1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA ChIQINDILAR JOYLAShTIRILGANLIGI UChUN TOʻLOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya toʻlovlari joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq foydalanish uchun tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalariga;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizi — respublika budjetiga
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyatga koʻra, Vazirlar Mahkamasiga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorlarini indeksatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toʻlovlar tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida yigirma kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi 199-son qaroriga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanadi, shuningdek yuridik va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanmaydilar. Bunda daromadlarning boshqa manbalari boʻyicha ushbu korxonalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqova oqizishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha), shuningdek avariyali va zarbli massa kompensatsiya toʻlovlari obyekti hisoblanadi va u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun va koʻchma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga joylashtiriladigan zaharli va zaharli boʻlmagan chiqindilar massasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplanadigan joylarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya toʻlovi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilar saqlanadigan yoki toʻplanadigan joylardan suv obyektlariga yoki joylarning relyefiga oqib chiqqan hollarda ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya toʻlovi suv obyektlariga va joy relyefiga avariyali chiqarib tashlash sifatida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konlar chegarasidan tashqaridagi vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) yuza ochilgandagi (boʻsh) jinslar uyumi qazib oluvchi sanoatning zaharli boʻlmagan chiqindilari hisoblanadi va ular joylanganligi uchun mazkur Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli boʻlgan balansdan tashqari rudalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vaqtincha (olti oygacha) maxsus ajratilgan maydonlarda joylashtiriladigan va soʻngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishuv boʻyicha texnika ekinlari va dov-daraxtlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oldindan konlarning tashqarisiga joylashtirilmaydigan konlar ichida joylashtiriladigan yuzasi ochilgan jinslar uyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va joylashtiriladigan chiqindilarning normativ (limitli) massasi, ular boʻyicha bir yilda hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovlari summasi eng kam oylik ish haqining kamida besh baravari miqdorini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 126-son qaroriga muvofiq “e” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son , 142-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qaroriga muvofiq kichik band bilan toʻldirildi— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 7-son, 400-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha)si uchun kompensatsiya toʻlovlari summasi kompensatsiya toʻlovlarining tasdiqlangan miqdoriga va tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan belgilangan ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativlariga (limitlariga) binoan mazkur Nizomga muvofiq toʻlovchilar tomonidan mustaqil hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslarda (toʻlovchilarda) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlari (limitlari) mavjud boʻlmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom boʻlganda, shuningdek ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizishga va chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar mavjud boʻlmagan taqdirda kompensatsiya toʻlovlari kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga 10 koeffitsiyent qoʻllangan holda ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining butun amaldagi massasi uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqazib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va birlamchi hisobga olishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlovchilar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun har oyda avans kompensatsiya toʻlovlarini hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha toʻlaydilar. Avans kompensatsiya toʻlovlari oldingi yil choragi maʼlumotlari boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) amaldagi oʻrtacha oylik massasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yilning bir choragi uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovi summasi eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kamni tashkil etgan hollarda kompensatsiya toʻlovi hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 25-kunigacha bir chorakda bir marta toʻlanadi, ushbu holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) massasi hisob-kitobi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda bir yilda bir marta tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda yil choragida bir marta toʻlovchi joylashgan joy boʻyicha tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga taqdim etiladi. Tekshirib chiqilgan hisob-kitobning ikkinchi nusxasi toʻlovchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida, penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P=(Mn x R) + (Msn x R x Kkr), Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun soʻmlardagi kompensatsiya toʻlovi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mn — tonna yoki kilometrlarda normalar doirasida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Msn — tonna yoki kilometrlarda normadan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R — 1 tonna ifloslantiruvchi modda tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi (oqizilganligi) va chiqindilar joylashtirilganligi uchun soʻmlarda kompensatsiya toʻlovi miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkr — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Kkr ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilishi va chiqindilar normativlar (limitlar)ga koʻra joylashtirilishi massasi koʻpaytirilishi (kamaytirilishi)ga qarab tabaqalashtirib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi qisqartirish hisobiga ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishga tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan kam boʻlgan hollarda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda Mn — ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi massasi boʻyicha qabul qilinadi, Kkr quyidagi bogʻliqlikda aniqlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan ortiq boʻlgan (qisqartiruvchi) hajmi (baravar)
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti koʻrsatkichlari (Kkr)
1.
1,05 dan 1,059 gacha
2,2
2.
1,06 dan 1,1 gacha
2,5
3.
1,11 dan 1,2 gacha
3,4
4.
1,21 dan 1,3 gacha
4,4
5.
1,31 dan 1,5 gacha
6,0
6.
1,51 dan 2,0 gacha
8,0
7.
2,1 va undan yuqori
10,0
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi amaldagi massasining har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga avariyali chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi hollarida ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib asboblar bilan oʻlchash yoki hisob-kitobli usul yoʻli bilan aniqlanadi. Kompensatsiya toʻlovlari avariya (baravariga chiqarib tashlash, ifloslantiruvchi moddalarni oqizish) paydo boʻlgan paytdan boshlab u bartaraf etilgungacha boʻlgan davr uchun har bir modda boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga oʻn baravar miqdorda toʻlanadi. Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi uchun ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlash (oqizish) va chiqindilarni joylashtirishning birlamchi hisobi boʻyicha ularning turlariga koʻra belgilangan shakldagi davlat statistika hisobotining normativlari (limitlari), rasmiy maʼlumotlar asosida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi maʼlumotlari qoʻllaniladi. Hisobot davridagi ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasi boʻyicha kutilayotgan yil massasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Motor yonilgʻisini yoqishda ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga normativ chiqarishlar uchun kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasi qaroriga 2-ilovaga muvofiq ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning butun massasi uchun kompensatsiya toʻlovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa mazkur Nizomga A-ilovaga muvofiq qabul qilinadi. Agar yuridik shaxsning yoki tabiatni muhofaza qilish organlarining asboblar bilan oʻlchashi asosida belgilangan normativlardan ortiqcha ekanligi aniqlansa, u holda ushbu massa uchun normativdan ortiqcha chiqarganlik sifatida kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchi tomonidan tegishli bank muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi mahalliy organlarining tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, oqovalari hosil boʻlgan joy boʻyicha toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning turli hududlarda joylashgan boʻlinmalari va filiallari yuridik shaxs boʻlmasa va bank hisob raqamlariga ega boʻlishmasa atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini yuridik shaxslar toʻlaydi. Kompensatsiya toʻlovlari korxonalarning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari va filiallari joylashgan hududlarning tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik shaxs kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortgan taqdirda ularni, shuningdek penyani undirish xoʻjalik sudi orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y. 52-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar hisob-kitobning toʻgʻriligi va kompaniya toʻlovining oʻz vaqtida toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻlovchilar tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari qarorlari va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakati yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash toʻlovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomning toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga A-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir tonna motor yoqilgʻisini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar massasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi turlari
Ifloslantiruvchi moddalar massasi, kg
Etillangan avtobenzin
788,3
Etillanmagan avtobenzin
788,0
Avtomobil dizel yonilgʻisi
208,5
Teplovozlar uchun dizel yonilgʻisi
120,5
Siqilgan tabiiy gaz
274,0
Suyultirilgan neft gazi
584,8
Reaktiv yonilgʻi
178,5
Aviatsiya benzini
169,8
Suv transporti uchun yonilgʻi (flot mazuti)
198,4
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga B-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs (toʻlovchi) shtampi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200__ yil __ choragida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasi hisob-kitobi
Kompensatsiya toʻlovi obyektlari nomi
Massasi (t, kg, kub. m)
1 t, kg, kub. m uchun kompensatsiya toʻlovi miqdori (soʻm)
Koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun yoki avariya boʻlganda baravarlik koeffitsiyentlari (birlik)
Kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻm (2 us. x 4 us. x 5us.) + (3 us. x 4 us. x 5 us.)