31.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2605
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 31.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2605
Кучга кириш санаси
04.08.2014
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft sanoatida yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2605]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Neft sanoatida yongʻin xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 11-iyuldagi 90-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft sanoatida yongʻin xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq neft sanoatida yongʻin xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar neft sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kasbiy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ayollar mehnatidan foydalanish toʻliq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, oʻrtacha ogʻir ishda 17 °C va ogʻir ishda 16 °C dan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Neft burgʻquduqlarini burgʻulash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Burgʻquduqlarni burgʻulashdagi ishlarning xavfsiz bajarilishini maxsus burgʻulash brigadalari amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin (kamida 50 m qolganda) korxonadagi maxsus komissiya neft favvoralarining roʻy berishini va bartaraf etishning oldini oluvchi harbiylashgan otryad xodimlari ishtirokida burgʻquduq holatini oʻrganib chiqishi hamda uning tayyorligi haqida dalolatnoma tuzishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ochiq favvoraga sabab boʻladigan xatolik (kamchilik)lar aniqlanganda ular bartaraf etilmaguncha ish bajarishni toʻxtatib turish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Eritma (gil) qorgichda eritma tayyorlashda koʻpik hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Burgʻulash jarayonida burgʻquduqdan chiqayotgan eritmaning harorati va boshqa parametrlarni muntazam ravishda oʻlchab turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Burgʻulash olib borilayotgan hudud doimiy ravishda uglevodorodli eritma mahsulotlaridan tozalanib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Gazsimon agentlarni qoʻllab burgʻulaganda, burgʻquduq ogʻzini germetiklovchi zichlagich qurilma elementlari ishga yaroqli boʻlishi hamda suyuqlik, shlam, chang va gazni ish maydonchasiga tushishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Burgʻquduq ogʻziga ulangan tashlama quvuroʻtkazgich shamol esayotgan tomonga teskari qaratilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Mazkur quvuroʻtkazgichning uzunligi kamida 100 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Qatlamdagi gaz burgʻulash quvurlariga kirib qolishining oldini olish uchun burgʻulash quvurlari kolonnasiga teskari klapan oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Ushbu klapanning holatini har safar burgʻulash quvurlarini burgʻquduqqa tushirishdan oldin tekshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Teskari klapan nosozligi tufayli qatlam gazi burgʻulash quvurlari orqali ishchi maydonga tushganda (quvurlarni tushirish yoki koʻtarish paytida) hodisa holatiga koʻra, eritmani burgʻulash quvurlariga qayta haydash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Gazsimon agentlarni qoʻllab ishlaganda preventorlarning germetikligi va ishonchliligini, har safar quvurlarni tushirish yoki koʻtarish davomida (har smenada kamida bir marta) tekshirib, natijalarini vaxta jurnaliga qayd qilib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Burgʻulashni boshlashdan oldin, burgʻquduq ogʻzini germetiklovchi qurilmani gazsimon agentni burgʻquduqqa salt holatda puflash yoʻli bilan mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda nosozliklar aniqlanganda mazkur zichlagich elementni almashtirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Gazsimon agentlarni qoʻllab burgʻulaganda, gaz namoyon boʻlishi holatlarida ish maydonida va gaz paydo boʻlgan joylardagi havoni gaz tahlillagich yordamida tekshirib turish zarur. Burgʻquduqdan chiqayotgan eritma tarkibida gaz borligini ham uzluksiz ravishda tahlil qilib borish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Oʻrnatilgan gaztahlillagich apparat burgʻulovchiga yaxshi koʻrinib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Ish maydonchasida tabiiy gaz miqdori alangalanish chegarasining 20 foizini tashkil etuvchi darajada boʻlganda burgʻulash ishlarini toʻxtatib, gaz sizib chiqishi bartaraf etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Gaz sizib chiqqanda uning ovozi (pishillashi) va hidi, sovun koʻpigi hamda koʻchma gaztahlillagichlar yordamida aniqlanishi zarur. Mazkur joylarni ochiq olov (mashʼala) yordamida aniqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Ish joyidagi havo tarkibini nazorat qilish uchun burgʻulash joyiga turgʻun (statsionar) yoki koʻchma gaztahlillagichlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Ish joyidagi havo tarkibidagi gazni muntazam nazorat qilish zarur. Bunda uning davriyligi mahsuldor qatlamni ochish yoki burgʻulashda har smenada kamida bir marta, burgʻquduqda gaz namoyon boʻlganda esa, har ikki soatda kamida bir marta nazorat qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Burgʻulash eritmalari sirkulyatsiyasining har bir siklidan soʻng tozalash qurilmalarini tekshirish, ularni suv yordamida shlam va boshqa chiqindilardan tozalash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Burgʻquduq ogʻzida yoki boshqa toʻplanishi mumkin boʻlgan joylarda alangalanish konsentratsiyasining quyi chegarasidan 20 foiz yuqori miqdorda gaz yigʻilib qolgan boʻlsa, burgʻulash ishlarini bajarish taqiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Burgʻulash qurilmasi hududida yongʻin sodir boʻlganda uni suv taʼminoti tizimiga ulangan quvurlar yordamida oʻchirilishi zarur. Bunda suv taʼminoti tizimiga ulangan sisternaning sigʻimi kamida 2 m3 boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kon-geofizika ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kon-geofizika ishlarini oʻtkazishdan oldin elektr uskunalardagi izolyatsiyaning sozligini, burgʻulash qurilmasidagi yoki burgʻquduqdagi yertutashtirgich qurilmasining sozligini tekshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Laboratoriya va karotaj stansiyasi koʻtargichining metall kuzovi ish maydoniga oʻrnatilishi va burgʻquduqdagi ishlar toʻliq toʻxtatilgandan keyin yerga tutashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Karotaj va gazkarotaj stansiyasining kuzovida ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Momaqaldiroq paytida hamda burgʻquduqdan gaz chiqayotgan yoki burgʻquduqqa eritma yutilayotganda kon-geofizika ishlarini oʻtkazish taqiqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Ish joylarini yoritish va isitishda faqat karotaj va gaz karotaj stansiyalari uchun tuzilgan loyihada nazarda tutilgan asboblardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalarda yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan moddalarni ochiq idishlarda saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Transport vositalarida joylashgan karotaj stansiyasi tutun chiqarish quvurlariga uchqun oʻchirgichlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Karotaj va gaz karotaj stansiyalari va laboratoriyalari oʻrnatilgan transport vositalarini ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalariga muvofiq birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Burgʻquduqlarida kon-geofizika ishlarini oʻtkazishda zulfinlar, quvurlar, flanetslar va armaturalar hamda geofizik uskunalarni isitishda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Karotaj ishlarini oʻtkazishda gaz namoyon boʻlishi belgilangan meʼyordan yuqori boʻlsa, navbatchi operator darhol burgʻulash brigadasiga xabar berishi, gaz otilib chiqqanda esa, karotaj stansiyasini xavfsiz joyga olib chiqishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Ortiqcha bosim ostida ishlab turgan burgʻquduqlarda geofizik tadqiqotlarni oʻtkazishda oʻzini-oʻzi zichlovchi salnikli lubrikator yordamida bajarish kerak. Bunda salnikli lubrikatorni burgʻquduqning yuqori qismida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan bosimdan kam boʻlmagan bosim ostida sinalgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Uglevorod yuqori bosim bilan oqib chiqayotgan burgʻquduqlardagi lebyodka (chigʻir) va uning qismlari nosoz boʻlsa geofizik tadqiqotlarni oʻtkazish taqiqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Radioaktiv moddalarni yonuvchi va portlash xavfi mavjud boʻlgan boshqa moddalar bilan birga saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Qatlam sinagichlari bilan ishlarni bajarishda geofizika korxonasi hamda buyurtmachi korxona tomonidan tasdiqlangan reja asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Burgʻquduqni sinashda burgʻulash uskunalarini taʼmirlash hamda elektrpayvandlash va boshqa olovli ishlarni oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Burgʻquduqdan gaz va neft yuqori bosimda oqib chiqishi kutilayotganda, burgʻulash joyida harbiylashgan qism vakillari ishtirok etishi hamda preventorning biror tarmogʻiga ulangan sementlash agregati boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Burgʻquduqni pakerlash va qatlam mahsuldorligini tadqiq qilish ishlari faqat kunning yorugʻ vaqtida oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Burgʻquduq debitini oʻlchashda qatlamdan chiqayotgan flyuidni yigʻib olish uchun ombor yoki rezervuar burgʻquduqdan kamida 100 m masofada joylashgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Sinov paytida olingan namunalarni tashishda, ularning toʻkilishini oldini olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Neft quduqlarini ishlatishda qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Ishlatish kolonnasini perforatsiya qilishdan oldin burgʻquduq atrofidagi rezervuarlar quduqdan chiqadigan mahsulotni qabul qilishga tayyor boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Ochiq ariqlar orqali umumiy omborga va tutqichlarga neft oqimini chiqarib yuborish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Burgʻquduqlarda perforatsiya ishlarini bajarishdan oldin buyurtmachi korxonaning geologini hamda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini ogohlantirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Burgʻquduqlarda perforatsiyani oʻtkazishdan oldin otqinga qarshi uskunalarni tekshirilishi, favvora armaturasi bosim ostida germetiklikka sinalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Burgʻquduqni ishlatishda favvora armaturasining ishchi bosimi quduqning yuqori qismida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan bosimga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Favvorali burgʻquduqni oʻzlashtirishda nasos-kompressor quvurlarini tushirish va koʻtarishni faqat quvurcha va buraladigan zulfin mavjudligida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Burgʻquduqqa quvurlarni tushirish yoki koʻtarishda neft va gaz namoyon boʻlganda hamda kechki paytda avariya yoritqichlari oʻchib qolganda, quduq ogʻziga zudlik bilan avariya zulfinini oʻrnatish va barcha ishlarni toʻxtatish lozim. Uzoq vaqtga toʻxtatilganda burgʻquduq ogʻzini berkitish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Kolonnani tushirish-koʻtarish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda uning flanetsiga uchqundan xavfsiz materialdan yasalgan voronka oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Burgʻquduqni koʻchma agregatlar yordamida oʻzlashtirish va berkitishda ishchi manifoldga zarur miqdordagi agregatlarni ulash imkoni nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Favvorali burgʻquduqni oʻzlashtirish vaqtida tanaffus yoki toʻxtalishlar boʻlganda, favvora armaturasidagi markaziy zulfin va krestovinadagi zulfinlarni berkitish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Gazli va gazkondensatli quduqlarni svablab oʻzlashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Favvorali burgʻquduqni svablashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregatni boshqarish pultini himoyalash uchun qurilgan ayvonchaning yonadigan konstruksiyalariga olovdan himoyalovchi moddani shimdirib olish (ushbu modda bilan ishlov berish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchma koʻtargich lebedkani burgʻquduq ogʻzidan kamida 25 m masofada oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Burgʻquduqni svablash faqat favvora armaturasi oʻrnatilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Favvorali burgʻquduqni svablab oʻzlashtirishda burgʻquduq ogʻzidan kamida 10 m masofada favvora armaturasiga shturval oʻrnatish va uni shchit bilan himoyalash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Burgʻquduqda svablash ishlari olib borilayotganda, boshqa ishlarni toʻxtatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Favvora alomatlari sezilganda, burgʻquduqdan zudlik bilan svabni koʻtarib chiqarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Burgʻquduqni koʻpik yordamida oʻzlashtirishda faqat olovdan xavfsiz va zaharli boʻlmagan sirtfaol moddalarning suvli eritmalaridan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Burgʻquduqni kechki vaqtda oʻzlashtirishda ish joylari belgilangan yoritish meʼyorlariga muvofiq yoritilishi lozim. Burgʻquduq ogʻziga yaqin joylardagi yoritqichlar portlashdan himoyalangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Sinalgan barcha burgʻquduqlar ogʻzi zichlangan va tegishli armaturalar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Burgʻquduqdan chiqayotgan neft va gazdan kompressorni himoyalash maqsadida burgʻquduq yaqinidagi gaz-havo taqsimlagich budkasi tarmogʻiga teskari klapan oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Koʻchma kompressorlarning ichki yonuv dvigatellaridagi tutun chiqaruvchi quvurlari ovoz va uchqunsoʻndirgichlar bilan jihozlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Nasoslar yordamida ishlatiladigan burgʻquduqlarning ogʻzi zichlovchi armatura bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Tebranma dastgoh ishlayotganda uzatmalar tasmasi salt holatida shkivni aylantirmay oʻtishining oldini olish uchun tasmaning tarang tortilganligiga eʼtibor berib turish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Burgʻquduqqa markazdan qochma elektr nasoslarni tushirish uchun elektr uskunalar joylashtiriladigan budka yonmaydigan materialdan yasalishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Boshqarish stansiyalari va avtotransformatorlarni har qanday kuchlanishdagi elektr tarmoqlari tagiga oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Burgʻquduqqa elektr nasosni tushirishdan oldin uning kabelini elevator taʼsiridan saqlash maqsadida flanetsga himoyalash moslamasini oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Burgʻquduq ogʻzi yaqinida joylashgan kabelli barabanning elektr uzatmasini boshqarish tugmachasi portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Burgʻquduq ogʻzidagi kabel oʻtadigan joy zichlangan osma shayba bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Burgʻquduqni sinashda unga olib boradigan barcha yoʻllarda chekish va olov yoqishni taqiqlovchi postlar va koʻrsatkichlar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Burgʻquduqda puflash va oʻlchashlar oʻtkazilayotganda burgʻulash qurilmasining dvigateli, quduq yaqinidagi barcha transport vositalari hamda qozonxonalarning oʻchoqlari oʻchirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Neft qazib chiqarishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Kimyoviy reagentlar saqlanadigan joy toʻsilgan hamda u yerga qizil bayroqchalar va xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Koʻchma nasos agregatlari, avtotsisternalardagi tutun chiqarish quvurlariga ovozsoʻndirgich va uchqunsoʻndirgich oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Quduq ogʻzidagi uskunalarning germetikligi buzilganda, damlagich quduqni suyuqlik bilan toʻldirib, uskunani almashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Separatorlarning bufer suyuqligi idishlarini puflash avtomatlashtirilgan boʻlishi zarur. Mashʼalani yoqish moslamasi masofadan turib boshqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Yonib turgan mashʼalaning atrofi 50 m radiusda toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi lozim. Mazkur hududga kirish joyiga “Begonalar kirishi man etiladi!” degan yozuv ilib qoʻyilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Mashʼala atrofidagi oʻralgan hududda quduqlar, chuqurchalarni qazish taqiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Neftni isituvchi qurilma shamol esayotgan tomonga joylashtirilgan neft saqlanayotgan rezervuardan kamida 25 m oraligʻida oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Neft solingan rezervuar hamda neftni isituvchi qurilma oʻrnatilgan aravachalar portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Issiq neft rezervuarini tashuvchi transport vositasining tutun chiqadigan quvuriga uchqunsoʻndirgich oʻrnatib, transport vositasini quduq ogʻzidan kamida 10 m masofada shamol esayotgan tomonga joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Quduqqa ishlov berishda faqat gazsizlantirilgan kondensatni ishlatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Kondensatni avtotsisternadan quyib olish yoki boʻshatishda avtotsisterna yertutashtirgich moslamasiga ulanishi zarur. Agar mazkur yertutashtirgich boʻlmasa, yerga 0,5 m chuqurlikka metall tayoqchani qoqib, unga ulash kerak. Yertutashtirgich moslamasini kondensatni quyish-toʻkish ishlarini tugatmasdan yechib olish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Avtotsisternadan gazkondensatni quyish-toʻkish jarayonida gazkondensat bilan quduqqa ishlov berishni faqat kunduz kuni ochiq olov yoʻqligida oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Quduqqa gazkondensat bilan ishlov berishda gazkondensatni avtotsisternadan bunkerga va agregatga haydash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Elektr isitgichga kiritilgan kabel uchidagi uzel hamda klemmalar (ulangan joylar) kamerasi toʻliq germetiklangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Kabel butun uzunligi boʻylab yaxlit hamda neft va issiqlikka bardosh berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Kabel koʻchma koʻtarma lebedkaning chambaragiga ravon va izolyatsiyasiga putur yetmaydigan qilib oʻralishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Kabelni burgʻquduqqa tushirishdan oldin uning ishga yaroqliligi tekshirilishi lozim. Tolasi uzilgan kabelni burgʻquduqqa tushirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni haydash tarmoqlariga saqlagich va teskari klapanlarni oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Uglevodorodli va azotli suyuqlik solingan rezervuar yonida yongʻin posti boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Uglevodorodli va azotli suyuqliklarni burgʻquduqqa haydashda mahsulotning bosimi va haroratini doimiy nazorat qilish lozim. Bosim va harorat loyihada belgilangan meʼyordan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Uglevodorodli va azotli suyuqliklar bilan ishlov berilgan burgʻquduqni havo bilan oʻzlashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Gidravlik usulda qatlamni yorishda ishlatilayotgan agregatlar va uskunalarning tutun chiqarish quvurlariga uchqunsoʻndirgich moslamalar oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Qatlamni gidravlik usulda yorish qurilmalarini quduq ogʻzidan kamida 10 m oraligʻida oʻrnatish va ular orasidagi masofa kamida bir 1 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Mazkur ishlarni bajarayotganda burgʻquduq hududida ochiq olovdan foydalanish yoki burgʻquduqni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Qatlam ichida yondirishni amalga oshirishda burgʻquduq hududi xavfli hudud hisoblanadi. Bunda “Ehtiyot boʻling! Qatlam yondirilayapti” — degan ogohlantiruvchi plakat va koʻrsatkichlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Qatlam ichida yondirish oʻtkazilayotgan uchastkadagi haydash, kuzatish va qazib chiqarish burgʻquduqlarining ogʻzini zichlashni koʻzda tutish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Burgʻquduqlar, oʻlchov qurilmalari va qatlam ichida yondirish taʼsirida boʻlgan boshqa obyektlari bosim va haroratni masofadan turib boshqarish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Tarkibida vodorod sulfidi mavjud boʻlgan neft konlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Tarkibida vodorod sulfidi mavjud boʻlgan neft konlarini ishlatishda xavfsiz ish yuritishni taʼminlovchi barcha tadbirlarga qatʼiy rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Havoda vodorod sulfidi konsentratsiyasi muntazam ravishda nazorat qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Bino (xona)lar, ish maydonchalari havosidagi vodorod sulfidining konsentratsiyasini muntazam tekshirib turish maqsadida mazkur joylarga ovozli signal beradigan gaztahlillagichlar va shamol yoʻnalishini koʻrsatuvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi aniqlanganda, xizmat koʻrsatuvchi xodim zudlik bilan korxona rahbariga, gazdan qutqarish xizmatiga xabar berishi, zaharlanishning oldini olish va avariya vaziyatiga barham berish choralarini koʻrishi lozim. Vodorod sulfidining xavfli konsentratsiyasi bor joylarga “Olovdan xavfli!”, “Zaharli moddalar!”, “Oʻtish va yurish man etiladi!”, “Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi!” degan ogohlantiruvchi koʻrsatkichlar oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Burgʻquqduqni taʼmirlashda ajralib chiqayotgan vodorod sulfidi shamollatish agregati yordamida soʻrib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Asosiy ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Rezervuar va rezervuarlar parklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Rezervuarlar atrofidagi marzalar va toʻsiqlar doimo soz va QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq boʻlishi zarur. Rezervuarlar parki hududiga mexanizatsiyalashgan oʻt oʻchirish vositalarining kirishi uchun maxsus oʻtish joylari qurilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Marzalangan hudud eng katta rezervuar hajmidagi mahsulot sigʻadigan qilib qurilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Rezervuarlar umumiy hajmining 95 foizigacha neft yoki neft mahsulotlari bilan toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Suyultirilgan gazlarga moʻljallangan oʻtkazgich quvurlardagi berkituvchi va tartiblovchi uskunalar poʻlatdan yasalishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Rezervuarlar parkidagi barcha oʻtkazgich quvurlar va ularga oʻrnatiladigan gidravlik zatvorlar, marzaning tashqarisidan oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Hajmi 50 m3 dan ortiq boʻlgan rezervuarlarni diametral qarama-qarshi tomonidan kamida ikkita joyini yertutashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishda, namuna olishda yoki suyuqlik sathini oʻlchashda uchqun chiqarmaydigan moslamalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Rezervuarlarga oʻrnatilgan nafas olish armaturalari toʻgʻri sozlangan va doimo soz holda boʻlishi kerak. Nafas olish (saqlagich) klapanlarini bahorgi-yozgi mavsumda kamida ikki marta, havo harorati noldan past boʻlganda — har oʻn kunda bir marta tekshirib turish va ularning natijalarini jurnalda qayd etib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Nafas olish armaturalari muzlab qolmasligi uchun rezervuarlardagi klapanlarning membranalari ftorplastik qoplamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Neft va neft mahsulotlarini isitish jarayonini suyuqlik sathi isitgichdan kamida 50 sm yuqorida boʻlgandagina amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Rezervuarlardagi qovushqoq neft va neft mahsulotlarini isitishda faqat bugʻli yoki suvli zmeyeviklardan foydalanib, doimiy nazorat qilib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Rezervuarlar parki va uning yaqin atrofidagi hududlarda yashinqaytargich, statik elektr hodisasidan va yashinning ikkilamchi namoyon boʻlishidan saqlovchi qurilmalar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Rezervuarlar parki hududida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Rezervuarlar parkiga transport vositalarini faqat rezervuarlar taʼmirlanayotganda korxonaning bosh muhandisining ruxsati bilan kiritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Marzalar orasidan oʻtgan quvurlar flanetsli bogʻlamalarga ega boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Quvurlarni marzalardan teshib oʻtgan joylari zichlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Nasos stansiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Nasos stansiyasining eshik va derazalari tashqariga ochiladigan hamda eshiklari ostonasiz (boʻsagʻasiz) boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushadigan tirqishlar toʻsilmagan boʻlishi, deraza oynalari va fonarlar tozalab turilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Ayvonlarga joylashtirilgan ochiq nasos stansiyalaridagi yon toʻsiqlarining yuzasi uning oʻsha yon tomoni poldan tomning yoki nasosxona ayvonining eng yuqori nuqtasigacha hisoblaganda umumiy yuzasining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nasos stansiyalarining yon tomonidagi himoya toʻsiqlari yonmaydigan materialdan yasalib, tabiiy shamollatish shartlariga koʻra poldan (yerdan) kamida 30 sm koʻtarilib turgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Tez alangalanadigan suyuqliklarni haydash (damlash) uchun ikki yonlama, zarur hollarda esa, bir yonlama va qoʻshimcha zichlagichli salniksiz markazdan qochma nasoslar ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Transportirovka qilinayotgan (haydalayotgan) neft mahsulotini orqaga qarab harakatlanishining oldini olish uchun oʻtkazgich quvurining damlash tarmogʻiga teskari klapan oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Nasoslarning xavfsiz ishlatilishini taʼminlash maqsadida ularni signalizatsiya va blokirovka tizimi bilan jihozlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar qayerga oʻrnatilishidan qatʼi nazar, mahalliy va masofadan turib boshqaruvga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Nasoslarning soʻruvchi va haydovchi tarmoqlarida masofadan turib boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qoʻyuvchi qurilma koʻzda tutilishi lozim. Masofadan uzib qoʻyadigan moslama har bir muayyan holat uchun oʻtkazgich quvurning diametri va uzunligiga qarab loyihalovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Nasos stansiyasining pollari yonmaydigan va neft mahsulotlari taʼsiriga dosh beradigan materiallardan yasalishi lozim. Polda drenaj lotoklari boʻlib, ular yaxshi yopiladigan lotokning tagi va devorlarini suv va neft mahsuloti oʻtkazmaydigan qilib yasalishi kerak. Lotoklar oqova tizim tomonga gidrozatvor orqali qiyalatib oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Nasos stansiyasidagi oʻtkazgich quvurlar lotoklarga joylashtirilishi va devorlar (teshiklari) orqali oʻtgan joylarining zichlagich moslamalarini qoʻllab berkitish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Nasos yoki kompressorning soʻruvchi va haydovchi oʻtkazgich quvurlardagi berkitish, ajratish va saqlagich qurilmalarini qoida tariqasida, nasos yoki kompressorga yaqinroq, xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joyga oʻrnatish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Yonma-yon joylashgan nasoslarning qismlari oʻrtasidagi hamda nasoslar bilan bino devorlari oʻrtasidagi masofa kamida 1 m, ikki qator qilib oʻrnatilganda esa, qatorlar orasi kamida 2 m boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nasoslarning qismlari, oʻtkazgich quvurlari va boshqa uskunalar eshikdan kamida 1 m masofada oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Uskunalar va oʻtkazgich quvurlarning 45 °C gacha qiziydigan yuzalari toʻsilgan yoki xodimlar tekkanda kuyib qolishining oldini oluvchi izolyatsiyalovchi material bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Nasos stansiyasida joylashgan asosiy va yordamchi uskunalar texnologik sxema asosida tartib raqamlar bilan belgilanishi kerak. Tartib raqamlarni koʻrinarli joyga oq boʻyoq bilan yozish zarur. Dvigatel bilan nasos oʻrtasida devor boʻlsa, tartib raqam ham nasosga, ham dvigatelga yoziladi. Nasos agregati bir xonada joylashgan boʻlsa, raqam faqat dvigatelga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Nasos stansiyasidagi asosiy va yordamchi qurilmalar hamda suv taʼminoti, shamollatish, oqova, havo taʼminoti va yongʻin oʻchirish tizimlari bir-biridan farqlanadigan ranglarga boʻyalishi kerak. Oʻtkazgich quvurlarining sirtlarida ularning vazifalari hamda haydalayotgan neft mahsulotining yoʻnalishi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Dvigatel va nasoslarda, ulardagi aylanma harakatning yoʻnalishini koʻrsatuvchi strelkalar, ishga tushirish qurilmasida esa “Ishga tushirish” va “STOP” yozuvlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Nasos stansiyasidagi knopkalar (tugmachalar) va qayta ulagichlar yongʻin va portlashdan himoyalanib hamda nam oʻtkazmaydigan qilib yasalgan boʻlishi zarur. “Ishga tushirish” knopkasi (tugmachasi) pult yuzasidan 3 — 5 mm pastroq qilib, “STOP” knopka (tugmacha)si esa, qoʻziqorin shaklida biroz kattalashtirilgan boʻlib, pult yuzasidan (paneldan) boʻrtib chiqib turgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Har bir nasos agregatiga manometr oʻrnatilishi lozim. Manometrsiz yoki nosoz manometrli nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Nasos agregatida uni yerga tutashtiruvchi tizimga ulashga xizmat qiluvchi moslama boʻlishi, uning ustiga yertutashtirgich belgisi qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Berk binodagi nasos stansiyalarida majburiy oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimi va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Nasos stansiyalaridagi moylash vositalarining miqdori sutka ehtiyoji darajasida berkitiladigan metall idishlarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Artish materiallarini qopqoqli metall qutilarga yigʻib, keyinchalik qayta ishlatishga tayyorlash yoki yoʻq qilib yuborish mumkin. Moylash vositalarini uzoq muddat saqlashga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Nasoslarni ishlatishda podshipniklar va salniklar holatiga alohida eʼtibor berish zarur. Podshipniklar yetarli darajada moylangan boʻlishi lozim va ular 600 S dan ortiq qizib ketmasligi kerak. Podshipniklar haroratini har soatda kamida bir marta tekshirib turish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Nasoslar va oʻtkazgich quvurlarning issiq yuzasiga artish materiallari yoki neft mahsulotlari shimilgan buyumlarni qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Nasoslarni ishlatishda nasoslar va oʻtkazgich quvurlari germetik boʻlishi hamda salnikli zichlagichlar va boshqa joylarida neft mahsulotlarini meʼyordan ortiq miqdorda sizib chiqish holatlari darhol bartaraf etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Nasos stansiyasidagi barcha uskunalarning ishqalanuvchi detallari oʻz vaqtida moylanishi kerak. Moylash paytida neft mahsulotining sachrab, oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Ishlab turgan nasoslar ish rejimida biror nosozliklar (shovqin, haddan tashqari kuchli tebranish, podshipniklar qizishi, salniklardan neft mahsuloti sizib chiqishi va darzliklar) aniqlanganda, nasoslarning ishlashini darhol toʻxtatish zarur. Nosozlik sabablari aniqlanib, ular bartaraf etilmaguncha nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Nasoslar ishini avtomatik tarzda nazorat qilish vositalari boʻlmasa, asbob-uskunalarning ishlashini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Nasos stansiyasiga elektr energiyasi toʻsatdan kelmay qolganda, dvigatellarni elektr tarmogʻidan tezda uzib qoʻyish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Har bir nasos stansiyasida avariya holati uchun asbob-uskunalar komplekti va akkumulyatorli fonarlar zaxirasi boʻlishi hamda ular maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Issiqlik almashtirgichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Issiqlik almashtirgich oʻrnatilgan maydoncha gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasi tizimiga neftni tushiruvchi ariqchaga ega boʻlishi lozim. Maydoncha neftni yuvib yuborishga moslashgan va balandligi 0,15 m dan kam boʻlmagan toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Haroratning keskin oʻzgarishidan sodir boʻladigan zoʻriqish taʼsirida shikastlanishlarning oldini olish maqsadida issiqlik almashtirgichni bir maromda qizdirish va sovutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Issiqlik almashtirgichning quvurlaridagi va quvurlari orasidagi yonuvchi suyuqliklarni apparat toʻliq sovugandan keyingina chiqarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Yongʻin sodir boʻlganda havo bilan sovutish apparatlariga texnologik reglamentlarga mos ravishda operator xonasiga masofadan boshqarish moslamasini oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Olovli isitgichli qurilmalar (quvursimon pechlar, blokli olovli isitgichlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Forsunka oldidagi maydoncha qattiq qoplamaga va gidravlik zatvor orqali sanoat kanalizatsiyasiga ulangan nishabli ariqchaga ega boʻlishi kerak. Toʻkilgan suyuq yonilgʻini yuvishga moʻljallangan suvoʻtkazgich ustuni oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Forsunkalarni yondirishda tez alangalanadigan suyuqliklar shimdirilgan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Yonilgʻi keladigan quvuroʻtkazgichga quyidagilarni oʻrnatish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forsunkalardan kamida 10 m oraliqda barcha forsunkalarga kelayotgan yonilgʻini berkituvchi zulfin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gorelkalarning yonishi uchun zarur boʻlgan bosimni tartibga soluvchi reduktor qurilmasi hamda nazorat-oʻlchov asboblarining avtomatik tizimiga va gorelkalarga kondensat tushishining oldini oluvchi kondensattoʻplagichlar. Reduktor qurilmasi bino tashqarisiga oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Avtomatik qurilmalarning avariya signalizatsiya tizimi operator xonasiga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Pechlarning bugʻoʻchirish tizimi doimo ishga yaroqli boʻlishi kerak. Nosoz bugʻoʻchirish tizimini ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Bugʻoʻchirish kollektori qulay joyga oʻrnatilishi va qizil rangga boʻyalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Pech oʻchogʻini bugʻ bilan shamollatmasdan gorelkalarni yondirish taqiqlanadi. Oʻchib qolgan gorelkalarni yondirishda qizigan panellar yoki pech oʻchogʻidagi gʻishtlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Forsunkalarga keladigan gaz quvurlari gazni mashʼala tizimiga chiqaruvchi puflagich tarmoq bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Avariya yoki yongʻin vaziyatlarida neftni toʻkishga moʻljallangan qurilmalar soz holatda boʻlishi lozim. Avariya vaziyatlarida neftni toʻkish tizimining zulfinlariga taniqlik belgilari oʻrnatilgan hamda zulfinlarga olib boradigan yoʻllar toʻsilmagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Avariya vaziyatlarida neftni toʻkish ishlarini sex, qurilma boshligʻi yoki avariyani bartaraf etishga javobgar shaxsning koʻrsatmalariga muvofiq amalga oshirish zarur. Mazkur ishlarni bajarish tartibi maxsus yoʻriqnomalarda nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Avariya vaziyatlarida neftni toʻkish sigʻimiga pechdagi issiq suyuqlikni toʻkishdan oldin, undagi suv va mahsulotlar qoldigʻini chiqarib tashlash hamda kondensatdan tozalangan suv bugʻi bilan bugʻlash kerak. Bugʻoʻchirish qurilmasini masofadan turib ishga tushirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Qoʻshaloq kameralardagi pech forsunkalari oldida yongʻin roʻy berganda, oʻchoqdagi va moʻridagi qurum yona boshlaganda bugʻoʻchirish tarmogʻi orqali bugʻ yuborish va yongʻin xavfsizligi xizmatini chaqirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Quvursimon pechlarni ishlatganda uning quvurlari holatini nazorat qilish lozim. Quvurlarda boʻrtib chiqish hamda yemirilish chegarasi ruxsat etilgan meʼyordan oshgan holatlarda pechni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Pech zmeyeviklariga va boshqa qurilmalarga bugʻ uzatuvchi quvurlarda kondensatni toʻkib olish qurilmasi boʻlmasa, ularni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Pechlarni isitish tizimi gorelkalarga suyuq yoki gazsimon yonilgʻining kelishi toʻxtaganda yoki tarmoqdagi bosim belgilangan meʼyordan pasayganda signal beruvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Pechlarda alanga oʻchib qolganda forsunkalarga yonilgʻi kelishini avtomatik tarzda toʻxtatuvchi hamda pechdagi harorat oʻzgarganda signal beruvchi moslamalar oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Texnologik oʻtkazgich quvurlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Oʻtkazgich quvurlardagi mahsulot turiga koʻra GOST 12.4.026-76 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq ravishda taniqli boʻyoq va raqamli belgilariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Rezervuarlarni apparaturalar, qurilmalar va boshqa inshootlar bilan bogʻlovchi barcha oʻtkazgich quvurlar uchun texnologik sxema tuzilgan boʻlishi lozim. Mazkur sxemaga koʻra, har bir oʻtkazgich quvurda muayyan belgi, berkitish armaturalari esa raqamlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Neft oʻtkazgichlarni puflash va mustahkamlikka sinash, germetikligini tekshirish ishlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, texnika va yongʻin xavfsizligiga doir tadbirlar nazarda tutilgan yoʻriqnoma asosida amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Zulfinlar, joʻmraklar va oʻtkazgich quvurlardagi boshqa berkitish qurilmalari doimo ishga yaroqli, qulay ishlatiladigan, oʻtkazgich quvurning ayrim uchastkalariga neftning borishini kafolatli toʻxtatib oladigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Neft oʻtkazgichlarda hosil boʻlgan tiqinlarni bartaraf etishda uchqun chiqaruvchi poʻlat tayoqchalar yoki boshqa moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Zulfinlar va joʻmraklar oson va ravon ochilishi va yopilishi kerak. Ularni ochish yoki yopishda lom, quvurlar va boshqa asboblarni qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Flanetsli ulanmalardagi qistirmalar yuqori haroratda buzilmaydigan va shaklini oʻzgartirmaydigan materialdan yasalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Bandaj oʻrnatilgan neft oʻtkazgichlarni ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Avariya vaziyatlarida mahsulotni chiqarib tashlashga moʻljallangan quvurlarni ishga tushirishdan oldin hamda ishlatganda vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Texnologik oʻtkazgich quvurlarda hosil boʻlgan teshikchalarni darhol bartaraf etish zarur. Ularni xomutlar bilan berkitish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Oʻtkazgich quvurlar va zulfin uzellarini qizdirishda faqat bugʻ, issiq suv yoki qizdirilgan qum, shuningdek portlashga xavfsiz qilib ishlangan elektr qizdirish uskunalaridan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Temir yoʻlning quyish-toʻkish estakadalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Temir yoʻlning quyish-toʻkish estakadalari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq joylashishi, temir yoʻl relsidan estakadagacha boʻlgan oraliq masofa GOST 9238-83 “Inshootlar va temir yoʻl harakatlanuvi tarkib izlarining yaqinlashish gabaritlari 1520 (1524) mm” talablariga mos holda boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Neft mahsulotlarini ortish yoki tushirish uchun keltirilayotgan temir yoʻl vagon-sisternalar maxsus kompozitsion tormoz kolodkalari bilan jihozlanishi kerak. Neft mahsulotini quyish paytida temir yoʻl vagon-sisternalarining toshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Neft mahsulotlarini temir yoʻl vagon-sisternalariga quyish-toʻkishda ularni temir yoʻl omborlari, turgʻun inshootlar, asosiy (magistral) yoʻllar, yuk ortish-tushirish umumiy joylari hamda turar joylardan kamida 100 m masofada joylashtirish zarurligini inobatga olish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl vagon-sisternalariga tez alangalanadigan suyuqliklarni quyishda uni bir maromdagi oqim bilan sisterna ichidagi suyuqlikning sathidan pastga quyish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va neft mahsulotlarini erkin tushirib (oqizib) quyish mumkin emas. Quyish moslamasining uchi vagon-sisternaning tubidan 20 sm balandlikda oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Avariya vaziyatlarida nosoz temir yoʻl vagon-sisternalarni neft mahsulotlaridan boʻshatish uchun maxsus jihozlangan joy ajratilishi lozim. Avariya sharoitlari asoslangan hamda quyish-toʻkish estakadasi maxsus vositalar bilan jihozlangan boʻlsa, nosoz temir yoʻl vagon-sisternalardagi neft mahsulotlarini bevosita estakadaning oʻzida boʻshatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Drenaj idishida toʻplangan iflos neft mahsulotlarini ajratuvchi idish-rezervuarlarga yoki ishlatilgan neft mahsulotlari saqlanadigan idish-rezervuarga yoʻnaltirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Temir yoʻl estakadasi hududida neft mahsulotlari toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Temir yoʻl vagon-sisternalariga neft mahsulotini quyish paytida temir yoʻl estakasi atrofidagi 100 m radiusli hududda barcha taʼmirlash ishlari toʻxtatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Temir yoʻl estakadasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl vagon-sisternalarni profilaktik taʼmirlash va tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan (portlashdan himoyalanmagan) koʻchirib yuriluvchi yoritqichlarni va chiroqlarni ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
momaqaldiroq paytida tez alangalanadigan neft mahsulotlarini quyish yoki toʻkish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nosoz temir yoʻl vagon-sisternalarga neft mahsuloti quyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl estakadasi va sisterna ustida turib detallar va boshqa buyumlarni yerga tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Temir yoʻl estakadasi boʻylab temir yoʻl vagon-sisternalarining har qanday harakati neft mahsuloti quyish-toʻkish (sexi) uchastkasi operatori uning koʻrsatmasi asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Yashindan va statik elektr hodisasidan muhofaza qilish qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Bevosita yashin urishidan va statik elektr hodisasi tufayli buzilish, alangalanish va portlashdan odamlarni, bino, inshoot va uskunalarni saqlash maqsadida yashin qaytargich oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Yashin hodisasining ikkilamchi namoyon boʻlishi va statik elektr razryadlaridan himoyalash maqsadida barcha metall apparaturalar, rezervuarlar, gazgolderlar, neft oʻtkazgichlar, quyish-toʻkish qurilmalari, bino ichida yoki tashqarisida joylashgan qurilmalar, tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar yertutashtiruvchi qurilmaga yoki bino va inshootning temir-beton poydevoriga ulangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Yashinqaytargichning yertutashtirish qismi boshqa yertutashtirgichlardan alohida boʻlishi kerak. Yashinqaytargichlarning yertutashtirish moslamalari sifatida ishlab chiqarishning oʻtkazgich quvurlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlar, sisternalar va idishlarning toʻkish quvuri orqali quyish kerak. Bunda toʻkish quvuri rezervuardagi suyuqlikning oʻlik qoldiq sathidan pastroqda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Avtotsisternalar va temir yoʻl sisternalaridan tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni quyish-toʻkishda ular yertutashtirilishi zarur. Yertutashtiruvchi oʻtkazgich sifatida koʻndalang kesimi kamida 16 mm boʻlgan, koʻp tolali, egiluvchan mis tok oʻtkazgichlardan foydalanish lozim. Mazkur tok oʻtkazgichlarni avtotsisternalarga va temir yoʻl sisternalariga yaxshi kontakt hosil qiluvchi boltlar yordamida ulash kerak. Yertutashtirgich nosoz boʻlganda quyish-toʻkish ishlari toʻxtatilishi hamda nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Temir yoʻl estakadasi boʻylab oʻtgan oʻtkazgich quvurlar yertutashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Yongʻin va portlashdan xavfli hududlar hosil qiluvchi hamda yonuvchi gazlar, suyuqliklar yoki qattiq moddalari mavjud boʻlgan SHNQ 2.01.19-09 “Portlash-yongʻin va yongʻindan xavfli bino, inshootlar va tashqi qurilmalarning toifalarini aniqlash” talablariga mos ravishda mansub binolar va inshootlar hamda tashqi qurilmalar va estakadalardagi, shuningdek texnologik uskunalar, apparatlar, rezervuarlar, havo oʻtkazgichlar va oʻtkazgich quvurlarning yertutashtirish qurilmasi nosoz boʻlganda ularni ishlatish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taʼmirlash-montaj ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Olovli ishlarni bajarish boʻyicha texnik tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Barcha olovli ishlar faqat ish joylari va apparatura (payvandlash agregatlari, shlanglar, kavsharlash lampalari va shunga oʻxshashlar) diqqat bilan tayyorlangandan keyin, shuningdek qurilmalar, rezervuarlar va quvurlar tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklardan, turli moddalarning bugʻi va changlaridan, shuningdek 5 m dan kam boʻlmagan radiusda yonuvchi suyuqliklardan tozalangandan keyin oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va gazlar solingan rezervuarlarning (sisternalar, baklar, resiverlar va shunga oʻxshashlar) ustida yoki ularning ichida va quvurlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin, ular barcha kommunikatsiyalardan uzib (oʻchirib) qoʻyilishi va quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaqin joylashgan surilma qopqoqlar yoki shiberlarni yopish, qulflab berkitish va plakatlarni osish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiqinlarni oʻrnatish (zarur boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha lyuklar va tuynuklarni ochish. Zarur boʻlgan hollarda vaqtinchalik mahalliy ventilyatsiyani (ayniqsa rezervuarlarda) oʻrnatish nazarda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Olovli ishlarni olib borganda quyidagilar man qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nosoz apparatura bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi boʻyalgan konstruksiyalarda va boshqa buyumlarda boʻyoq butunlay qurigunga qadar ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
payvandlash simlarining ulanishlari izolyatsiya qilinmaganda ishlarni boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
payvandlangan simlarni umumiy oqimlarda oʻtkazish yoki kabel trassalarini, shuningdek yonuvchi gaz va suyuqliklar mavjud boʻlgan quvurlarni kesib oʻtish. Kabel trassalarini yoki koʻrsatilgan quvurlarni kesib oʻtish zarur boʻlganda, payvandlangan simlarning izolyatsiyasi kuchaytirilishi va ular izolyatsiya qilingan materialda oʻtkazilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonuvchi hamda zaharli moddalar bilan, shuningdek bosim ostidagi yonmaydigan suyuqlik va gazlar, bugʻlar va havo bilan toʻldirilgan apparatlarni va quvurlarni (gaz quvurlaridan tashqari), shu jumladan kuchlanish ostidagi elektr uskunalarni payvandlash, kesish, kavsharlash yoki qizdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moy, yogʻlar va boshqa yonuvchi suyuqlik yuqi boʻlgan kiyim va qoʻlqoplardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kiyim va poyabzalsiz, shuningdek himoya koʻzoynaklarisiz (yoki himoya niqobisiz) elektr va gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishga kirishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Yonuvchi suyuqlikni toʻkish estakadalaridan 5 m dan yaqin masofada bajariladigan olovli ishlar, yongʻin-texnik mahsulotlarini tayyorlanishi, zarur boʻlgan yongʻinga qarshi va texnik tadbirlarni bajarilishi hamda tegishli ruxsatnoma (naryad) rasmiylashtirilgandan keyin olib borilishi zarur. Ishlash zonasida toʻkish estakadasi suyuqlik, yonuvchi material qoldiqlaridan tozalangan va uchqun uchishiga qarshi choralar koʻrilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar (masalan, mazutli rezervuarlarda) saqlanadigan rezervuarlardan 10 m yaqinida yoki bevosita rezervuarlarni oʻzida payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarishga, ishlash uchun tegishli ruxsatnoma (naryad) rasmiylashtirilishi; yongʻinga qarshi tadbirlar bajarilishi; ishlash zonasida yoʻl qoʻyilishiga ruxsat etilgan konsentratsiyani aniqlash uchun havo muhiti tahlil qilinishi; texnologik qurilmalarning lyuklari va boshqa teshiklari uchqun tushishi va suyuqlik bugʻlaridan (koʻrsatilgan masofa chegarasida) himoyalangandan keyin ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Neft sanoati korxonalarining yonilgʻi uzatish traktlarida ishlashga ruxsat berish va olovli ishlar, uskunalarning toʻxtatilishi, yongʻin-texnik mahsulotlarining tayyorlanishi, qurilish konstruksiyalari, uskunalar, pol yonilgʻi kukuni va changidan tozalangandan keyin amalga oshiriladi. Barcha teshik va tuynuklar berkitilgan boʻlishi, shuningdek qiya galereya, konveyer tasmasi boʻylab va pastdagi belgilarda uchqunning har tomonga uchishiga qarshi choralar koʻrilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvandlashdan oldin va keyin radius boʻylab 10 m dan kam boʻlmagan ish zonasi (qurilish konstruksiyalari, pol va namdan himoyalangan uskunalar ham) katta miqdordagi suv bilan yuvilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Elektr payvandlash simlarining (kabellari) kesimlari va izolyatsiyasi tok va kuchlanishning maksimal kattaligiga mos ravishda qoʻllanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamaytirilgan kesim va pasaytirilgan izolyatsiya sinfini qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Kesimi maksimal payvandlash tokiga toʻgʻri kelishi sharti bilan, poʻlat tasmalar, payvandlash plitalari, payvandlash konstruksiyasining oʻzi qaytuvchi sim sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu shartni bajarish mumkin boʻlmaganda – payvandlash bir xil kesimli va izolyatsiyali ikkita simlarni (keluvchi va qaytuvchi) qoʻllab amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytuvchi sim sifatida ichki temir yoʻllari, nollash tarmogʻi, texnologik qurilmalar va quvurlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Payvandlash agregatlarining alohida qismlarining (transformatorlar, podshipniklar, chyotkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va shunga oʻxshashlar) qizish harorati 75 °C dan oshmasligi shart. Yuqori harorat aniqlanganda, agregat darhol toʻxtatilishi (oʻchirilishi) shart va qizish sabablari aniqlanadi. Payvandlash agregatlari (transformatorlar) notoʻgʻri ekspluatatsiya qilinganda, ularning oʻzlari yongʻinga sabab boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Neft sanoati korxonalarining yonilgʻi uzatish traktlarida payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) ochiq holda oʻrnatish taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlari olib borilayotganda payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) yonmaydigan, zich berkitiladigan shkaflarda oʻrnatish mumkin. Moʻljallangan ishlar tugagandan keyin payvandlash apparatlari doimiy saqlash joylariga olib chiqilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Yonuvchi suyuqlikni qoʻllab kavsharlash va boshqa olovli ishlar olib borilganda, yonilgʻining faqat sutkalik zaxirasini yopiq va sinmaydigan idishlarda, ish joyidan 10 m dan kam boʻlmagan masofada saqlashga ruxsat beriladi. Kavsharlash lampalariga, yonuvchi materiallar va qurilish konstruksiyalaridan 3 m dan kam boʻlmagan masofada, yonuvchi suyuqlikni quyishda xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, shuningdek ishchi bochkalarning nominal bosimida yonilgʻi quyish va olov yoqish mumkin. 3 litr dan ortiq boʻlgan rezervuarlar (kichkina baklar) manometrga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Har bir kavsharlash lampasi va suyuq yonilgʻi bilan olovli ishlar olib boriladigan boshqa apparatlar tartib raqamiga va pasportga ega boʻlishi, har yili texnik shartlarga muvofiq bosim ostida sinovlardan oʻtkazilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Suyuq yonilgʻida ishlaydigan apparatlar portlab ketishining oldini olish uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichkina baklarda va keltiruvchi shlanglarda bosimni koʻpaytirish va ruxsat etilgan qiymatdan yuqori bosimda ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichkina ishchi baklar hajmining 3/4 qismidan koʻprogʻini suyuq yonilgʻi bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik sharoit boʻyicha ishlash uchun moʻljallanmagan yonuvchi suyuqliklarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apparatlar ishlab turganda yoki sovumagan gorelkada yonilgʻi toʻldirish yoki mayda taʼmirlash ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keltiruvchi shlanglarni qisish, aylantirish yoki bukish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq olov yonida apparaturaga yonilgʻi toʻldirish, taʼmirlash va tozalash yoki chekish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Texnologik quvurlarni va qurilmalarni ochiq olovni qoʻllab isitish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Gaz ballonlari, shuningdek yonuvchi suyuqlik solingan apparatlar isitish asboblaridan hamda issiqlikni tarqatish manbai va ochiq olovli oʻchoqlardan 5 m dan yaqin boʻlmagan masofada oʻrnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Gaz ballonlarini uzoq masofaga tashish va saqlash uchun faqat ularning boʻyniga saqlash qopqoqlari burab kirgizilishi sharti bilan ruxsat beriladi. Ballonlar payvandlash joylariga maxsus aravachalar, zambillar, chanalar va boshqa qurilmalarda olib kelinadi. Ballonlarni yelkada va qoʻllarda tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Ballonlarga, ularni shikastlanishga olib keladigan zarbalar berish va mexanik taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Bitumni isitish uchun qurilma (qozonlar) maxsus jihozlangan maydonchalarda, yonuvchi materiallar, binolar va inshootlardan kamida 50 m masofada oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Binolarning yonuvchan tomida bitumli qozonlarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Bitumli qozonlar ishlaganda uning atrofida kamida 2 m masofada yonuvchi chiqindilar va quruq bitum boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Bitumni isitish uchun gazsimon yonilgʻidan foydalanilganda, yonilgʻili ballonlarni shamollatiladigan metall shkaflarda ikkitadan koʻp boʻlmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Ishlayotgan bitumli qozonlarni nazoratsiz qoldirish, shuningdek issiq bitum massasiga suvning tushishi taqiqlanadi. Ish smenasi tugagach, qozonning oʻchoqlari oʻchirilishi va unga suv sepilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yongʻin va yongʻin xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Ishlab chiqarish binolari va xonalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari yordamida tekshirib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(340-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 390-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)