Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-352-sonli Qonuniga binoan, shuningdek xalqaro tamoyillar va standartlarga muvofiq auditorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-avgust,
PQ-2225-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi PQ-2225-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, auditorlik faoliyatining standartlari hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar”.
2. 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tashkilotlari zimmalariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini hamda u bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy axborotning buxgalterlik hisob-kitobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi, shuningdek professional xizmatlar koʻrsatadi”.
3. 7-bandida:
toʻqqizinchi xatboshi “va xoʻjalik yurituvchi subyektning taftish komissiyasi (taftishchisi) funksiyasini amalga oshirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“auditorlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida xalqaro audit standartlarini qoʻllash”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 8-bandida:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida besh yildan kam boʻlmagan muddat saqlanishini taʼminlashi”;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi”;
oʻninchi xatboshida “respublika auditorlar jamoat birlashmalarining” soʻzlari “respublika auditorlar jamoat birlashmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni taʼminlash”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Auditorlik tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining kamida 51 foizi mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli boʻlishi shart. Auditor oʻzi ishlayotgan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin emas”.
6. 11-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur auditorlik tashkiloti oʻzining asosiy ish joyi boʻlgan auditorgina auditorlik tashkilotining rahbari boʻlishi mumkin”.
7. 12-bandining uchinchi xatboshidagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin.
8. 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. 16-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Auditorlik tashkilotining firma nomlanishida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasi mavjud boʻlib, boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlanishlari bilan aynan oʻxshash yoki bir xil boʻlmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxs, oʻz nomlanishida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas”.
10. 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida auditorlik faoliyatini amalga oshiradi. Auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat auditorlik tashkilotining masʼuliyatini sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlgan taqdirdagina tuziladi”.
11. 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga, auditorlik faoliyatining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
litsenziya olish va auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega boʻlish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
shtatda auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda buxgalterning xalqaro sertifikati boʻlishi;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning sir saqlanishini taʼminlash;
auditorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish;
auditorlik tashkilotining rahbari lavozimiga faqat shu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlgan auditorni tayinlash;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida attestatsiyadan oʻtishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlash;
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisobotini tuzish va auditorlik xulosasini berish;
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yiliga bir marta belgilangan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish, shuningdek, auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boshqa axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi boʻyicha taqdim etish;
auditorlar faoliyati sifatini nazorat qilishni taʼminlash;
auditorlarning har yili bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
auditorlik tashkilotining rahbari va (yoki) auditorlar tarkibi oʻzgargani toʻgʻrisida 5 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
auditorlik tekshiruvlarni oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilish”.
12. 22-bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisining yoʻqligi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 444-modda)