Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025 01.08.2014 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarorining 80-bandiga muvofiq, shuningdek xalq taʼlimi tizimidagi oʻquvchi yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, rivojlantirish hamda yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati (keyingi oʻrinlarda Jamiyat deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining Jamiyatga quyidagi qoʻshimcha asosiy vazifalarni yuklash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, bolalarning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quvnoq startlar” va “Yozgi taʼtil” sport musobaqalarini oʻtkazish, “Umid nihollari” sport musobaqalarini oʻtkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida oʻquvchilarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarining respublika bosqichlari gʻoliblari va sovrindorlari boʻlgan oʻquvchilardan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining sport turlari boʻyicha terma va zaxira jamoalarini shakllantirish hamda sport turlari boʻyicha federatsiyalar bilan hamkorlikda iqtidorli oʻquvchi sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida qatnashishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda bolalarni sport bilan shugʻullanishga jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aʼzolarining aʼzolik badallaridan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlari taʼminoti xarajatlarini budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat faoliyati uchun 2 ta yengil transport vositasi ajratilishi va budjet mablagʻlari hisobidan saqlanishi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining trener-oʻqituvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori talablari asosida belgilangan ustama va qoʻshimcha haqlar tatbiq etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamiyat uchun jahon talablariga javob beradigan sport bazasini yaratish uchun Toshkent shahrida tegishli binoni hududi bilan Jamiyatga ajratish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 210-sonli qaroriga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda bolalarni sport bilan shugʻullanishga jalb etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Bajarish uchun masʼullar

I. Jamiyat faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ishlar

1.

Jamiyat Markaziy Kengashi va uning tizimidagi mintaqaviy kengashlar hamda boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan uning zarur normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.

2014-yil

1-oktabr

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar

2.

Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va namunaviy shtatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlari trenerlari mehnatiga haq toʻlashni budjetdan moliyalashtiriladigan sport maktablari trener-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash tartibiga muvofiqlashtirish.

2014-yil
1-oktabrgacha

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Isteʼdodli yosh sportchilarni aniqlash, sportchilar zaxirasini tayyorlash va sport turlarini rivojlantirish ishlarini olib borish tartibini ishlab chiqish.

2014-yil
1-noyabr

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq taʼlimi vazirligi

4.

Sport maktablari oʻquvchi sportchilari, pedagoglar va boshqa xodimlar oʻrtasida sport musobaqalari, oʻquv yigʻini mashgʻulotlari oʻtkazish uchun Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida zamonaviy moddiy texnik bazaga ega boʻlgan bittadan sport maktabi bino va inshootlarini Jamiyatning mintaqaviy kengashlariga bepul ravishda foydalanish uchun biriktirish.

2014-yil
20-sentabr

Xalq taʼlimi vazirligi

5.

Jamiyat tomonidan jahon talablariga javob beradigan sport bazasini yaratish uchun Toshkent shahrida tegishli binoni hududi bilan Jamiyatga ajratish, keyingi yillarda ushbu binoni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2014-yil
15-sentabrgacha

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Xalq taʼlimi vazirligi

II. Bolalarni sport bilan shugʻullanishga jalb etishga yoʻnaltirilgan ishlar

6.

Xalq taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim, sport maktablari hamda boshqa taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida turli sport musobaqalari va tadbirlarini oʻtkazish orqali seleksiya ishlari doimiy tarzda yoʻlga qoʻyilishini hamda yuqori mahoratli sportchilar tanlab olinishini taʼminlash.

Bir yilda
ikki marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar

7.

Xalq taʼlimi tizimidagi:

sport maktablarining yillik oʻsishi darajasini hududlar boʻyicha olib borilishini yoʻlga qoʻyish;

har bir sport maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilash;

sport maktablarining faoliyatini tahlil etish, baholash va yaxshi natijalarga erishgan sport maktablarini ragʻbatlantirish;

sport maktablari faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida hisobotlarni eshitish va tahlil qilish.

Bir yilda
ikki marta

Har 6 oyda

Bir yilda
bir marta

Har chorak va yil yakunida

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

8.

Sport seksiyalari va toʻgaraklaridagi mashgʻulotlar jadvallarini maqbullashtirish, har xil sport turlari, eng avvalo sportning olimpiya turlari boʻyicha yangi qoʻshimcha seksiya va guruhlar tashkil etish hisobiga bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shugʻullanishga yanada kengroq jalb etish.

Har chorakda

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar

9.

Xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari, talabalari, oʻqituvchi va boshqa xodimlarining jismoniy tayyorgarligini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus sport-test sinovlarini topshirish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

Bir yilda
bir marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar

10.

Sport, tinchlik, hamkorlik va oʻzaro totuvlik gʻoyalarini hamda yuqori natijalarga erishgan yosh sportchi va trenerlarning yutuqlarini oʻquvchilar oʻrtasida targʻib qilish maqsadida davra suhbatlari uyushtirish;

respublika hududlarida, ayniqsa qishloq joylarda tizimli asosda respublikaning yetakchi sportchilari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqalar chempionlari hamda sovrindorlari ishtirokida koʻrgazmali mahorat saboqlari oʻtkazilishini tashkil etish.

Har oyda ikki marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari bilan birgalikda

11.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida hududlarda va umumrespublika miqyosida oʻtkaziladigan “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish.

Bir yilda
bir marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

12.

“Umid nihollari” sport musobaqalarining barcha bosqichlari (maktab, tuman, shahar va viloyat) sifatli oʻtishini taʼminlash maqsadida kalendar rejalarni ishlab chiqish hamda musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Har yili
2-chorakda

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

13.

Xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport toʻgaraklari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish.

2014-yil
1-oktabr

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

14.

Sport federatsiyalari bilan hamkorlikda sport turlari boʻyicha metodik tavsiyalar va oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek sportni targʻib qiluvchi tarqatma materiallar, plakatlar yaratish hamda har bir taʼlim muassasasini taʼminlash.

Har yilda
bir marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar

15.

Oʻqituvchilar va trenerlarning jismoniy tarbiya boʻyicha malakalarini oshirish va ularga metodik yordam koʻrsatish yuzasidan oʻquv seminarlar tashkil etish.

Ishlab chiqilgan jadval asosida

Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika “Yoshlik” bolalar sport jamiyati, tegishli vazirlik va idoralar

16.

Xalq taʼlimi tizimidagi 1-sport va 2-sport davlat statistika hisobot shakllarini barcha taʼlim muassasalaridan oʻz vaqtida qabul qilish va hisobotlarini yuritish.

Bir yilda
bir marta

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 210-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlar nomi

Shtat birliklari soni

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

1.

Raisning birinchi oʻrinbosari

1

4,610

2.

Raisning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

4,379

3.

Raisning moliya va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

4,379

4.

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

3,625

5.

Yuriskonsult

1

*

6.

Matbuot kotibi

1

4,379

7.

Boʻlim boshligʻi

4

4,111

8.

Bosh mutaxassis

5

3,625

9.

Yetakchi mutaxassis

5

3,389

10.

Bosh buxgalter-boʻlim boshligʻi

1

4,111

11.

Buxgalter-bosh mutaxassis

1

3,625

12.

Oʻqituvchi-trenerlar

42

**

Jami

64

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy kengashlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlar nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Toshkent viloyati

Fargʻona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahar

Jami shtat birliklari soni

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)

1.

Rais oʻrinbosari

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

14

4,358

2.

Buxgalter

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

14

4,111

3.

Bosh mutaxassis

2

2

3

2

3

1

2

2

2

2

3

2

2

2

30

3,389

4.

Yetakchi mutaxassis

2

1

2

1

3

1

2

2

2

1

2

2

1

1

23

3,159

5.

Oʻqituvchi-trenerlar

4

4

6

7

7

3

4

10

8

6

13

6

9

8

95

**

Jami:

10

9

13

12

15

7

10

16

14

11

20

12

14

13

176

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati yuriskonsultiga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati oʻqituvchi-trenerlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimlarni kiritish meʼyorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan shtat birliklari soni doirasida Markaziy kengashi va mintaqaviy kengashlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida yangi boʻlim va lavozimlar tashkil qilingan taqdirda, tegishliligi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan lavozimlarning mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) Markaziy kengashida ombor mavjud boʻlsa, 1,0 ta shtat birligidan iborat ombor mudiri lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan Jamiyatda isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 2,0 ta shtat birligidan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 1,0 ta shtat birligidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida kichik qozonlari bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa 1,0 ta shtat birligidan, 6 va undan ortiq boʻlsa 2,0 ta shtat birligidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish pechlari orqali isitiladigan jamiyatda har 10 dona pech uchun 1,0 ta shtat birligi va keyingi har 5 dona pech uchun qoʻshimcha 0,5 ta shtat birligidan, lekin 0,5 ta shtat birligidan kam boʻlmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pechka orqali isitiladigan, issiq suv bilan doimiy taʼminlanib turiladigan jamiyat uchun yuqoridagi 1,0 ta shtat birligidan iborat oʻt yoquvchi lavozimlaridan bittasi butun yil davomiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolarning foydalaniladigan ichki qismi, shu jumladan, xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zali hamda oʻquv sinflari maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 350 kv. m tozalash maydoni uchun 0,5 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamiyatning qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) hamda sport maydonlarining har 2500 kv.m maydoni uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, hovli supuruvchi lavozimi, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam boʻlmagan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamiyatning mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydon uchun 1,0 ta shtat birligi, keyingi har 2,0 ga maydon uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, bogʻbon lavozimi kiritiladi (ijaraga bergan maydoni bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamiyatni qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, 3,0 ta shtat birligidan iborat qorovul lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamiyatda mavjud boʻlgan har bir soz avtotransport vositasi uchun 1,0 ta shtat birligidan iborat haydovchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamiyatning har 500 yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va koroba, bunda balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan holda, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda elektromontyor lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamiyatning suv quvurlari, kanalizatsiya tizimi va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2000 kv.m foydali maydon uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, biroq 0,5 shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda chilangar-santexnik lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamiyatning Markaziy kengashiga raisning birinchi oʻrinbosari uchun 1,0 ta shtat birligidan iborat kotib lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamiyatning Markaziy kengashiga 1,5 ta shtat birligidan iborat tibbiyot hamshirasi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tibbiyot hamshirasiga ish haqi toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori asosida tartibga solinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 386-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)