Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2006 24.07.2003 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.04.2006
Hujjat 29.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASINING KADRLAR POTENSIALINI MUSTAHKAMLASh VA FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining samarasizligi, kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda izchillikning yoʻqligi respublika iqtisodiyotida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlariga toʻsiq boʻlayotgan asosiy sabablardan biridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni soʻzsiz bajarish, xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirishni faol qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining mamlakatda xususiylashtirish, xususiylashtirilayotgan korxonalarning samarali faoliyat koʻrsatishi va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, respublika iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarining qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur darajadagi ijro intizomining mavjud emasligi hamda joylarda xususiylashtirishni amalga oshirishda xizmat mavqeini suiisteʼmol qilishning jiddiy hollari Davlat mulki qoʻmitasi ishlaridagi jiddiy nuqson hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mulki qoʻmitasi boshqaruv apparati, uning hududiy boʻlinmalari va unga qarashli tuzilmalar rahbarlari va mansabdor shaxslari 2003-2004-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan tasdiqlangan dasturlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish yuzasidan qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, davlat aktivlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda ustuvor ravishda xususiy mulk sifatida sotish jarayonlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni yangi egalari tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi shartlari evaziga ularni bepul berish chora-tadbirlarini tubdan faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar bilan ishlashni kuchaytirish, mutaxassislarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularning kasb darajasi oshirilishini taʼminlash, apparatni oʻz ishini yaxshi bilmaydigan va kasb malakasini oshirmayotgan xodimlardan qatʼiy xalos qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan investorlarga va tadbirkorlarga nisbatan byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik hollariga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning respublika hududida va chet ellarda davlat mulkini samarali boshqarish va saqlash boʻyicha faoliyati natijadorligi monitoringini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, bozor infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishga koʻmaklashish, iqtisodiyotning barcha sektorlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan ikkilamchi bozorini rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy usullardan foydalanish, mamlakatimiz fond bozorini xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarda davlat ishonchli vakillarini tayinlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi komissiya tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-nazorat xizmati (T.A. Xudoybergenov), Davlat mulki qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari va unga qarashli tuzilmalar rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish respublika komissiyasi (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda, oʻtkazilgan attestatsiya natijalariga muvofiq bir oy muddatda Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va boʻlinmalari kadrlar tarkibini Qoʻmita oldiga qoʻyilgan zamonaviy talablar amalga oshirilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasida 7 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari tanlov asosida Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan tayinlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisini, Davlat mulki qoʻmitasi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlarini tayinlash tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisiga maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi apparati boʻlinmalari rahbarlari lavozimlarini egallash uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tanlovdan oʻtmagan yoki ilgari kasbiga oid qonun buzilishlari uchun ishdan boʻshatilgan mutaxassislarning ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabi qoshidagi respublika Korporativ boshqaruv markazi bilan birgalikda Davlat mulki qoʻmitasi mutaxassislarining asosiy ishdan ajralmagan holda uzluksiz qisqa muddatli oʻqishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son , 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalari maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Mintaqalar nomi ‎

Shtatdagi xodimlar soni ‎

‎1.‎

‎Andijon viloyati ‎


‎25‎

2.‎ Buxoro viloyati ‎ 24‎
3.‎ Jizzax viloyati ‎ 21‎
4.‎ Qashqadaryo viloyati ‎ 24‎
5.‎ Navoiy viloyati ‎ 22‎
6.‎ Namangan viloyati ‎ 25‎
7.‎ Samarqand viloyati ‎ 26‎
8.‎ Surxondaryo viloyati ‎ 24‎
9.‎ Sirdaryo viloyati ‎ 20‎
10‎ Toshkent viloyati ‎ 31‎
11.‎ Fargʻona viloyati ‎ 31‎
12.‎ Xorazm viloyati ‎ 24‎
13.‎ Toshkent shahri ‎ 41‎
Hammasi‎ 338
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mulki qoʻmitasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek respublikada xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatini bevosita, shuningdek oʻzining hududiy organlari orqali davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulki qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, qonun hujjatlariga muvofiq banklarda ochiladigan hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat mulki qoʻmitasining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Davlat mulki qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotida davlat ulushini qisqartirishga hamda xususiy sektorning roli va ahamiyatini tubdan oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor mexanizmlari rivojlanishini, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida raqobat muhiti shakllanishini va xususiy mulkning oʻsishini ragʻbatlantiruvchi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, respublikada berilgan imtiyozlar va kafolatlar toʻgʻrisida investorlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, xususiylashtirish tartib-qoidalarining yuqori darajada soddalashtirilishini va oshkoraligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishga koʻmaklashish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishdan keyingi davrda boshqaruvchi kompaniyalar va davlatning ishonchli vakillari faoliyatining samaradorligi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet elda davlat mulki hisoblangan mol-mulkning saqlanishi va samarali boshqarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan xususiy tadbirkorlikning, kichik va oʻrta biznesning huquq va manfaatlarini himoya qilish doimiy monitoringini olib borish, mulkdorlar sinfi shakllanishiga, bozor infratuzilmasi rivojlanishiga, tadbirkorlarning moliyaviy va moddiy-texnika resurslari olishini yengillashtirishga, tadbirkor kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini barpo etishga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan ikkilamchi bozorini rivojlantirish, uning infratuzilmasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moliyaviy usullardan keng foydalanish, mamlakatimiz fond bozorini xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mulki qoʻmitasining asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda mulkiy munosabatlarni isloh qilish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, ularning amalga oshirilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida tegishli davlat dasturlariga kiritilmagan davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarishni tashkil etish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohalarida metodik rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini xususiylashtirish shartlari va shakllari toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi funksiyalarini bajargan holda davlat mulki obyektlarini sotishning boshlangʻich narxini tasdiqlaydi va ularni tanlovlar va kimoshdi savdolariga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mulk egasiga xususiylashtirilgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi dalolatnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning qabul qilingan investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarning toʻliq tushishi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlarining muassisi (qatnashchisi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat ishtirokida tashkil etiladigan boshqa yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aksiyalar paketi (ustav fondidagi ulush) davlat mulki boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari (boshqa xoʻjalik jamiyatlari)ning aksiyadori (qatnashchisi) huquqlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan, ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar roʻyxati boʻyicha, shuningdek ushbu tashkilotlardagi davlatning ishonchli vakillari nomzodlari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi maxsus Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarni tanlov boʻyicha tanlab olishni amalga oshiradi va ularning tayinlanishini Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati majlisida tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi maxsus Komissiya yoki Davlat mulki qoʻmitasi qarori asosida davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalar bilan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati monitoringini olib boradi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xususiylashtirish dasturlarida nazarda tutilgan hollarda, tashkil etiladigan xolding kompaniyalarining ustav fondlariga qoʻshiladigan xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari (ulushlari)ning Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli davlat paketlarini ushbu kompaniyalar tomonidan chiqariladigan aksiyalarga almashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga beradi, ushbu vakolatni amalga oshirish huquqi belgilangan tartibda davlatning boshqa organiga berilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlashda, ular tomonidan tarkibiy oʻzgartirish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va tovarlar bozorlarini shakllantirish jarayonlarini va ularning faoliyat koʻrsatishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirishda, shuningdek ularning infratuzilmalarini rivojlantirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini, shuningdek ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirishga, ularning moddiy-texnika resurslaridan, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish bozorlaridan keng foydalanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida birgalikda ishlab chiqadi, ularni belgilangan tartibda kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan shikoyat va arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, davlat boshqaruv organlarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar taqdim etadi, shuningdek materiallarni tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga joʻnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq birja va baholash faoliyatini litsenziyalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy munosabatlar, davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasining hamda uning tasarrufidagi tuzilmalarning kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat mulki qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat mulki qoʻmitasiga oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat mulkini xususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik materiallarni tasdiqlash, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan davlat mulkiga egalik qilish huquqlarini oʻzgartirish hujjatlarini bekor qilish, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda sudlarga daʼvolar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlaridan, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyektning oʻzaro majburiyatlari va faoliyat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisida muayyan davrga bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, davlat tomonidan yangidan taʼsis etilayotgan davlat aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha aksiyalar sotishdan tushadigan mablagʻlarni Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari maxsus hisob raqamlarida jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek ularni xolding kompaniyalar aksiyalariga, shu jumladan xalqaro bozorda almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlarining, boshqa xoʻjalik jamiyatlarining, shirkatlarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, konsultatsiya tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning mustaqil ekspertlari va mutaxassislarini ekspertizalar oʻtkazishga hamda normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqishga belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulki qoʻmitasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va metodlarini belgilashning asoslanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning, davlat korxonalarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish davlat dasturlari loyihalarining, shuningdek kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari loyihalarining xolisligi va kompleksliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mulki qoʻmitasini rais boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi raisining bir nafar birinchi oʻrinbosari va uch nafar oʻrinbosari boʻladi, ulardan biri Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining bosh direktori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat mulki qoʻmitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning tomonidan oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat mulki qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan tanlov asosida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari respublika budjeti mablagʻlari hisobiga hamda Hukumat qaroriga muvofiq xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan qismi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat mulki qoʻmitasida 7 kishidan iborat tarkibda hayʼat tuziladi, uning tarkibi rais (hayʼat raisi), rais oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi, shuningdek boshqa rahbar xodimlardan iborat boʻladi. Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirishning, davlat mulkini boshqarish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishning eng muhim muammolarini, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasi va uning tasarrufidagi tuzilmalarning ishlarini tashkil etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi hamda, qoidaga koʻra, Davlat mulki qoʻmitasi raisining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hududiy boshqarmalar Davlat mulki qoʻmitasining hududiy tarkibiy birliklari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadi hamda amaliy faoliyatda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining bankda hisob raqamlariga va Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisini, Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlarini tayinlash tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-martdagi 147-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat mulki qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat mulki qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining xodimlariga muayyan xizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda bir yoʻla beriladigan har yilgi mukofot toʻlanadi (lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha – 0,6; 5 yildan 10 yilgacha – 0,8; 10 yildan 15 yilgacha – 1,0; 15 yildan ortiq boʻlganda – 1,5. Muayyan xizmat muddati uchun mukofotlar olish huquqini beradigan ish staji Davlat mulki qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq, kasaba uyushmasi organi bilan kelishgan holda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan qismi ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat mulki qoʻmitasi xodimi xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlganning oilasiga respublika budjeti mablagʻlaridan oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi xodimiga kasb faoliyati bilan shugʻullanishni istisno qiluvchi ogʻir tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda unga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan oylik ish haqining 25 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi xodimiga uncha ogʻir boʻlmagan tan jarohatlari yetkazilganda unga respublika budjeti mablagʻlaridan oylik ish haqining 5 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-iyuldagi
325-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-fevraldagi 72-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Davlat mulki qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmasdan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan mablagʻlarning tushishi va harakati, shuningdek talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan amalga oshirilgan sarf-xarajatlar toʻgʻrisida, mazkur Tartibning 25—28-bandlariga muvofiq xarajatlarning maqsadlarini koʻrsatgan holda Moliya vazirligiga axborot taqdim etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bandda “Mazkur Tartibning 26—28-bandlariga muvofiq” soʻzlari “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 118-modda; 2004-y., 11-son, 127-modda; 13-son, 149-modda; 18-son, 206-modda; 26-son, 298-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda)