Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2607]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 12-fevraldagi 45-sonli ““Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2607-1, 23.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-sonli “Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida chorva mollarini boʻrdoqiga boqish ishlarini tartibga solish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. TEShAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 25-iyuldagi 7-sonli buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-sonli “Qorakoʻlchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida boʻrdoqiga boqish qorakoʻl qoʻylar bosh sonlari koʻpayishini taʼminlagan holda sifatli goʻsht, qorakoʻl teri va qorakoʻlcha yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Goʻsht, qorakoʻl teri va qorakoʻlcha yetishtirish uchun boʻrdoqiga boqishga nasl olish uchun yaroqsiz ona mollar va qari nasldor qoʻchqorlar, nasl olishga moʻljallanmagan 1 yoshdan oshgan katta yoshli erkak va oʻstirishdagi yosh erkak qoʻzilar (echkilar) hamda yaroqsizga chiqarilgan turli yosh-jins guruhlariga mansub boshqa mollar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nasldor qoʻchqorlar va nasl olishga yaroqli ona mollar qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining asosiy podadagi hayvonlari boʻlib, ular buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ning (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) 4-bandiga asosan, qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining asosiy vositalari sifatida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asosiy poda tarkibidagi nasldor qoʻchqorlar va nasl olishga yaroqli ona mollar hamda asosiy poda tarkibida boʻlmagan, biroq muayyan yoshga yetganda asosiy poda tarkibiga oʻtkazilib, nasl sifatini yaxshilash va nasl olishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻstirishdagi nasldor qoʻchqorcha va yosh urgʻochi mollarni boʻrdoqiga boqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Asosiy poda tarkibidagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1401, 2004-yil 29-avgust) 8-bandiga muvofiq, chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisining buyrugʻi bilan Chorva mollarini asosiy vositalar tarkibidan chiqarish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya tarkibiga qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisi yoki uning oʻrinbosari, tegishli mutaxassislar (chorvashunos, veterinar va h. k.), bosh hisobchi (hisobchi), chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar hamda qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi boshqaruvining tarkibidan kelib chiqqan holda boshqa aʼzolar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi maʼlumotlari va boshqa zarur hujjatlardan foydalanib, asosiy poda tarkibidan chiqariladigan chorva mollarini bevosita koʻrikdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy poda tarkibidan chiqariladigan chorva mollarini bundan keyin asosiy poda tarkibida saqlab turish mumkin emasligi yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish sabablarini (toʻliq yaroqsizligini hisoblab yozish, yoshiga koʻra qarish, davolab boʻlmaydigan kasallik yoki davolaganda ham nasl berish qobiliyati va naslining sifati talabga javob bermasligi oqibatida foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, jarohatli shikastlanishlar, nuqsonlar, fiziologik qarish) aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hollarda asosiy poda tarkibidagi chorva mollarini nasl olish uchun foydalanish muddatidan oldin yaroqsizga chiqishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlaydi, ushbu shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish yoki ulardan yetkazilgan zararni undirib olish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy poda tarkibidan chiqarilayotgan chorva mollaridan kelgusida foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish boʻyicha qarori mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomada asosiy poda tarkibidan chiqarilayotgan chorva mollari tegishli oila (jamoa) pudratlari boʻyicha guruhlanib, har birining inventar raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi bosh hisobchiga (hisobchiga), ikkinchi nusxasi chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxsga, uchinchi nusxasi maʼlumot uchun hududiy qorakoʻl birlashmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy qorakoʻl birlashmasi tarkibidagi biror-bir qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligida bir yilda bir necha marotaba chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish holatlari qayd etilsa yoki asosiy poda tarkibidagi chorva mollari ulushining kamayishi natijasida mahsulot yetishtirish hajmi keskin kamayib ketishi mumkinligi aniqlansa, birlashma raisi mazkur holat sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asosiy poda tarkibida boʻlmagan va nasl olishga moʻljallanmagan erkak mollar qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisining farmoyishiga asosan toʻgʻridan toʻgʻri boʻrdoqiga boqishga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nasl olishga moʻljallanmagan erkak mollarni ular 1 yoshdan oshgandan keyingina boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muayyan yoshga yetganda asosiy poda tarkibiga oʻtkazilib, nasl sifatini yaxshilash va nasl olishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻstirishdagi nasldor qoʻchqorcha va yosh urgʻochi mollarni asosiy poda tarkibiga koʻchirmasdan boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 5-6-bandlarida belgilangan tartibda Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasining chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish boʻyicha qarori mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Chorva mollarini boʻrdoqiga boqishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chorva mollarini boʻrdoqiga boqish qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining oʻzida yoki shartnoma asosida boquv turiga mos muddatda semirtirib berish uchun markazlashgan holda boʻrdoqiga boqish tashkil etilgan boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markazlashgan holda boʻrdoqiga boqish tashkil etilgan boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida semirtirib berish uchun topshirilgan chorva mollari qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining balansidan chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chorva mollarini qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining oʻzida boʻrdoqiga boqish ularni boʻrdoqiga boqish davri boshlangan sana boʻyicha guruhlarga ajratgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Chorva mollarini boʻrdoqiga boqishni tashkil etishda yetishtiriladigan mahsulot tannarxi va boqish davomiyligini imkon qadar kamaytirish maqsadida boʻrdoqiga boqishning yaylov-molxona usulini qoʻllash tavsiya etiladi. Bunda chorva mollari boʻrdoqiga boqishning boshlangʻich davrida yaylovlarda, kuchli ozuqalar bilan qoʻshimcha ravishda oziqlantirilgan holda yayratib boqiladi, boʻrdoqiga boqishning soʻnggi davrida esa, molxonada boqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiy samaradorlik pasayib ketishining oldini olish maqsadida goʻsht va qorakoʻlcha olish uchun boʻrdoqiga boqiladigan qari ona mollarni boʻrdoqiga boqish muddati 150 kundan oshmasligini taʼminlagan holda oziqlantirish ratsioni joriy etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Goʻsht uchun boʻrdoqiga boqiladigan turli yosh-jins guruhlariga mansub chorva mollarini boʻrdoqiga boqish davri qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligida mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda 75 kungacha belgilanishi maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Turli sabablarga koʻra yaroqsizga chiqarilgan nasldor qoʻchqor, qoʻchqorcha va barcha yaroqsiz yosh urgʻochi mollarni boʻrdoqiga boqish ularning sogʻligʻi boʻrdoqiga boqishdan ijobiy natijalarga erishishga imkon berishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boʻrdoqiga boqish yakuniga koʻra, chorva mollarining kamida 90 foizi yuqori semizlik darajasiga yetganda, boʻrdoqiga boqish ishlaridan kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollari qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining balansida boquvdagi hayvonlar sifatida hisobga olinadi. Boquvdagi hayvonlarning buxgalteriya hisobini yuritish buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Boʻrdoqiga boqish ishlarining borishini qayd etish hamda yakuniy tahliliy hisob uchun boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining kelib tushishi, mavjudligi va chiqib ketishini hisobga olish boʻyicha Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftari yuritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftari kirim va chiqim qismlaridan iborat boʻlib, chorva mollarini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxs (ferma mudiri, pudratchi va hokazo) tomonidan hayvonlarning yosh-jins guruhlari boʻyicha bir nusxada yuritiladi. Boqilayotgan chorva mollarining harakatidagi oʻzgarishlar mazkur daftarga boshlangʻich hujjatlar asosida, oʻzgarish yuz bergan sana, chorva mollarining bosh soni va ularning tirik vazni koʻrsatilgan holda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Boʻrdoqiga boqilayotgan chorva mollarining harakatini hisobga olish daftaridagi maʼlumotlarga asosan, har oyning oxirida boʻrdoqiga boqilayotgan hayvonlar harakati va ozuqa sarfi hisoblab chiqariladi. Ozuqa sarfi chorva mollarining har bir guruhida boqish turi (goʻsht yoki goʻsht-qorakoʻlcha) boʻyicha har oy yakuni va boʻrdoqiga boqish davri boshidan oʻsib borish tartibida alohida hisoblab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Boʻrdoqiga boqish yakunlangach, boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan chiqib ketishidagi moliyaviy natijalarni aniqlash maqsadida, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan chiqib ketishidagi moliyaviy natijalar haqida maʼlumotnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida ____-sonli dalolatnoma 20___yil “____”____________ _________________________________
(qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining nomi)
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisining 20__yil “___”_________ dagi ___-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan Chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish komissiyasi tomonidan pudratiga biriktirilgan asosiy poda tarkibidagi chorva _____________________________ boshchiligidagi oila
(F.I.O.)
(jamoa) mollari koʻzdan kechirilib, quyidagi chorva mollarini asosiy poda tarkibidan chiqarish lozimligi aniqlandi:
Inventar raqami
Yoshi
Jinsi
Boqilganlik darajasi
Dastlabki (tiklanish) qiymati
Jamgʻarilgan eskirish summasi
Tirik vazni, kg
Asosiy poda tarkibidan chiqarish sababi va keyingi foydalanish maqsadi
hisob maʼlumotlari boʻyicha
amalda
Jami
Komissiya raisi:
_____________
_________
________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari:
_____________
_________
________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
_____________
_________
________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish toʻgʻrisida ____-sonli dalolatnoma 20___yil “____”___________ __________________________________
(qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligining nomi)
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisining 20___yil “____”___________ dagi ____-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan Oʻstirishdagi chorva mollarini boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish komissiyasi tomonidan _____________________________ boshchiligidagi oila (jamoa) pudratiga biriktirilgan
(F.I.O.)
oʻstirishdagi chorva mollari koʻzdan kechirilib, quyidagi chorva mollarini asosiy poda tarkibiga koʻchirmasdan boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish lozimligi aniqlandi:
Inventar raqami
Yoshi
Jinsi
Dastlabki (tiklanish) qiymati
Tirik vazni, kg
Boʻrdoqiga boqishga oʻtkazish sababi
hisob maʼlumotlari boʻyicha
amalda
�
Jami
�Komissiya raisi:
_________________
___________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari:
_________________
___________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
_________________
___________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarida podaga yaroqsiz ona mollar, naslli qoʻchqorlar hamda erkak qoʻzilarni (echkilarni) boʻrdoqiga boqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻrdoqiga boqilgan chorva mollarining podadan chiqib ketishidagi moliyaviy natijalar haqida MAʼLUMOTNOMA
Xarajatlar
Kirim qilinadigan mahsulotlar
ishlar turi
qayd etish uchun asos boʻlgan hujjat raqami
xarajatlar moddasi
summa
qayd etish uchun asos boʻlgan hujjat raqami
mahsulot nomi
miqdori
narxi
summa
Jami:
Jami:
Qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi raisi:
___________
____________________
�(imzo)
(F.I.O.)
Bosh hisobchi (hisobchi):
___________
____________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 412-modda)