Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq va foydali qazilmalar konlarini oʻzlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-avgust,
228-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 420-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son)