OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2457-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 27-martdagi 9, 24, 12, 2013-22 va 01-02/19-28-son qarori (roʻyxat raqami 2457, 2013-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyul,
21-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyul,
76-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyul,
13-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyul,
2014-30-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-iyul,
01-02/19-11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, taʼsischi chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)dagi oʻz ulushini tovarlar bilan shakllantirishda, bojxona organlariga chet elda tashkilot tashkil etish toʻgʻrisida qaror taqdim etgan holda, tovarlarni chet eldagi tashkilot ustav fondi (kapitali)dagi oʻz ulushini shakllantirish hisobiga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga rasmiylashtiradi (tovarlarni olib oʻtishning xususiyatlari “tovarlarni investitsiya sifatida olib chiqish” sifatida koʻrsatiladi).”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi vakolatli organdan taʼsischilar roʻyxatini olgan kundan eʼtiboran uch ish kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga roʻyxatda koʻrsatilgan taʼsischilarning budjet oldida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (zarur boʻlganda – elektron shaklda) taqdim etadi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Chet eldagi tashkilotning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, u qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda, shuningdek chet eldagi tashkilotning taʼsischilari, shu jumladan xorijiy taʼsischilari oʻzgarganda taʼsischi bir oy ichida vakolatli organni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan tegishli hujjatlarni yuborgan holda xabardor etadi.”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 30-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 413-modda)