Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2022 13.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2045-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 13.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2045-2
Кучга кириш санаси
18.08.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2045-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 29-noyabrdagi 09/YuB-36-sonli ““Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2045-5, 09.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 5-avgustdagi 104-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “shuʼba korxonasi-ilmiy texnik markazida” degan soʻzlar “ilmiy-texnik markazi unitar korxonasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 11-banddagi “1-ilovasida” degan soʻz “1a-ilovasida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 1a-ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 4-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi v.b. I. TURAMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya sohalari
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

(kodlar)

Attestatsiya sohalari nomlari

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

1.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

1.1.1.

Shaxta

1.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (erosti va erusti) obyektlari

1.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlar

1.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

1.1.5.

Shlamtoʻplovchi gidrotexnik inshootlari, chiqindilarni saqlovchi, texnik suv havzalari obyektlari

1.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalari

1.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari (qurilmalari)

1.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish obyektlari

1.1.9.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

1.1.10.

Maxsus erosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari

1.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

1.2.1.

Neft va gazga qazilgan parametrik, qidiruv, izlov, struktur va ekspluatatsion quduqlar hamda maxsus qazilgan quduqlar

1.2.2.

Yerosti gaz omborlari

1.2.3.

Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlatish va qurish; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari

1.2.4.

Neftni, gazni va gaz kondensatini konlarda va konlar orasida tashish quvuroʻtkazgichlari

1.2.5.

Magistral quvurlar

1.2.6.

Kompressor va nasos stansiyalari; gaz taqsimlash stansiyalari

1.2.7.

Qatlamdagi bosimni barqaror saqlab turish obyektlari

1.2.8.

Neft mahsulotlarini, neftni va gaz kondensatini saqlash va vaqtincha saqlash obyektlari

1.2.9.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari

1.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari:

1.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari

1.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish va obyektlari

1.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlari

1.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlari

1.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish obyektlari

1.3.6.

Kriogen texnologiyalar obyektlari

1.3.7.

Ammiakli sovutish qurilmalari

1.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari

1.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlari

1.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlari

1.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlari

1.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari

1.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlari

1.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlari

1.4.

Bosimi 0,07 MPa yoki suvning isitish harorati 115º S dan yuqori boʻlgan jihozdan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.4.1.

Bugʻ va suv isitish qozonlari (ishchi muhit turidan qatʼi nazar)

1.4.2.

Bosim ostida ishlovchi idishlar

1.4.3.

Bugʻ va issiq suv quvuroʻtkazgichlar

1.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari va mexanizmlari

1.5.2.

Ekskalatorlar

1.5.3.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

1.5.4.

Funikulyorlar

1.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari:

1.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlari

1.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalari

1.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari

1.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm² gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlarining gaz tarmoqlari

1.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlarining gaz tarmoqlari

1.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari:

1.7.1.

Qora metallar quyish sanoati, poʻlat ishlab chiqarish obyektlari

1.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlari

1.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari:

1.8.1.

Qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi-tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati korxonalari

1.8.2.

Un, yorma ishlab chiqarish obyektlari

1.8.3.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlari

1.8.4.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlari

1.8.5.

Un, yorma, non va makaron ishlab chiqarish korxonalari uchun qopli idishlarni tozalash va saralash obyektlari

1.8.6.

Joʻxorini kalibrlovchi obyektlar

1.8.7.

Urugʻlik donlarni qayta ishlovchi obyektlar

1.8.8.

Tamaki mahsulotlarini tayyorlash obyektlari

1.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

1.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

2.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.1.1.

Shaxtada qoʻllaniladigan qurilmalar

2.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (erosti va erusti) obyektlarining qurilmalari

2.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlarning qurilmalari

2.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

2.1.5.

Shlamtoʻplovchi gidrotexnik inshootlari, chiqindilarni saqlovchi va texnik suv havzalari ob�ektlarining qurilmalari

2.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalarining qurilmalari

2.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari qurilmalari

2.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish qurilmalari

2.1.9.

Foydali qazilma boyliklari qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.1.10.

Maxsus erosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.2.

Neft va gaz sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.2.1.

Quduqlarni burgʻulashda, taʼmirlashda va ishga tushirishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.2.

Neft va gaz quduqlarini ishlatishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.3.

Qatlamdagi bosimni va qatlamga hamda quduqqa taʼsir qiluvchi omillarni saqlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.4.

Neft va gazni yetkazib beruvchi stansiyalarda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.5.

Magistral quvurlar tizimini qurishda, ishlatishda va taʼmirlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.6.

Gaz va neft mahsulotlari quvurlari; kon va konlararo quvurlar

2.2.7.

Kompozit va poʻlat quvurlar qismlari va quvurlari, shu jumladan tiqin (zapor), meʼyorlovchi va himoyalovchi armaturalar qismlari

2.2.8.

Neft, kondensat va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar va ularning qurilmalari

2.2.9.

Kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari qurilmalari

2.2.10.

Neft va gazni �igʻish va tayyorlash qurilmalari

2.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar:

2.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.6.

Kriogen texnologiyasi qurilmalari

2.3.7.

Ammiakli sovutish qurilmalari

2.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlarining qurilmalari

2.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlarining qurilmalari

2.4.

Bosimi 0,07MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning harorati 115º S dan yuqori boʻlgan �aroitda ishlaydigan texnik qurilmalar:

2.4.1.

Suv isitish va bugʻ qozonlari hamda ularning qurilmalari

2.4.2.

Bosim 0,07MPa dan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar

2.4.3.

Bosim 0,07MPa dan va suvning harorati 115ºSdan yuqori boʻlgan bugʻ va issiq suv quvurlari

2.4.4.

Avtonom bugʻqizdirgichlar

2.4.5.

Avtonom ekonomayzerlar

2.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlar:

2.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari

2.5.2.

Kran-manipulyatorlar

2.5.3.

Quvuryotqizgich kranlar

2.5.4.

Koʻtargichlar (vishkalar)

2.5.5.

Qurilish koʻtargichlari

2.5.6.

Liftlar

2.5.7.

Nogironlarni koʻtarishga moʻljallangan platformalar

2.5.8.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

2.5.9.

Funikulyorlar

2.5.10.

Ekskalatorlar

2.5.11.

Yuk koʻtarish mexanizmlari va idishlar (metallurgiyadan tashqari)

2.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlarining texnik qurilmalari:

2.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlarining qurilmalari

2.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalarining qurilmalari

2.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining qurilmalari

2.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm² gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlari

2.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlari

2.7.

Metallurgiya sanoati texnik qurilmalari

2.7.1.

Qora metallar quyish, poʻlat ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlarining qurilmalari

2.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlarining texnik qurilmalari:

2.8.1.

Elevator ombori qurilmalari

2.8.2.

Un ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari

2.8.3.

Yorma ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.4.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.5.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlarining qurilmalari

2.8.6.

Oʻsimlik xomashyosini qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati korxonalari qurilmalari

2.8.7.

Joʻxorini kalibrlovchi ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.8.

Urugʻlik donlarni qayta ishlaydigan obyektlarining qurilmalari

2.8.9.

Tamaki tayyorlash liniyalari obyektlarining qurilmalari

2.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi texnik qurilmalar (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

2.10.

Sanoatga moʻljallangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlashda qoʻllaniladigan texnik qurilmalar

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

3.1.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatlarida:

3.1.1.

Yerusti kompleks bino va inshootlar

3.1.2.

Yerosti inshootlari

3.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.

Neft va gaz sanoati obyektlarida:

3.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

3.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.3.

Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.3.

Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning isish harorati 115º S dan yuqori boʻlgan qurilmalar joylashgan bino va inshootlar

3.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.1.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)

3.6.2.

Avtomobillarga gaz (suyultirilgan uglevodorod gaz) toʻldirish shoxobchalarining bino va inshootlari

3.7.

Metallurgiya sanoati obyektlaridagi bino va inshootlar

3.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan) bino va inshootlar

3.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

4.

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

4.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

4.1.1.

Yerusti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.2.

Yerosti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

4.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

4.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

4.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlari

4.2.3.

Magistral quvurlar obyektlari

4.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlari

4.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari

4.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori yoki suvning harorati 115ºS dan yuqori boʻlgan qurilmalardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari

4.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari

4.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari

4.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlashbilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

4.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan tegishli attestatsiya sohasi boʻyicha ekspert guvohnomasiga ega boʻlgan ekspert ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilishida va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“SANOATGEOKONTEXNAZORAT”
‎ davlat inspeksiyasi

‎“KONTEXNAZORAT-OʼQUV”
‎ ilmiy-texnik markazi unitar korxonasi

SERTIFIKAT

_______-son‎

‎‎20__ yil “___” ____________‎

‎‎_______________________________
‎_______________________________

‎‎______________________________
‎______________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(F.I.O.)

“KONTEXNAZORAT OʼQUV”
‎ ilmiy-texnik markazi unitar korxonasida
‎20___-yil “___” ______________dan
‎ 20___-yil “___” ______________gacha
‎ ___________________________________ ___________________________________
‎(attestatsiya sohasi kodi va/yoki nomi)
boʻyicha sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tamomladi.‎

v period s “___” _____________ 20___ g. po “___” _____________ 20___ g.
‎okonchil(a) kurs obu�eniya po podgotovke ekspertov v oblasti promishlennoy bezopasnosti v unitarnom predpriyatii nauchno-texnicheskom tsentre
‎“KONTEXNAZORAT OʼQUV”
‎‎___________________________________
‎___________________________________
‎(kod i/ili naimenovaniye oblasti attestatsii)


‎Director‎


‎________________‎

‎‎‎________________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎


‎‎‎‎‎Toshkent sh. — 20__ u.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga

‎‎_____________________________________
‎___________________________________dan

‎(otasining ismi)


‎Attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berish toʻgʻrisida
‎ARIZA

Menga sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasini olish uchun quyidagi attestatsiya sohasi boʻyicha attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Attestatsiya sohasi Attestatsiya sohasi kodlari
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan �tkazish xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish
‎‎‎
‎Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:‎
‎‎_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎20__ yil “____” _______________

‎‎_______________

‎‎imzo”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT
‎INSPEKSIYASI

‎‎


‎SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI

‎ SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERT GUVOHNOMASI

‎‎20___ yil “___” ________ da sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar reyestrida ____-son bilan hisobga olingan.

Fotosurat ‎ oʻrni ‎ ‎‎‏‏

‎‎‎‎___________________

(familiyasi) ‎‎

‎‎‎‎___________________‎‎

M.Oʻ.‎ ‎

‎(ismi) ‎‎

‎‎‎‎‎‎___________________

‎‎(otasining ismi)

‎‎Attestatsiya komissiyasining 20___ yil “___” _________dagi
‎_____-sonli bayonnomasiga muvofiq, sanoat xavfsizligi
‎sohasidagi ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtkazildi.
‎ Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati
‎20___ yil “___”_________gacha

Attestatsiya sohasi‎‎‏

Attestatsiya sohasi kodlari‎‎

xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish‎‎ xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish‎‎ xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish‎‎ sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

‎‎Izoh: mazkur Guvohnomaga ega boʻlgan ekspert unda koʻrsatilgan attestatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilishida va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin.

‎‎“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi

__________‎‎

_________________‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.”‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 425-modda)