Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISh BILAN TAʼMINLAShGA KOʻMAKLAShUVChI DAVLAT JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini undirish, hisobga olish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga mablagʻlarning toʻliq tushishi ustidan qatʼiy va hamma joyda nazorat oʻrnatsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga boshqa davlatlar tashkilotlari va fuqarolaridan tushadigan mablagʻlarni oʻtkazish uchun xorijiy valyutada hisob raqami ochishga ruxsat etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi koʻrsatib oʻtilgan valyuta mablagʻlaridan aholini ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq maqsadlarda foydalansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-aprel,
173-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Dasturni ishlab chiqishning umumiy masalalari” boʻlimida:
birinchi va beshinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “organlari” va “viloyat mehnat boshqarmalariga” soʻzlari tegishli ravishda “boʻlimlari” va “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Viloyat mehnat boshqarmalari”, “Mehnat vazirligiga” soʻzlari tegishli ravishda “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish oʻrinlari barpo etish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar” boʻlimining 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “viloyat mehnat organlari” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. “Dasturni amalga oshirish” boʻlimida:
birinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 8-iyundagi 277-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-maydagi 197-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 59-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2006-y., 30-son, 294-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2016-y., 16-son, 160-modda)