan mablagʻlarini sarflash “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasida ekspertizadan oʻtgan asoslangan hisob-kitoblari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Haqi Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan yoʻl-taʼmirlash va qurilish texnikasi, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar importi yuzasidan barcha kontraktlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
15. Jamgʻarma mablagʻlari olib qoʻyilmaydi yoki umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlarga sarflanmaydi. Joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va keyingi davrda maqsadli yoʻnalishiga muvofiq foydalaniladi.
IV. Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi
16. Manbalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Jamgʻarmaning boʻlajak yilga daromadlari va xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari tasnifi asosida ishlab chiqiladi.
17. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi har yili 15-iyundan kechikmay:
Jamgʻarmaga — Jamgʻarma xarajatlarining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va boʻlgʻusi yilga xarajatlar prognozini;
Iqtisodiyot vazirligiga – boʻlajak yilda yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish prognozini taqdim etadi.
18. Boʻlajak yilga tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar prognozi:
oldingi yilda Jamgʻarmaga mablagʻlarning amaldagi tushumi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha daromadlar manbalari boʻyicha joriy yilda kutilayotgan tushum;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Jamgʻarmaga ajratmalar va yigʻimlar boʻyicha hisobot moliya yili oxiriga yuridik shaxslarning kreditorlik qarzi hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy koʻrsatkichlari asosida bevosita Jamgʻarma tomonidan ishlab chiqiladi.
19. Foydalanishning asosiy yoʻnalishlari va respublika hududlari boʻyicha keyingi yilga xarajatlarning taqdim etiladigan prognozi oldingi yilda amalda foydalanilgan mablagʻlarni va asosiy yoʻnalishlar (umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash) boʻyicha joriy yilning birinchi yarim yilligida kutilayotgan mablagʻlardan foydalanish hamda joriy yilga tasdiqlangan prognozlar bilan taqqoslagan holda hududlar boʻyicha hisobga olingan holda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan belgilanadi. Bunda tabiiy ofatlar oqibatini bartaraf etish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun zaxira (xarajatlar hajmining 5 foizi miqdorida) tashkil etish nazarda tutiladi.
20. Jamgʻarma daromadlar va xarajatlarning ishlab chiqilgan prognozini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, biroq 1-iyuldan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
21. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining aniqlashtirilgan prognozi boʻlajak yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari prognozi bilan bir vaqtda Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti Oliy Majlis sessiyasida tasdiqlangandan, shuningdek boʻlajak yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingandan keyin Jamgʻarma besh kun muddatda:
yil choraklari va hududlar boʻyicha boʻlajak yilga jamgʻarma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga;
boʻlajak yilga Jamgʻarma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yoʻnalishlarini) yil choraklari va hududlar boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazadi.
23. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda daromadlarning tasdiqlangan parametrlari olingan kundan boshlab bir hafta muddatda yil choraklari va respublika mintaqalari hamda manbalar boʻyicha daromadlarning yillik prognozini belgilaydi hamda uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yetkazadi.
24. “Oʻzavtoyoʻl” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boʻlajak yilga Jamgʻarma xarajatlari prognozi olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda belgilangan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Jamgʻarma bilan kelishgan holda – umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning yigʻma aniq roʻyxatlarini;
Jamgʻarma bilan kelishgan holda – avtomobil yoʻllarini, koʻpriklar va ularga tegishli boʻlgan muhandislik inshootlarini mukammal taʼmirlashning yigʻma aniq roʻyxatlarini;
oʻz tarkibiga kiruvchi hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari boʻyicha umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlash boʻyicha Jamgʻarmada belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladigan xarajatlarning yigʻma smetalarini;
Jamgʻarma bilan kelishgan holda – tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun zaxira miqdorini tasdiqlaydi.
25. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ikki kun muddatda Obyektlarni qurish direksiyasiga va hududiy yoʻl–qurilish tashkilotlariga tegishli hududda amalga oshiriladigan avtomobil yoʻllari tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan ichki titul roʻyxatlarini yuboradi.
Obyektlarni qurish direksiyasi va hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari olingan va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish (rekonstruksiya qilish yoki jihozlash)ning titul roʻyxatlari asosida titul roʻyxatlarida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida pudrat ishlarini bajarishga tanlov savdolari (tenderlar) gʻoliblari bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzadi.
Hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari yoʻl xoʻjaligi obyektlarini mukammal taʼmirlashning tasdiqlangan aniq roʻyxati olingan sanadan boshlab besh kun mobaynida 25 ming AQSh dollariga teng boʻlgan va undan yuqori qiymatli obyektlar boʻyicha pudrat ishlarini bajarishga tanlov savdolari gʻoliblari bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzadi, qiymati 25 ming AQSh dollarigacha boʻlgan kontraktlar esa pudrat tashkilotlarini soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan tanlab olgan holda tuziladi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash va joriy taʼmirlashga tasdiqlangan xarajatlarning yigʻma smetasi asosida hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlari normativ mezonlarini qoʻllash yoʻli bilan va avtomobil yoʻllarining toifasi, ahamiyati va uzunligiga qarab Jamgʻarma xarajatlari prognozini xizmat koʻrsatiladigan pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonalari boʻyicha taqsimlaydi hamda ularga xizmat koʻrsatish uchun ular bilan kontraktlar tuzadi.
V. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ajratmalar soliq solish obyektidan va tasdiqlangan stavkadan kelib chiqib har oyda hisoblab chiqiladi.
Ajratmalarning hisob-kitobi oʻsib boruvchi yakun bilan toʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga:
yagona soliq toʻlovi toʻlamaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli boʻlmagan toʻlovchilar tomonidan — hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
Ajratmalar hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay toʻlanadi. Majburiy ajratmalarning ortiqcha toʻlangan summasi boʻlgʻusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi yoki soliq organlarining ortiqcha toʻlov mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasiga koʻra soliq toʻlovchining yozma arizasi olingan kundan boshlab 30 kun muddatda Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan soliq toʻlovchiga qaytariladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tarkibiga kiradigan, yuridik shaxslar boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalar Jamgʻarmaga ajratmalarni tuman (shahar)lar soliq inspeksiyalarining tranzit hisob raqamlariga oʻtkazadilar, ularga budjetga va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
28. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunidagi holat boʻyicha hisoblangan va tushgan toʻlovlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi tezkor hisobotni taqdim etadi.
VI. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalarga doir imtiyozlar
davlat budjetidagi tashkilotlar va muassasalar (shu jumladan faoliyat ixtisosligi boʻyicha ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan, foydalanilmayotgan binolarni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha, homiylik yordamidan, pulli-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumdan);
budjetdan dotatsiya oluvchi tomosha koʻrsatish bilan bogʻliq korxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻl xoʻjaligi tashkilotlari — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar boʻyicha;
(29-band toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy-foydalanish idoralari, uy boshqarmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, uy-joy fondini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni bevosita amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan tashqari;
(29-band oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, , 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
davlat tashkilotlarini boshqarish respublika va mahalliy organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tijorat va xoʻjalik faoliyati boʻlmagan faoliyatdan olingan daromadlar va tushumlar boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining korxonalari va tashkilotlari, ularga boʻysunuvchi xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik tashkilotlari bundan mustasno.
30. Quyidagi avtomobil transporti korxonalari Jamgʻarmaga mazkur Nizom 7-bandining “d” kichik bandida nazarda tutilgan majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi:
davlat budjetidagi avtokorxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar boʻyicha;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
31. Quyidagilar sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan yigʻim toʻlashdan ozod qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-iyuldagi 149-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirildi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 294-modda)
motoaravalarga va avtomobillarga ega boʻlgan va ularni sotib olgan barcha guruhlarga tegishli boʻlgan nogironlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan tarmoqdan “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotib olayotgan fuqarolar, shuningdek hadya shartnomasi asosida yaqin qarindoshlardan (ota-onalar, bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, er, xotin) avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;
(31-band uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurishni amalga oshiruvchi yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash — foydalanish korxonalari;
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar — faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyalarga ega boʻlgan avtotransport korxonalari — yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalish taksilaridan tashqari);
(31-band oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
40 tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan konlarda ishlatiladigan avtosamosvallarni sotib olayotgan korxonalar.
Oldingi tahrirga qarang.
homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobil olgan yuridik shaxslar — bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, keksalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek davlat budjetidan taʼminlanadigan tibbiyot muassasalari;
yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmasi) ichida balansdan balansga bepul berishda;
lizing yoki lizing beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti bilan sublizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchilar — bunday shartnomada avtotransport vositasiga egalik qilish huquqining sotib olish qiymatini toʻlamasdan oʻtishi nazarda tutilganda va barcha lizing toʻlovlari toʻlangan taqdirda.
(31-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
VII. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushumi va sarflanishi uchun javobgarlik hamda nazorat qilish
32. Jamgʻarmaga tushumlar toʻliq tushishi taʼminlanishi uchun:
yuridik shaxslar – mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishi uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning joylardagi organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari kirganligi uchun toʻlovning toʻliq tushishi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning joylardagi organlari;
avtotransport vositalari sotib olinganligi yoki qayta sotilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatsiz roʻyxatdan oʻtkazilishiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazilishiga yoki texnik koʻrikdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Harakat xavfsizligi davlat xizmati organlari) va uning joylardagi organlari javob beradilar.
33. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi obyektlar qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq roʻyxatlarida, shuningdek umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlashga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar limitlari doirasida Jamgʻarma mablagʻlari qonuniy va qatʼiy maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
34. Majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javobgarlik toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi, ular:
mazkur Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda yigʻimlar va toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashga;
toʻlov hujjatlarida yigʻim va ajratma turini koʻrsatishga;
toʻlangan yigʻimlar va majburiy ajratmalar summasi hisobini yuritishga;
Jamgʻarmaga yigʻimlar va majburiy toʻlovlar toʻgʻri hisoblab chiqilishini va toʻlanishini tekshirish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻyishga, ularning talabiga koʻra ushbu yigʻimlar va majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishga majburdirlar.
35. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻgʻri hisob-kitob qilinishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi hamda ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Jamgʻarma mablagʻlari toʻliq tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Jamgʻarmani boshqarish kengashiga yuklanadi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda muntazam ravishda nazorat qiladi.
Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda va yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq roʻyxatlarida, shuningdek umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash xarajatlari smetasida nazarda tutilmagan maqsadlar uchun foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi aniqlangan qonun buzilishlarini belgilangan tartibda bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli jazo choralarini qoʻllaydi.
37. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Ijro etuvchi direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda Jamgʻarma xarajatlari prognozining ijro etilishi toʻgʻrisida har oylik, choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadi.
38. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangan choraklik va yillik buxgalteriya hisobotini taqdim etadi.
39. Jamgʻarmaga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni undirib olish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 26-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1996-yil 21 maydagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 16-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 39-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 3-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 6-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-apreldagi 140-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 18-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 193-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 24-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 63-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-oktabrdagi 380-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 64-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qaroriga 26-ilovaning 1-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 132-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 17-son, 197-modda; 20-son, 236-modda; 52-son, 523-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; 32-33-son, 252-modda; 34-36-son, 264-modda; 52-son, 386-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 30-son, 294-modda; 42-son, 418-modda; 43-44-son, 427-modda; 46-47-son, 455-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda)