16.01.2002 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida xalqaro vestminster universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada jahon taʼlim standartlari talablariga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Britaniya Kengashi va Vestminster universitetining (Buyuk Britaniya) Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsadlari va vazifalariga muvofiq “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Axborot texnologiyalari” va “Huquq” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura tizimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash Xalqaro Vestminster universitetining asosiy vazifasi hisoblansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Xalqaro Vestminster universiteti “Umid” jamgʻarmasi va Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan taʼsis etiladigan oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Umid” jamgʻarmasi Vestminster universiteti bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Xalqaro Vestminster universiteti toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitet faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlik Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazani jihozlash toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqitilganligi uchun tushadigan mablagʻlar, chet el va milliy homiylarning mablagʻlari, “Umid” jamgʻarmasi va xalqaro tashkilotlarning grantlari, xorijiy investitsiyalar, davlat budjeti (yetishmagan qismi) hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetda oʻqitish “Umid” jamgʻarmasi grantlari va toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi oʻqish shakli boʻyicha, Vestminster universitetida qabul qilingan taʼlim standartlariga, bakalavriat va magistratura oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetga abituriyentlarni qabul qilish Xalqaro Vestminster universiteti toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Vestminster universitetida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadigan Vestminster universitetini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro Vestminster universiteti Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasi, 12-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent aviatsiya kollejining binosini barcha oʻquv va xoʻjalik imoratlari bilan birgalikda Toshkent aviatsiya instituti balansidan “Umid” jamgʻarmasi balansiga tekin bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 25-uyda joylashgan Aviatsiya fakulteti sport kompleksi negizida Xalqaro Vestminster universiteti talabalarining jismoniy tarbiya va sport bilan toʻlovsiz shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratsin.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 182-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 319-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent aviatsiya kollejini Toshkent aviasozlik kasb-hunar kolleji bilan birlashtirsin va Toshkent shahar, Parkent koʻchasi, 331-uyga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat aviatsiya institutining fuqaro aviatsiyasi fakulteti Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 42-uydagi binoga joylashtirilishini taʼminlasin, ushbu maqsadlar uchun bino va inshootlarni “Oʻzpoʻlatqurilishkonstruksiya” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan institut balansiga tekin bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyofarm” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda Toshkent shahar, Yangi zamon koʻchasi, 1a-uyda joylashgan yotoqxona binosini “Oʻzkimyofarm” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Xalqaro Vestminster universiteti balansiga yotoqxona tashkil etish uchun tekin bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda Toshkent shahar, Parkent koʻchasi, 331-uyda joylashgan yotoqxona binosini atrofdagi xoʻjalik bloki bilan birgalikda “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi balansiga tekin bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Umid” jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Vestminster universiteti bilan kelishgan holda 2002-yil 1-fevralgacha Xalqaro Vestminster universitetining tashkiliy tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Vestminster universitetini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilgan va mukammal taʼmirlagan, zarur oʻquv-laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlagan holda Xalqaro Vestminster universiteti kompleksi 2002-yil 1-sentabrgacha ishga tushirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning oliy taʼlim va ilmiy muassasalari yuqori malakali mutaxassislari va oʻqituvchilarini tanlov asosida tanlab olsin va ularning tajriba orttirishini tashkil etsin, keyinchalik ularni Xalqaro Vestminster universiteti ishiga jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umid” jamgʻarmasi bilan birgalikda Xalqaro Vestminster universitetini 2002/2003 oʻquv yili boshlangungacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻlgan zarur oʻquv-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro Vestminster universitetiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Universitet 5 yil muddatga soliqlarning barcha turlaridan va bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va inventarlar keltirishda istisno tariqasida ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro Vestminster universitetining buyurtmanomalariga binoan, taʼlim jarayonida qatnashuvchi xorijiy oʻqituvchilarga kelish vizalarini konsullik yigʻimlari undirmasdan berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro Vestminster universiteti buyurtmanomalariga binoan taʼlim jarayonida qatnashuvchi xorijiy oʻqituvchilar uchun koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlovisiz taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro Vestminster universitetiga oʻqitish va ilmiy ishlar uchun taklif etilgan xorijiy professorlar va oʻqituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun toʻlovni milliy valyutada, Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Xalqaro Vestminster universitetini belgilangan tartibda zarur telefon va telekommunikatsiya aloqasi turlari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 17-modda; 2008-y., 33-son, 319-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)