Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 31-yanvardagi PF-3204-son Farmoni 4-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-aprel,
169-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida:
18-banddagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “sanatsiya boʻyicha” soʻzlari “korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “1998-1999-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish yakunlari va qishloq xoʻjaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 25-dekabrdagi 543-son qarorida:
3-bandning birinchi va beshinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi “qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov” soʻzlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 58-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)