24.03.2014 yildagi PQ-2155-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.12.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishi etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy taʼlim tizimiga oʻquv jarayonini zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz taʼlim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga koʻmaklashish, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari isteʼmolchilari oʻrtasida oʻzaro mustahkam hamkorlikni oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga mos maqsadli taʼlim dasturlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti alohida mulkka, mustaqil balansga ega boʻlgan, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulki bilan javob beruvchi oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs koʻrinishidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti notijorat tashkilot sifatida 1-ilovaga muvofiq tarkibdagi taʼsischilar tomonidan tuziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-uslubiy rahbarlik va taʼlim jarayonini amalga oshirish Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari qoʻllangan holda tuziladigan bitimlar asosida taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni oʻqitish ingliz tilida kunduzgi shaklda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining yuqori boshqaruv organi etib 2-ilovaga muvofiq tarkibdagi Vasiylik kengashi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ikki oy muddatda Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Toshkent shahridagi Inxa Universitetining taʼsis hujjatlarini tasdiqlashni, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahridagi Inxa Universitetini tashkil etish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal qilish uchun 3-ilovaga muvofiq Idoralararo komissiya tashkil etilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor idoralar va tashkilotlarning universitetni tuzish va faoliyatini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish, oʻquv majmuasini sifatli rekonstruksiya qilish va 2014-yil 1-oktabridan oʻquv jarayoni boshlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan binolarni rekonstruksiya qilish va oʻquv majmuasini zamonaviy oʻquv va laboratoriya anjomlari, jihozlar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash uchun zarur moliyaviy mablagʻlarni safarbar etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻqitish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga 2014/2015 oʻquv yilida va keyingi yillarda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib qabul kvotalarini belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahridagi Inxa Universitetida mutaxassislarini oʻqitish va tayyorlashning asosiy yoʻnalish (mutaxassislik) lari 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti uchun binolarni olish va rekonstruksiya qilish, qurish, zarurat boʻlganda yangi binolar qurish, shuningdek binolar, oʻquv auditoriyalari, elektron kutubxona, tadqiqot laboratoriyalari va universitetning boshqa inshootlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomi, jihoz, mebel, kompyuter va boshqa oʻquv texnika vositalari bilan jihozlash xarajatlari taʼsischilar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan, yetmagan qismi esa Investitsion dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar doirasida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetining joriy faoliyati xarajatlari talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga baholash qiymati boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Ziyolilar koʻchasi, 13a-uy manzilida joylashgan tugallanmagan qurilish obyektini, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda realizatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahridagi Inxa Universiteti taʼsischilarining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi binosidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda mazkur qarorning 8-bandida koʻrsatilgan obyektlarni 2014-2015 oʻquv yili boshlangunga qadar realizatsiya qilingan binolarni rekonstruksiya qilish va universitetni zamonaviy talablarga muvofiq zarur mebellar, inventarlar, oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlash ishlarini tugatishni taʼminlash sharti bilan sotishni nazarda tutadigan Toshkent shahridagi Inxa Universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish boʻyicha qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash va birgalikda foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek unda universitetning elektron kutubxonasini joylashtirishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2019-yilning 1-yanvarigacha:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetini qurish va rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan asbob-uskuna, kompyuter texnikasi, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyot, multimediya mahsuloti, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha Universitetning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga, ularning oila aʼzolariga, davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari boʻyicha universitetni tashkil etish va uning faoliyat yuritishida ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishiga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2155-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti muassislari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. “Oʻzbekneftgaz” MXK

3. “Oʻzbekenergo” AJ

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ

5. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK

6. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

9. “Oʻzbektelekom” AJ

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahridagi Inxa Universitetining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

X.M. Mirzohidov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

R.J. Usmonov

Toshkent shahar hokimi

A.S. Sultonov

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

N.S. Ibragimov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

K.S. Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori

A.Q. Farmonov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori

V.N. Tyan

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

A.J. Ramatov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

Sh.M. Qodirov

“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori

S.B. Rahimov

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganlarida ularning lavozimlariga tayinlangan yoki ularning zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetini tashkil etish boʻyicha idoralararo komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, tashkiliy komissiya raisi

X.M. Mirzohidov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

B.Yu. Hodiyev

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

Sh.I. Salixov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

R.J. Usmonov

Toshkent shahar hokimi

A.A. Abduhakimov

Xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A.A. Haitov

mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri

J.A. Qoʻchqorov

moliya vaziri oʻrinbosari

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

S.B. Raximov

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi

Sh.N. Fayzullayev

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruv raisi

I.S. Basidov

“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruv raisi

X.A. Shermatov

“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruv raisi

K.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

A.K. Farmonov

“Olmaliq KMK” OAJ bosh direktori

V.N. Tyan

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori

A.J. Ramatov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK boshqaruv raisi

A.A. Abdumoʻminov

“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori

Pak Chun Be

Inxa Universiteti rektori, Koreya Respublikasi (kelishuvga koʻra)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yoʻnalish (mutaxassislik)lari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Kompyuter injiniring

2. Dasturiy injiniring

3. Kompyuter tarmoqlari injiniringi

Keyingi tahrirga qarang.