1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining asosiy faoliyat yo‘nalishi etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy ta’lim tizimiga o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlikni o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga mos maqsadli ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish uchun malakali professor-o‘qituvchilarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti alohida mulkka, mustaqil balansga ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z tasarrufidagi pul mablag‘lari va mulki bilan javob beruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi ta’sischiligidagi oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligiga uning tizim tashkilotlarini universitet ustavini shakllantirishga jalb etishga ruxsat etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-uslubiy rahbarlik va ta’lim jarayonini amalga oshirish Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llangan holda tuziladigan bitimlar asosida ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni o‘qitish ingliz tilida, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga belgilangan namunadagi Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) diplomini hamda Inxa universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga Koreya Respublikasidagi Inxa universiteti dasturlari bilan bir qatorda, boshqa yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan ham qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishga hamda bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom va qo‘shimcha ravishda hamkor universitetlar diplomlarini berishga ruxsat etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahridagi Inxa Universitetining yuqori boshqaruv organi etib 2-ilovaga muvofiq tarkibdagi Vasiylik kengashi belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ikki oy muddatda Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Toshkent shahridagi Inxa Universitetining ta’sis hujjatlarini tasdiqlashni, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti uchun binolarni olish va rekonstruksiya qilish, qurish, zarurat bo‘lganda yangi binolar qurish, shuningdek binolar, o‘quv auditoriyalari, elektron kutubxona, tadqiqot laboratoriyalari va universitetning boshqa inshootlarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomi, jihoz, mebel, kompyuter va boshqa o‘quv texnika vositalari bilan jihozlash xarajatlari ta’sischilar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, yetmagan qismi esa Investitsion dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetining joriy faoliyati xarajatlari talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushadigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent shahridagi Inxa Universitetiga baholash qiymati bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Ziyolilar ko‘chasi, 13a-uy manzilida joylashgan tugallanmagan qurilish obyektini, tutash hudud va muhandislik kommunikatsiyalari bilan birgalikda realizatsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Toshkent shahridagi Inxa Universiteti ta’sischilarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasi binosidan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda mazkur qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan obyektlarni 2014-2015 o‘quv yili boshlangunga qadar realizatsiya qilingan binolarni rekonstruksiya qilish va universitetni zamonaviy talablarga muvofiq zarur mebellar, inventarlar, o‘quv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlash ishlarini tugatishni ta’minlash sharti bilan sotishni nazarda tutadigan Toshkent shahridagi Inxa Universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish bo‘yicha qaror qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash va birgalikda foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek unda universitetning elektron kutubxonasini joylashtirishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji bo‘yicha imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universitetini qurish va rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan asbob-uskuna, kompyuter texnikasi, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyot, multimediya mahsuloti, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari bo‘yicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PQ-2651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 528-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari bo‘yicha Universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga, ularning oila a’zolariga, davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti buyurtmanomalari bo‘yicha universitetni tashkil etish va uning faoliyat yuritishida ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etilishiga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2155-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi PQ-2155-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Inxa Universiteti muassislari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. “O‘zbekneftgaz” MXK
3. “O‘zbekenergo” AJ
4. “O‘zkimyosanoat” AJ
5. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK
6. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
8. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
9. “O‘zbektelekom” AJ
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi
K.X. Karimov
—
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari,Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
A.R. Karimov
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
R.O. Karimjonov
—
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari
Sh.Sh. Usmanov
—
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi direktori
N.N. Xasanov
—
“O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisi
M.M. Djalalov
—
Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/243/0529-son)