1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullar |
|
|
I. Tashkiliy masalalar | ||
|
1. |
Chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash (sohalar kesimida masʼullar biriktirish va muddatlar belgilash): koʻp qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xonadongacha issiqlik energiyasini yetkazib berish, liftlarni taʼmirlash, mahalla hududida, hamda uy-joylar atrofini sanitar tozaligini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish; asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish; ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, sanitar holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish; tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan taʼminlash maqsadida tabiiy gaz yetkazib berilishi lozim boʻlgan hududlar chegarasini tasdiqlash; tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish qozonlarini koʻmir yoqilgʻisida ishlashga moslashtirish yoki yangisiga almashtirish yuzasidan tashkilotlar kesimidagi manzilli dasturlar hamda oyma-oy jadvallarini ishlab chiqib, ularni qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar |
|
2. |
Iqtisodiyot tarmoqlarida yuqorida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ushbu sohaga moʻljallangan metodik tavsiyalar asosida amalga oshirish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, xoʻjalik birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar |
|
3. |
Mutasaddi boshqarmalar va tashkilotlar bilan birgalikdaoʻtgan yilgi muammolardan kelib chiqib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini hamda uy-joy fondini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflarni ilovadagi jadvallar asosida shahar hokimining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan hamkorlikda, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi |
|
4. |
Tabiiy ga� tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari va aholini koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqandshahargaz” filiali, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlimi |
|
5. |
Tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni yetkazish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadval asosida yetkazib berish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi bilan hamkorlikda |
|
6. |
Aholi xonadonlarining koʻmir mahsulotiga boʻlgan talablaridan kelib chiqqan holda koʻmir mahsuloti yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektni aniqlash. hamda koʻmirni oʻz vaqtida yetkazib berishni nazorat qilish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
Iqtisodiyot tarmoqlariga texnik tuzni yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadval asosida 2014-yil 1-oktabrga qadar yetkazib berilishini taʼminlash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar |
|
8. |
Kuz-qish mavsumi davrida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning oshishi va isteʼmol miqdorining oshishi natijasida elektr tarmoqlarida ortiqcha kuchlanishni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ va korxona, muassasa, tashkilotlar |
|
9. |
Asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. |
2014-yil |
“Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali |
|
10. |
Shahar hududida joylashgan toifalangan va oʻta muhim, elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti asosiy tarmoqdan uzilmaydigan korxonalar boʻyicha 2014/2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbir belgilash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi |
|
11. |
Shahar hududidagi harbiy mudofaa tizimidagi obyektlarni uzluksiz elektr va tabiiy gaz bilan taʼminlash yuzasidan 2014/2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar belgilash. |
2014-yil |
Shahar Mudofaa boʻlimi, “Samarqandshahargaz” filiali, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi |
|
12. |
Temir yoʻl orqali olib kelinadigan yuklarni oʻz vaqtida tushirishni tashkillashtirish, vagonlarni turib qolishini oldini olish, tungi vaqtlarda va bayram kunlarida temir yoʻl tarmoqlarida taʼmirlash ishlarini barqaror ishlarni tashkil etish. |
2014-yil |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi |
|
II. Asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda jamgʻarish va 2014/2015-yillarda barqaror yetkazib berish | |||
|
1. |
Sha�ar mudofaa ishlari boʻlimiga qarashli obyektlariga yetarli miqdorda belgilangan limit doirasida shartnoma asosida qurilish, yoqilgʻi-energetika resurslari va koʻmir mahsulotlarini yetkazish. |
2014-yil |
Shahar Mudofaa boʻlimi, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, qurilish korxonalari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi |
|
2. |
Tasdiqlangan ishlab chiqarish balansi va tabiiy gaz chiqish hamda yetkazish, 2014-yilning oktyabr va 2015-yilning aprel oyiga qadar oylar boʻyicha tuzilgan grafik asosida aholi va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish grafigini ishlab chiqish. |
2014-yil |
“Samarqandshahargaz” filiali “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan hamkorlikda |
|
3. |
“Oʻztransgaz” AK va tizimga kiruvchi korxonalar bilan tabiiy gaz taqsimlash qutilari va magistral tarmoqlarini texnik holatini nazorat qiluvchi korxonalar bilan hamkorlikda nazorat koʻrigidan oʻtkazish. |
2014-yil |
“Sanoatgeokontexnazorat” va “Oʻzdavneftegazinspeksiya” hududiy boʻlinmalari, “Samarqanshahargaz” filiali |
|
4. |
2014/2015-yil joylardagi mavjud xususiylashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari (GNS) rahbarlari bilan birgalikda ushbu korxonalardagi suyultirilgan gaz saqlash sigʻimlari, gaz ballonlarini toʻldirish uskunalari, temir yoʻl estakadalarining quvvatlarini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va belgilangan jadval asosida aholi xonadonlariga uzluksiz yetkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. rejasini ishlab chiqib, bajarilishini taʼminlash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali, shahar iqtisodiyot boʻlimi |
|
5. |
Kuz-qish mavsumi davrida korxona va muassasalar balansida boʻlgan qozonxonalarni uzluksiz ishlashini taʼminlash va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻi resurslar zaxirasini yaratish. (3-ilova) |
2014-yil 1-noyabrgacha |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, boshqarma, xoʻjalik birlashmalari va boshqa korxonalar, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalari |
|
6. |
Elektr energiya taʼminotidagi texnologik uskunalar, nim stansiyalar va tarmoqlarni mukammal taʼmirlash ishlarini yakunlash, elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning osh�shi va isteʼmol miqdorining eng yuqori vaqtlarida elektr tarmoqlarida zoʻriqishni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. |
2014-yil |
“Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Samarqandshahargaz” filiali, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar |
|
7. |
Isteʼmolchilarga ikkilamchi yoqilgʻi mahsulotini (koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlari) uzluksiz yetkazish berish (budjet mablagʻi, toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma, kimoshdi savdosi orqali). |
Doimiy |
“Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi |
|
III. Koʻp qavatli uy-joy fondini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davriga tayyorlash va barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari | |||
|
1. |
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga mukammal taʼmirlash ishlariga talab etiladigan moliyaviy manbalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish (shirkat, kredit, homiylik mablagʻlari |
2014-yil 1-sentabrgacha |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar hokimligi moliya boʻlimi, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari |
|
2. |
Uy-joy, bino va inshootlarni texnik hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va javob berish yuzasidan nazorat koʻrigidan oʻtkazish. |
2014-yil 1-sentabrgacha |
viloyat IIB, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi boshqarma va korxonalar bilan hamkorlikda, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari |
|
3. |
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmagan koʻp qavatli uy-joylarni aniqlash va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari |
|
4. |
Ishlab chiqilgan Dastur asosida koʻp qavatli uy-joylarni tom qismlarini mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarni xatlovdan oʻtkazish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari |
|
5. |
Koʻp qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tugallash, bajarilgan ishlarni qabul qilish, issiqlik uzatish tarmoqlarini izolatsiyalash, issiqlik energiyasi bilan va barqaror ishlashini taʼminlash, yer toʻla, chordoq va muhandislik tarmoqlarini, kirish yoʻlaklari va eshiklarni nazorat koʻrigidan oʻtqazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish shahar boʻlimi, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari |
|
|
IV. Aholi isteʼmolchilarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash. | ||
|
1. |
Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash. |
2014-yil |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ |
|
2. |
Mavjud qozonlar va uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish. Texnik talabga javob bermaydigan qozonlarni toʻxtatish. |
2014-yil |
U.Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ |
|
3. |
Hududiy “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftegazinspeksiya”lar bilan hamkorlikda joriy yil dasturiga kiritilgan qozonlar va tarmoqlarni mukammal va joriy taʼmirlash, issiqlik uzatish tarmoqlarini izolatsiyalash ishlarini koʻrib chiqish.(2-3 ilova) |
2014-yil 20-iyulgacha |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlinmasi, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ |
|
4. |
Issiqlik uzatish tarmoqlarini texnik holatlari boʻyicha nazorat koʻrigidan oʻtkazish (2-3 ilova) |
2014-yil 1-oktabrgacha |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ |
|
V. Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash. | |||
|
1. |
2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davrida ijtimoiy soha (masʼullar va bajariladigan ishlar muddatlari aniq koʻrsatilgan holda), yaʼni xalq taʼlimiga qarashli obyektlarni (umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari), qozonxonalar va muhandislik tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlarini belgilash. |
2014-yil 20-iyulgacha |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi |
|
2. |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini 2014-yil 1-sentabrga qadar yakunlash. |
2014-yil |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi |
|
3. |
Mukammal va joriy taʼmirlash qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish. |
2014-yil |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi |
|
4. |
Issiqlik taʼminoti, tarmoqlari va qozonlarni mavsuga tayyorgarligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirish. |
2014-yil 25-avgustgacha |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi |
|
5. |
Belgilangan reja asosida koʻmir mahsuloti xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻni oʻz vaqtida moliyalashtirish va jamgʻarish. |
2014-yil 25-avgustgacha |
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi |
|
6. |
2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davrida sogʻlikni saqlash (masʼullar va bajariladigan ishlar muddatlari aniq koʻrsatilgan holda) obyektlarni (shifoxonalar va poliklinika muassasalari), qozonxonalar va muhandislik tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlarini belgilash. Sogʻliqni saqlash muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini 2014-yil sentyabrga qadar yakunlash. issiqlik tarmoqlari va qozonlarini mavsumga tayyorlash; jamgʻarilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsuloti uchun ajratilayotgan mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash va jamgʻarish. |
2014-yil |
Shahar tibbiyot birlashmasi |
|
VI. Chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish. | |||
|
1. |
Shahar hokimligi komissiyasi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlari ijrosini koʻrish. |
muntazam (har oy) |
Shahar hokimligi kotibiyat mudirlari |
|
2. |
2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini borishi toʻgʻrisida hududiy komissiyaga axborotnoma kiritish. |
Har chorakda |
U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarni keng yoritish. |
Doimiy |
Viloyat teleradiokompaniyasi, aloqa va axborotlashtirish agentligi, hududiy boshqarmasi, “Samarqand” gazetasi tahririyati. |
2-ILOVA
| T/r | Hududlar |
Mukammal taʼmirlash | ||||||||||||
| 1991-yilgacha qurilgan koʻp qavatli uylar (dona) |
qozonxonalar (dona) |
qozonlar (dona) |
issiqlik tarmoqlari (km) |
suv tarmoqlari (km) |
gaz tarmoqlari (km) |
elektr tarmoqlari (km) |
TP (dona) |
maktablar (dona) |
mehribonlik uylari va maxsus internatlar (dona) |
bolalar bogʻchasi (dona) |
kasalxonalar (polik) |
Urush va mehnat faxriylari uchun “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, internat uylari | ||
| 1. | Samarqand shahri | 30 | 3 | 4 | 1,402 | 1,7 | 1,1 | 126,5 | 63 | 0 | | 1 | 4 | 0 |
3-ILOVA
| T/r | Hududlar |
Joriy taʼmirlash | ||||||||||||||
| koʻp xonadonli uy-joy (dona) |
qozonxonalar (dona) |
qozonlar (dona) |
issiqlik tarmoqlari (km) |
issiqlik trassalarini izolatsiyalash (km) |
suv tarmoqlari (km) |
gaz taqsimlash qutilarini reviziya qilish (dona) |
elektr tarmoqlari (km) |
TP (dona) |
umumtaʼlim maktablar (dona) |
maktab, bogʻcha, kollej va litseylar hamda shifoxonalar deraza oynalarini almashtirish (kv.m) | mehribonlik uylari va maxsus internatlar (dona) |
Urush va mehnat veteranlari uchun “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, internat uylari | bolalar bogʻchasi (dona) |
kasalxonalar (dona) | ||
| 1. | Samarqand shahri | 449 | 5 | 3 | 3 | 2,3 | 8,2 | 2427 | 348,8 | 131 | 4 | 932 | 0 | 0 | 12 | 5 |
4-ILOVA
|
t/r |
Hududlar |
Koʻmir ( tonna) |
Suyultirilgan gaz |
IOMS | |||||||||
|
Jami |
budjet tashkilotlari |
shu jumladan: |
Aholi uchun JAMI |
shu jumladan: |
Iqtisodiyotning real tarmogʻi (sanoat korxonalari, gʻisht zavodlar) | ||||||||
|
Xalq taʼlim Boshqarmasi |
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim boshqarmasi |
Distribyutor markazi orqali |
aholi uchun koʻmir yetkazib beruvchi tashkilotlar orqali |
“Xarazm briket” unitar korxonasi orqali | ||||||||
|
1. |
Samarqand shahri |
5045 |
1045 |
803 |
242 |
0 |
4000 |
|
4000 |
|
|
580 |
5 |
5-ILOVA
| Shukurov A. | — | shahar hokimi, komissiya raisi |
| Abdullayev U. | — | shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari |
| Nazarov U. | — | shahar hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari |
| Abduraimov Sh. | — | shahar hokimining birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri |
| Xolikulov A. | — | shahar hokimining iqtisodiy-ijtimoiy masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri |
| Sadinov Sh. | — | xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi mudiri |
| Elboboyev O. | — | shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi v.b |
| Radjabov E. | — | shahar hokimligi moliya boʻlimi mudiri |
| Muxammadiyev O. | — | shahar hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi |
| Nasimov A. | — | viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi |
| Bulyayev Z. | — | shahar DSENM bosh vrachi |
| Ergashev Sh. | — | shahar IIB Yongʻin havfsizligi boshqarmasi boshligʻi |
| Ismatov A. | — | “Samarqandshahargaz” filiali boshligʻi |
| Mutalibov A. | — | shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari |
| Safoyev A. | — | viloyat Injiniring kompaniyasi direktori |
| Joʻraqulov J. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK Buxoro uzeli boshligʻining Samarqand hududi boʻyicha oʻrinbosari |
| Baxriyev A. | — | shahar “Suvokova” IChDK boshligʻi |
| Norbekov M. | — | viloyat “Issiqlik manbai” OAJ raisi oʻrinbosari |
| Xoshimov O. | — | “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi |
| Saparov T. | — | “Oʻzdavneftgazinspeksiya” viloyat boʻlimi Bosh texnologi |
| Karimov R. | — | “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi mintaqaviy togʻ-kon inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi |
| Nurbekov Sh. | — | shahar hokimligi bosh mutaxassisi |