Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 22.07.2014 yildagi 566-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori haqida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar — masʼul ijrochilar umuman respublika iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirdilar. Qabul qilingan chora-tadbirlar asosan korxona va tashkilotlarning barqaror ishlashini, aholini yoqilgʻi-energetika resurslari va kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash imkonini berganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu bilan birga, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekenergo” DAKning ayrim korxona va tashkilotlari tomonidan, shuningdek Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator shahar va tumanlarida kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining normal ishlashini taʼminlaydigan zarur chora-tadbirlar qabul qilinmaganligi, koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarga asosan ayrim rahbarlarning qishga tayyorgarlik masalalariga masʼuliyatsizlik bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida yechmaganliklari sabab boʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash masalalarining oʻz vaqtida yechilishiga masʼuliyatsizlik bilan qaragan va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun bir qator xoʻjalik birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning, shuningdek viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining rahbarlariga nisbatan qattiq maʼmuriy va intizomiy jazo choralari qoʻllanilganligi belgilab qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilning 1-martida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruhning tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B.I. Zakirov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yonilgʻi-energetika resurslari: tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan oʻz vaqtida taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ.I. Ibragimov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, obyektlarning sanitariya holatini va obodonlashtirish ishlarini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (A.I. Ikramov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, iqtisodiyot tarmoqlarini 2013/2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy tahlil qilish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi 2014/2015-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari belgilangan tartibda ishlab chiqilib tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda 2014/2015-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir va suyultirilgan gazni yetkazib berish topshiriqlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilot rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek tuman iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (Sh. Sindorov, B. Latirov) mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi qayd qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda tuman hokimligi yigʻilishlarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim X. ABJALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bulungʻur sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
566-q-son