Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish va respublika fond bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, ikkilamchi bozorda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisiga doir bitishuvlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorlarida hamda uyushgan birjadan tashqari bozorlarida amalga oshiriladi.
Ikkilamchi bozorda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisiga doir fond birjalarining hamda tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar birjadan tashqari savdolari tashkilotchilari savdo tizimlaridan tashqarida tuzilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
3. “Toshkent” respublika fond birjasi istisno tariqasida uch yil muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshab qoladigan mablagʻlar uning savdo va axborot tizimlarini rivojlantirishga va asbob-uskunalar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
4. Quyidagilar:
Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Toshkent” respublika fond birjasi bilan birgalikda potensial investorlarga aksiyadorlik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ularning aksiyalari narxlari va toʻlangan dividendlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha axborot tizimini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-aprel,
196-son
Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” va “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari (tashkilotlari) faoliyatiga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilab beradi, davlatning qimmatli qogʻozlari bozori bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
hisob-kitob-kliring palatalari (tashkilotlari) — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti);
Keyingi tahrirga qarang.
savdolarning tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlarning birja yoki birjadan tashqari savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, hisob-kitob-kliring palatasi bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi — qimmatli qogʻozlar bozorining qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisida hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomani imzolagan professional qatnashchisi;
savdolarning qatnashchilari — hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari yoki oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki oʻz mijozlari uchun qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni tuzish uchun tashkil etilgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;
savdo hisob raqami — Markaziy depozitariyning hisobga olish roʻyxatlaridagi deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlashga va tashkil etilgan savdolarga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishga moʻljallangan yozuvlar jami;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisob raqami — hisob-kitob-kliring palatasining hisobga olish roʻyxatlaridagi mijozning yoki hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosining, shuningdek savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablagʻlarini hisobga olishga moʻljallangan yozuvlarning jami;
toʻlovga qarab yetkazib berish — qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari qatnashchilarining hisob raqamlarida sodir etilgan bitishuvlarni bajarishga moʻljallangan zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari borligi tekshirilgandan va tasdiqlangandan keyin oʻtkaziladi;
vakolatli bank — hisob-kitob-kliring palatasining oʻzi tomonidan xoʻjalik faoliyati yuritilishiga moʻljallangan hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga va (yoki) hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarini hisobga olish va saqlashga moʻljallangan talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatish boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasiga xizmatlar koʻrsatuvchi bank.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Hisob-kitob-kliring palatasi faoliyati Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga va savdoning tashkilotchilari, depozitariylar, savdoning boshqa qatnashchilari va hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Hisob-kitob-kliring palatalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
fond bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtishini taʼminlash;
birja va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qogʻozlar aylanishini jadallashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozorida bitishuvlar tuzishda kechiktirish va toʻlamasliklarning oldini olish;
sodir etiladigan bitishuvlar natijalarini operativ umumlashtirish va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini bozor konyunkturasining joriy holatidan xabardor qilish.
5. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
bitishuv boʻyicha axborot toʻplash, solishtirish, unga tuzatish kiritish boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash hisobga olish;
bitishuv yakunlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tuzish va bajarish uchun yuborish;
pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar boʻyicha majburiyatlar bir vaqtda bajarilishi, yaʼni “toʻlovga qarab yetkazib berish” prinsipiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan tuzilgan va bajarish uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlari oʻtishi ustidan nazorat qilish;
tuzilgan bitishuvlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshirish uchun savdo qatnashchilarining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarini deponentga qabul qilish;
savdo tashkilotchilariga savdo qatnashchilarining deponentga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari toʻgʻrisida axborot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
kafolat fondidan mablagʻlarni shartnoma asosida berish yoʻli bilan hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari tomonidan bitishuvlarning kafolatli bajarilishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Hisob-kitob-kliring palatalarining majburiyatlari va huquqlari
6. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga majburdir:
qimmatli qogʻozlar bilan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
tahliliy hisobga olish roʻyxatlarini yuritish vositasida hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzosi va mijoz majburiyatlarining alohida hisobi yuritilishini taʼminlash;
savdo tashkilotchilari, depozitariylar yoki hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari tomonidan taqdim etilgan topshiriqlar, hisobotlar va (yoki) boshqa hujjatlar asosida “toʻlovga qarab yetkazib berish” prinsipiga muvofiq bitishuv yakunlari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining majburiyatlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring operatsiyalari mavzusi hisoblangan bitishuvlar toʻgʻrisidagi axborot sodir etilgan sanasidan boshlab kamida uch yil saqlanishini taʼminlash;
savdo tashkilotchilarining bitishuvlari yakunlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishga topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlar tuzish hamda Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka berish;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirilgan barcha hisob-kitob-kliring operatsiyalarining solnomaviy elektron protokoli yuritilishini taʼminlash;
savdo qatnashchilarining majburiyatlari boʻyicha operatsiyalarning Markaziy depozitariy va vakolatli bank tomonidan bajarilishi tizimini tashkil etish va nazorat qilish.
7. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga haqlidir:
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, ikkinchi darajali depozitariylar va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo tashkilotchilari va depozitariylardan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi hisob-kitob-kliring palatasi, savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor boʻlgan taqdirda unga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
solishtirish va kliring tizimlarining har xil turlarini oʻz xohishiga koʻra qoʻllash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari
8. Hisob-kitob-kliring palatasining oʻz aʼzolari bilan oʻzaro munosabati hisob-kitob-kliring xizmati toʻgʻrisidagi shartnomaga va Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Hisob-kitob-kliring palatasi Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qoidalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy qoidalar, asosiy tushunchalar taʼrifi va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
depozitariylar va vakolatli banklar tomonidan unga nisbatan kliring amalga oshiriladigan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishi tartibiga qoʻyiladigan talablar;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, ikkinchi darajali depozitariylar va vakolatli bank, shuningdek hisob-kitob-kliring palatasi bilan oʻzaro munosabatlari tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish tartibi va miqdori;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari, savdo tashkilotchilari, depozitariylar va bitishuv boshqa qatnashchilarining vositachilik xizmatlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari savdo hisob raqamlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Markaziy depozitariydan olingan axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash tartibi;
qoldiqlar miqdori va (yoki) pul mablagʻlarini hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining shaxsiy hisob raqamlariga oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli bankdan olingan maʼlumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi;
hisob-kitob-kliring palatasining savdo tashkilotchilaridan hisobotlarni va (yoki) savdo yakunlari boʻyicha boshqa hujjatlarni olishi tartibi va muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlarni olish tartibi va muddatlari;
topshiriqlarni solishtirish, shuningdek bitishuvlarni bajarish uchun zarur miqdorda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari mavjudligini tekshirish tartibi;
qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha axborotni solishtirishda, unga tuzatish kiritishda aniqlangan maʼlumotlarda tafovut boʻlgan yoki bitishuvlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun qimmatli qogʻozlar va (yoki) pul mablagʻlari yetishmasligi hollarida hisob-kitob-kliring palatasi, hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi, savdo tashkilotchisi va Markaziy depozitariyning xatti-harakati tartibi;
sodir etilgan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlarini aniqlash tartibi;
hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka savdolar yakunlari boʻyicha topshiriqlarni berish tartibi va muddatlari, shuningdek ushbu topshiriqlarni bajarish muddatlari;
hisob-kitob-kliring palatasida schyotlarni yuritish tartibi;
bitishuv qatnashchilari tomonidan hisob-kitob-kliring palatasiga hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari boʻyicha hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash tartibi va usullari, shuningdek sodir etilgan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob qilinmagan taqdirda zararlarni taqsimlash va (yoki) qaytarish tartibi;
kafolatli fond mablagʻlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida axborotni olish va qayta ishlashning barcha bosqichlarida maʼlumotlarning ishonchliligi nazorat qilinishini taʼminlash tartibi;
axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilishni taʼminlash tartibi.
10. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Kafolat fondi
11. Hisob-kitob-kliring palatasi va uning aʼzolari bitishuvlarning kafolatli bajarilishini taʼminlash uchun ixtiyoriylik asosida, shartnomalar tuzish yoʻli bilan kafolatli fond qatnashchilarining oʻz mablagʻlaridan shakllantiriladigan kafolatli fond tashkil etishga haqlidir.
12. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablagʻlarini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
13. Kafolat fondi qatnashchisi mablagʻlarning kafolatli fondga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan muddatda tushishini taʼminlashi lozim.
14. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirigʻisiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini taʼminlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablagʻlarni mustaqil ravishda olishi mumkin. Kafolat fondi qatnashchisi uchun ajratiladigan pul mablagʻlari miqdori hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
15. Bitishuvi kafolatli fond mablagʻlari hisobiga bajarilgan kafolatli fond qatnashchisi hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan muddatda mablagʻlarni shartnomada qayd etilgan foydalanilgan summaga foizlar bilan birgalikda zaxira fondiga qaytarishi kerak.
16. Hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi tomonidan kafolat fondidan olingan summalarni qaytarish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, unga nisbatan hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan jazo jarimalari qoʻllaniladi. Kafolat fondidan olingan mablagʻlarni majbur qilib qaytarish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
17. Kafolat fondi qatnashchisiga kafolat fondidan berilgan mablagʻlar qaytarilishi hisobiga undan olingan summa hisob-kitob-kliring palatasi va kafolat fondi qatnashchilari oʻrtasida ularning zaxira hisob raqamlaridan olingan mablagʻlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mablagʻlar zaxira hisob raqamlariga qaytariladi.
18. Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan eng kam summadan koʻproq summani saqlashga haqlidir.
19. Agar kafolat fondi qatnashchisining zaxira hisob raqamidagi summa belgilangan eng kam summadan kam boʻlib qolsa, u talab qilinadigan summaning hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻrsatilgan muddatda zaxira hisob raqamiga tushishini taʼminlash kerak. Aks holda kafolatli fond qatnashchisiga hisob-kitob kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan jazo jarimalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Kliring tashkilotida hisobni yuritish
20. Hisob-kitob kliring palatasi aʼzolarining ularga nisbatan hisob-kitob kliring operatsiyalari amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha majburiyatlari kliring roʻyxatlarida hisobga olinadi.
21. Hisob-kitob kliring palatasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining kliring roʻyxatlarini va boshqa hisobga olinadigan roʻyxatlarni yuritadi, shuningdek kliring hisobining zarur hujjatlari va boshqa axborotini saqlaydi.
22. Quyidagilarning alohida hisobi yuritilishi kerak:
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari tomonidan sodir etilgan bitishuvlarni tasdiqlovchi, savdo tashkilotchisidan olingan hujjatlar (shartnomalar, oʻtkazilgan savdolarning protokollari, sodir etilgan bitishuvlarning reyestrlari, boshqa hujjatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan olingan hujjatlar (shartnomalar, topshiriqlar, boshqa hujjatlar);
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qogʻozlar yetkazib berilishi boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
vakolatli bankdan olingan pul mablagʻlari oʻtkazilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni bajarish uchun Markaziy depozitariyga yoki vakolatli bankka hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan yuborilgan topshiriqlar;
hisob-kitob-kliring palatasi hisobotlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar.
23. Hisob-kitob-kliring palatasi hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzosi, ularning mijozlari va bitishuv qatnashchilarining majburiyatlari kliring roʻyxatlarida alohida hisobga olinishini taʼminlashi kerak.
24. Hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzo boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni va ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni alohida hisobga olishi kerak.
25. Kliring hisobi hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq hisob-kitob-kliring palatasida saqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish
26. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi nazorat qiladi.
27. Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha ichki nazorat tartibi Hisob-kitob-kliring palatasi qoidalarida belgilanadi.
28. Mazkur Nizom talablari bajarilmaganligi, toʻliq bajarilmaganligi va (yoki) oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda hisob-kitob-kliring palatasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning yagona bazasiga talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarni kodlashtirish:
depozitariy tizimida Deponentlarning yagona bazasini shakllantirishni;
deponentlarni hisobga olishni tizimlashtirishni;
depozitariylarning elektron hujjatlar aylanishi tizimini Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa qatnashchilari bilan birxillashtirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markaziy depozitariy deponentlarni kodlashtirishni amalga oshiradi va ularning yagona bazasi shakllantirilishini taʼminlaydi.
4. Deponent kodi noyob kod hisoblanadi, u deponentning anketa maʼlumotlari asosida “Depo” hisob raqamini ochishda bir marta beriladi va oʻzgartirilmaydi.
Deponent anketasini toʻldirish tartibi va undagi maʼlumotlar roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
5. Deponent kodi:
“Depo” hisob raqami kodida;
“Depo”ning qogʻoz va elektron topshiriqnomalarida;
depozitariylar tomonidan deponentlarga taqdim etiladigan hisobotlarda;
depozitariylar tomonidan shakllantiriladigan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlarida;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda albatta koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yagona baza tizimida mavjud deponentlarni kodlashtirish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Deponentni yagona baza tizimida roʻyxatdan oʻtkazish
7. “Depo” hisob raqamini ochishda depozitariy Markaziy depozitariy uchun deponentni deponent anketasi maʼlumotlari asosida yagona baza tizimida roʻyxatga olishga elektron topshiriqnomani shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Markaziy depozitariy topshiriqnoma asosida yagona baza tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazadi va unga kod beradi.
Deponent kodining tarkibi va uni shakllantirish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy depozitariy bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Deponentlarning yagona bazasi tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin Markaziy depozitariy deponentning koʻrsatilgan rekvizitlar bilan yagona baza tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaganligini tekshiradi.
10. Markaziy depozitariy yagona baza tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazishga depozitariy topshiriqnomasining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan shakl boʻyicha shakllantiradi. Deponent roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtkazilgan taqdirda hisobotda yagona baza tizimida unga berilgan deponent kodi koʻrsatiladi. Aks holda Markaziy depozitariy hisobotda topshiriqnomaning bajarilmaganligi sababini koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Depozitariy deponentni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobot olingandan keyin kodni deponent anketasiga va depozitariyda foydalaniladigan “Depo” hisob raqami kartochkasiga kiritishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Deponent kodi deponent tomonidan oʻzining “Depo” hisob raqamlari yopilgandan keyin boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
III. Deponent rekvizitlarini oʻzgartirish va kodini yopish
13. Deponent rekvizitlari oʻzgarganda depozitariy deponentning yangi anketasi maʼlumotlari asosida deponent rekvizitlarini oʻzgartirishga elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va ularni Markaziy depozitariyga joʻnatadi.
Jismoniy shaxslar uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami va seriyasi oʻzgargan taqdirda depozitariyga tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi zarur.
Yuridik shaxslar uchun — soliq toʻlovchining nomi, identifikatsiya tartib raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazilish tartib raqami va sanasi oʻzgargan taqdirda depozitariyga tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Deponentlarning rekvizitlariga va depozitariy operatsiyalari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
15. Jismoniy shaxsning deponent kodi deponentlarning yagona bazasida mazkur shaxsning vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yopiladi.
16. Yuridik shaxsning deponent kodi yuridik shaxsning tugatilganligi va uning soliq organlarida hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat asosida yopiladi.
17. Markaziy depozitariy yagona baza tizimida deponent kodini yopishga depozitariyning elektron topshiriqnomasi asosida deponent kodini “noaktiv” holatga oʻtkazadi. Deponentning mazkur kodi boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Deponentlarning yopilgan kodlari deponentlarning yagona bazasi arxivida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Depozitariyning javobgarligi
18. Depozitariy oʻz deponentlarining yagona baza tizimida toʻliq va oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda depozitariy operatsiyalarini oʻtkazishda deponentlar kodlaridan zarur darajada foydalanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Markaziy depozitariy deponentlarning yagona bazasida maʼlumotlarning shakllantirilishi va ularning toʻliqligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda, 24-son, 241-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)