25.12.1999 yildagi 543-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-1999-YILLARDA QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI SANATSIYA QILISH YAKUNLARI VA QISHLOQ XOʻJALIGIDA ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISHNING QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1998-1999-yillar davomida qishloq xoʻjaligi korxonalarida oʻtkazilgan sanatsiya jarayoni ijobiy natijalar berdi, bu tadbir xoʻjaliklarning iqtisodiy barqarorligini tiklashda oʻzining samarali vosita ekanligini koʻrsatdi. 1998-yilda sanatsiyaga kiritilgan 104 xoʻjalikning 96 tasi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarini joriy qilish, hisob-kitob ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, debitorlik qarzlarini undirish, asosiy vositalardan samarali foydalanish, yuqori malakali kadrlar tanlash, xodimlar sonini meʼyorga keltirish kabi sanatsiya yoʻnalishlari boʻyicha olib borilgan tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar natijasida ular iqtisodiy nochor korxonalar safidan chiqib olishga erishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha belgilangan tadbirlar qoniqarsiz tashkil qilinganligi va tashqi boshqaruvchilar ishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida 8 ta xoʻjalik kutilgan natijaga erishmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirishni davom ettirish, qishloq xoʻjaligi korxonalari sanatsiyasiga doir ijobiy natijalarni keng ommalashtirish, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va ular uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda sanatsiyaga tortilgan va iqtisodiy nochor xoʻjaliklar qatoridan chiqib olgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini mulkiy paylarni joriy qilish asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha olmagan qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer va dehqon xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali zarar bilan ishlayotgan xoʻjaliklarni 2000-yildan boshlab qoʻshimcha sanatsiyaga tortish toʻgʻrisidagi taklifiga 3-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tegishli vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining mulkchilik shaklini hamda tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish yuzasidan tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda 3-ilovada koʻrsatilgan sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tashqi boshqaruvchilarini belgilangan tartibda bir oy muddatda tayinlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga sanatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga taqdim etish boʻyicha javobgarlik yuklansin, rejada:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonlarini, tuzilgan shartnomalarni, tovar-moddiy boyliklar qoldiqlarini, mol-mulkni, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni xatlovdan oʻtkazish, ortiqcha asosiy fondlar va moddiy boyliklarni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarini undirish tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya davrida moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi (biznes-reja)ni tuzish va uning bajarilishini taʼminlash nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar mahalliy mehnat organlari bilan birgalikda, mahsulot birligini yetishtirish yuzasidan xarajatlar meʼyorlaridan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi xodimlarining cheklangan sonini aniqlasinlar hamda ikki oy muddatda meʼyordan ortiqcha xodimlarni boʻshatsinlar.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlovchilar sonini meʼyoriy darajagacha qisqartirishdan keyin boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish dasturini ishlab chiqsinlar, ushbu maqsadlar uchun korxonalar va aholi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va “Biznes-fond” mablagʻlarini jalb etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya jarayonini amalga oshirish uchun maxsus hisob raqamlar ochish, sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari tashkilotlar bilan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni faqat maxsus hisobraqamidan, toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha, mahsulot yetishtirish yuzasidan meʼyoriy xarajatlar doirasida amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarini undirishda sanatsiyadagi qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 3-ilovada koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra toʻlov manbalari bilan taʼminlanmagan kreditorlik qarzlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli vazirliklar va idoralarga beriladigan imtiyozli kreditiga qayta rasmiylashtirilsin, ushbu kredit sanatsiya qilinadigan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2005-yildan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda qaytarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlik qarzlarini qayta rasmiylashtirish “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzbek ipagi” uyushmalari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyalari, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyalari, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi korxonalari va tashkilotlarining budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar boʻyicha qarzlari sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining koʻrsatib oʻtilgan idoralardan 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kreditorlik qarzi miqdoridagi qayta rasmiylashtirilgan kredit summasiga hisobdan chiqarilgan holda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Paxta-bank”ga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarori bilan tasdiqlangan tijorat banklari oldidagi hukumat qarorlari bilan toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlar tarkibini uzaytirish dasturi koʻrsatkichlarini tegishli ravishda aniqlashtirgan holda, sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining bank kreditlari boʻyicha qarzlarining toʻlov muddatlarini 4-ilovaga* muvofiq uzaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat “Paxta-banki” toʻlov muddati uzaytirilgan bank kreditlarining 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlardan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda qaytarilishini koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 3-ilovaga muvofiq sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra budjetga muddatida toʻlanmagan toʻlovlar 2002-yilgacha kechiktirilsin, bu toʻlovlar boʻyicha hisoblangan penyalar va jarimalar boʻyicha qarzlar hisobdan chiqarilsin. Ushbu korxonalar tomonidan muddatida toʻlanmaganlik jarimasi 2002-yilda toʻlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasidan penya qoʻshilmagan holdagi qarzlarni toʻlash 2003-yilgacha kechiktirilib, keyinchalik ular 2003-yildan boshlab uch yil mobaynida teng ulushlarda toʻlansin. Ushbu qarzlar boʻyicha hisoblangan penyalar hisobdan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish boʻyicha hududiy komissiyalar tijorat banklari bilan birgalikda sanatsiya qilinadigan korxonalar qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditiga qayta rasmiylashtirish operatsiyalari oʻtkazilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi va Yoʻl jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha qarzlarning qaytarilishi va ularning muddati kechiktirilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari oldida 2000-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarni 2000-yil 1-aprelgacha toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklar hududidan oʻtuvchi xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tizimlari ahvolini bir oy muddatda tekshirib chiqsin hamda 2000 - 2001-yillarga ajratilgan mablagʻlar hajmi doirasida ularni tozalashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2000-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklar aholisi foydalangan elektr energiyasi, gaz va ichimlik suv uchun toʻlovlarning ikki oy muddatda toʻlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 2000-yil 1-martgacha sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1999-yilgi paxta xom ashyosini qayta ishlashni tugallasin hamda xoʻjaliklar bilan paxta xom ashyosi uchun toʻliq hisob-kitob qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalarining, ijaraga berilgan bogʻlar, uzumzorlar, issiqxonalar va boshqa obyektlarning ahvolini oʻrganib chiqsinlar hamda sanatsiya qilinayotgan xoʻjaliklarning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazilgan hollarda shartnomalarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-yanvargacha manfaatdor vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlaridan ishchi guruhlar tuzsin va tashkiliy-tushuntirish ishlari olib borish uchun ularni sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilning birinchi choragidan boshlab har chorakda sanatsiya qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlarining bajarilishini tahlil qilsin va hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilishning borishini yoritishga doir maxsus koʻrsatuvlar, eshittirishlar va ruknlar tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-apreldagi 169-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 58-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543-son