Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASINING KADRLAR POTENSIALINI MUSTAHKAMLASh VA FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining samarasizligi, kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda izchillikning yoʻqligi respublika iqtisodiyotida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlariga toʻsiq boʻlayotgan asosiy sabablardan biridir.
Oldingi tahrirga qarang.
2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni soʻzsiz bajarish, xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirishni faol qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining mamlakatda xususiylashtirish, xususiylashtirilayotgan korxonalarning samarali faoliyat koʻrsatishi va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, respublika iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarining qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
Zarur darajadagi ijro intizomining mavjud emasligi hamda joylarda xususiylashtirishni amalga oshirishda xizmat mavqeini suiisteʼmol qilishning jiddiy hollari Davlat mulki qoʻmitasi ishlaridagi jiddiy nuqson hisoblanadi.
2. Davlat mulki qoʻmitasi boshqaruv apparati, uning hududiy boʻlinmalari va unga qarashli tuzilmalar rahbarlari va mansabdor shaxslari 2003-2004-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan tasdiqlangan dasturlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
xususiylashtirish yuzasidan qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, davlat aktivlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda ustuvor ravishda xususiy mulk sifatida sotish jarayonlarini jadallashtirish;
zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni yangi egalari tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi shartlari evaziga ularni bepul berish chora-tadbirlarini tubdan faollashtirish;
kadrlar bilan ishlashni kuchaytirish, mutaxassislarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularning kasb darajasi oshirilishini taʼminlash, apparatni oʻz ishini yaxshi bilmaydigan va kasb malakasini oshirmayotgan xodimlardan qatʼiy xalos qilish;
xodimlar tomonidan investorlarga va tadbirkorlarga nisbatan byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik hollariga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish;
davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning respublika hududida va chet ellarda davlat mulkini samarali boshqarish va saqlash boʻyicha faoliyati natijadorligi monitoringini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishga koʻmaklashish, iqtisodiyotning barcha sektorlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan ikkilamchi bozorini rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy usullardan foydalanish, mamlakatimiz fond bozorini xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 298-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Tashkiliy-nazorat xizmati (T.A. Xudoybergenov), Davlat mulki qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari va unga qarashli tuzilmalar rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish respublika komissiyasi (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda, oʻtkazilgan attestatsiya natijalariga muvofiq bir oy muddatda Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va boʻlinmalari kadrlar tarkibini Qoʻmita oldiga qoʻyilgan zamonaviy talablar amalga oshirilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasinlar.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasida 7 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari tanlov asosida Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan tayinlanadilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisini, Davlat mulki qoʻmitasi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlarini tayinlash tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisiga maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi apparati boʻlinmalari rahbarlari lavozimlarini egallash uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
tegishli tanlovdan oʻtmagan yoki ilgari kasbiga oid qonun buzilishlari uchun ishdan boʻshatilgan mutaxassislarning ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻymasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabi qoshidagi respublika Korporativ boshqaruv markazi bilan birgalikda Davlat mulki qoʻmitasi mutaxassislarining asosiy ishdan ajralmagan holda uzluksiz qisqa muddatli oʻqishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-iyul,
325-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalari maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining
cheklangan soni
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Mintaqalar nomi |
Shtatdagi xodimlar soni |
1. |
Andijon viloyati |
|
| 2. | Buxoro viloyati | 20 |
| 3. | Jizzax viloyati | 17 |
| 4. | Qashqadaryo viloyati | 20 |
| 5. | Navoiy viloyati | 18 |
| 6. | Namangan viloyati | 20 |
| 7. | Samarqand viloyati | 21 |
| 8. | Surxondaryo viloyati | 19 |
| 9. | Sirdaryo viloyati | 16 |
| 10 | Toshkent viloyati | 25 |
| 11. | Fargʻona viloyati | 25 |
| 12. | Xorazm viloyati | 19 |
| 13. | Toshkent shahri | 35 |
| Hammasi | 275 | |
| | Shu jumladan budjet mablagʻlari hisobiga |
198 |
| | | |
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat mulki qoʻmitasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Davlat mulki qoʻmitasi oʻz faoliyatini bevosita, shuningdek oʻzining hududiy organlari orqali davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Davlat mulki qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, qonun hujjatlariga muvofiq banklarda ochiladigan hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Davlat mulki qoʻmitasining vazifalari
7. Quyidagilar Davlat mulki qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyotida davlat ulushini qisqartirishga hamda xususiy sektorning roli va ahamiyatini tubdan oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish;
bozor mexanizmlari rivojlanishini, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida raqobat muhiti shakllanishini va xususiy mulkning oʻsishini ragʻbatlantiruvchi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, respublikada berilgan imtiyozlar va kafolatlar toʻgʻrisida investorlar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, xususiylashtirish tartib-qoidalarining yuqori darajada soddalashtirilishini va oshkoraligini taʼminlash;
xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishga koʻmaklashish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash;
xususiylashtirishdan keyingi davrda boshqaruvchi kompaniyalar va davlatning ishonchli vakillari faoliyatining samaradorligi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet elda davlat mulki hisoblangan mol-mulkning saqlanishi va samarali boshqarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan ikkilamchi bozorini rivojlantirish, uning infratuzilmasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy moliyaviy usullardan keng foydalanish, mamlakatimiz fond bozorini xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalash.
III. Davlat mulki qoʻmitasining asosiy funksiyalari
8. Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish bilan bogʻliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda mulkiy munosabatlarni isloh qilish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, ularning amalga oshirilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatlari doirasida tegishli davlat dasturlariga kiritilmagan davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarishni tashkil etish sohalarida metodik rahbarlik qiladi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
davlat mulkini xususiylashtirish shartlari va shakllari toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini taʼminlaydi;
sotuvchi funksiyalarini bajargan holda davlat mulki obyektlarini sotishning boshlangʻich narxini tasdiqlaydi va ularni tanlovlar va kimoshdi savdolariga qoʻyadi;
yangi mulk egasiga xususiylashtirilgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi dalolatnoma beradi;
investorlarning qabul qilingan investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarning toʻliq tushishi monitoringini amalga oshiradi;
davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlarining muassisi (qatnashchisi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat ishtirokida tashkil etiladigan boshqa yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aksiyalar paketi (ustav fondidagi ulush) davlat mulki boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari (boshqa xoʻjalik jamiyatlari)ning aksiyadori (qatnashchisi) huquqlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan, ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar roʻyxati boʻyicha, shuningdek ushbu tashkilotlardagi davlatning ishonchli vakillari nomzodlari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va ularni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda)
oʻz vakolatlari doirasida, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarni tanlov boʻyicha tanlab olishni amalga oshiradi va ularning tayinlanishini Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati majlisida tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoki Davlat mulki qoʻmitasi qarori asosida davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalar bilan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
(8-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 206-modda)
davlat ishonchli vakillari, ishonchli boshqaruvchilar va professional boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati monitoringini olib boradi, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlashni amalga oshiradi;
davlat xususiylashtirish dasturlarida nazarda tutilgan hollarda, tashkil etiladigan xolding kompaniyalarining ustav fondlariga qoʻshiladigan xoʻjalik jamiyatlari aksiyalari (ulushlari)ning Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli davlat paketlarini ushbu kompaniyalar tomonidan chiqariladigan aksiyalarga almashtiradi;
strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga beradi, ushbu vakolatni amalga oshirish huquqi belgilangan tartibda davlatning boshqa organiga berilgan hollar bundan mustasno;
korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlashda, ular tomonidan tarkibiy oʻzgartirish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va tovarlar bozorlarini shakllantirish jarayonlarini va ularning faoliyat koʻrsatishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirishda, shuningdek ularning infratuzilmalarini rivojlantirishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Davlat mulki qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida birgalikda ishlab chiqadi, ularni belgilangan tartibda kelishib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslarning xususiylashtirish masalalari yuzasidan shikoyat va arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
(8-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
oʻz vakolatlari doirasida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, davlat boshqaruv organlarining noqonuniy qarorlarini bekor qilish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar taqdim etadi, shuningdek materiallarni tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga joʻnatadi;
qonun hujjatlariga muvofiq birja va baholash faoliyatini litsenziyalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mulkiy munosabatlar, davlat mulkini boshqarish sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(8-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Davlat mulki qoʻmitasining hamda uning tasarrufidagi tuzilmalarning kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazishni amalga oshiradi.
IV. Davlat mulki qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
9. Davlat mulki qoʻmitasiga oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
oʻz vakolatlari doirasida davlat mulkini xususiylashtirish, boshqarish va tasarruf etish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik materiallarni tasdiqlash, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;
amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan davlat mulkiga egalik qilish huquqlarini oʻzgartirish hujjatlarini bekor qilish, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda sudlarga daʼvolar berish;
davlat boshqaruv organlaridan, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyektning oʻzaro majburiyatlari va faoliyat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisida muayyan davrga bitimlar tuzish;
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, davlat tomonidan yangidan taʼsis etilayotgan davlat aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha aksiyalar sotishdan tushadigan mablagʻlarni Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari maxsus hisob raqamlarida jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq taqsimlash;
davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek ularni xolding kompaniyalar aksiyalariga, shu jumladan xalqaro bozorda almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
aksiyadorlik jamiyatlarining, boshqa xoʻjalik jamiyatlarining, shirkatlarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni sotib olish;
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, konsultatsiya tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning mustaqil ekspertlari va mutaxassislarini ekspertizalar oʻtkazishga hamda normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqishga belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish.
10. Davlat mulki qoʻmitasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va metodlarini belgilashning asoslanganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning, davlat korxonalarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish davlat dasturlari loyihalarining, shuningdek kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari loyihalarining xolisligi va kompleksliligi uchun javob beradi.
V. Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
11. Davlat mulki qoʻmitasini rais boshqaradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisining bir nafar birinchi oʻrinbosari va uch nafar oʻrinbosari boʻladi, ulardan biri Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining bosh direktori hisoblanadi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi:
Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat mulki qoʻmitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning tomonidan oʻz funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi va xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat mulki qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan tanlov asosida tayinlanadi.
13. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari respublika budjeti mablagʻlari hisobiga hamda Hukumat qaroriga muvofiq xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan qismi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
14. Davlat mulki qoʻmitasida 7 kishidan iborat tarkibda hayʼat tuziladi, uning tarkibi rais (hayʼat raisi), rais oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi, shuningdek boshqa rahbar xodimlardan iborat boʻladi. Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirishning, davlat mulkini boshqarish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishning eng muhim muammolarini, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasi va uning tasarrufidagi tuzilmalarning ishlarini tashkil etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi.
Hayʼat qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi hamda, qoidaga koʻra, Davlat mulki qoʻmitasi raisining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha hududiy boshqarmalar Davlat mulki qoʻmitasining hududiy tarkibiy birliklari hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadi hamda amaliy faoliyatda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining bankda hisob raqamlariga va Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisini, Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlarini tayinlash tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
16. Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.
VI. Davlat mulki qoʻmitasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
17. Davlat mulki qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining xodimlariga muayyan xizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda bir yoʻla beriladigan har yilgi mukofot toʻlanadi (lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha – 0,6; 5 yildan 10 yilgacha – 0,8; 10 yildan 15 yilgacha – 1,0; 15 yildan ortiq boʻlganda – 1,5. Muayyan xizmat muddati uchun mukofotlar olish huquqini beradigan ish staji Davlat mulki qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq, kasaba uyushmasi organi bilan kelishgan holda hisoblab chiqiladi.
Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan qismi ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.
18. Davlat mulki qoʻmitasi xodimi xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlganning oilasiga respublika budjeti mablagʻlaridan oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Davlat mulki qoʻmitasi xodimiga kasb faoliyati bilan shugʻullanishni istisno qiluvchi ogʻir tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda unga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan oylik ish haqining 25 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Davlat mulki qoʻmitasi xodimiga uncha ogʻir boʻlmagan tan jarohatlari yetkazilganda unga respublika budjeti mablagʻlaridan oylik ish haqining 5 baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa toʻlanadi, keyinchalik ushbu summa aybdor shaxslardan undirib olinadi.
19. Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-fevraldagi 72-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlari amalga oshirilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashtirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 97-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 8-bandlari.
II. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar:
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Davlat mulki qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmasdan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan mablagʻlarning tushishi va harakati, shuningdek talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan amalga oshirilgan sarf-xarajatlar toʻgʻrisida, mazkur Tartibning 25—28-bandlariga muvofiq xarajatlarning maqsadlarini koʻrsatgan holda Moliya vazirligiga axborot taqdim etadi”.
31-bandda “Mazkur Tartibning 26—28-bandlariga muvofiq” soʻzlari “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 118-modda; 2004-y., 11-son, 127-modda; 13-son, 149-modda; 18-son, 206-modda; 26-son, 298-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda)