11.08.2014 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash shart-sharoitlarini va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015 — 2017-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash Dasturi tasdiqlansin, Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015 — 2017-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashning (to‘liq jihozlashning) asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmati ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin va takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi (ixtisosligidagi) kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil mobaynida takomillashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlarini joriy etgan holda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish, ta’mirlash va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va nashr etishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini belgilangan tartibda o‘tashlarini tashkil etsin, o‘quvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, sifatli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda natijalarga erishishlari yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Dasturni mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar mablag‘lari, respublika yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan Dasturni amalga oshirish doirasida asosiy kasb-hunar kollejlarini jihozlash uchun xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 3-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bazaviy kasb-hunar kollejlariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish maqsadida o‘quv-yordamchi xo‘jaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sug‘oriladigan yer uchastkasi ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 va 3-ilovalar rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy kasb-hunar kollejlari qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va ularga servis xizmatlari ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarining saqlanishi va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar, ularning o‘quv jarayonidan tashqari foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini nazarda tutsinlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) dasturlarini ishlab chiqishda ularning manzilli qismiga asosiy kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan jihozlash bo‘yicha loyihalarni kiritsinlar;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan har yilgi manzilli dasturlarga muvofiq bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini Boshqarish kengashiga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari bo‘yicha Dastur parametrlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 222-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va unga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun mas’ul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi

Mas’ul bajaruvchilar

I. Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Kelgusi yil uchun bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash (to‘liq jihozlash) manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili
1-sentabrgacha

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish kengashining qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

2.

Bazaviy kasb-hunar kollejlariga o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish maqsadida o‘quv-yordamchi xo‘jaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sug‘oriladigan yer uchastkasi ajratish.

2014-yil,
sentyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

3.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2014-yil, oktyabr

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralarning qo‘shma qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarini butlovchi qismlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlagan holda ulardan maqsadli va samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Moliya vazirligi

5.

Bazaviy qishloq xo‘jaligi kollejlarini o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan

jihozlash uchun xayriya ehsonlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablag‘larini jalb etishni nazarda tutadigan loyiha takliflarni tayyorlash.

2015 — 2017-yillar

Dasturni amalga oshirish uchun homiylar mablag‘lari, xalqaro

moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablag‘larini jalb etish bo‘yicha tadbirlar rejasi

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar

II. Ta’lim standartlari hamda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik
qo‘llanmalar bilan ta’minlash

6.

Qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmati ko‘�satishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun maxsus fanlar bo‘yicha amaldagi ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

2014-yil,

noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Takomillashtirilgan o‘quv rejalari va dasturlarining joriy etilishini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, ta’mirlash va ularga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va nashr etish.

Har yili,

25-dekabrga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtirish kengashining qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zagroservis” AJ

8.

Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlarining maxsus fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining qishloq xo‘jaligi texnikasi va zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan o‘quv jarayonida foydalanish yuzasidan malakasini oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

Jadvalga asosan

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi buyrug‘i

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Pedagog kadrlari malakasini oshirish instituti,

“Iste’dod” jamg‘armasi

9.

Ommaviy axborot vositalarida va Internet portallari saytlarida, ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida Dasturning amalga oshirilishi keng yoritib borilishini ta’minlash.

Har chorakda, jadvalga asosan

Dasturning amalga oshirilishini yoritish bo‘yicha axborot ishlari rejasi

Davlat aloqa qo‘mitasi, O‘zA, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 33-son, 416-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)