OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Qarori
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1705-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 2, 44, 81, 5-3-6/3 va 2/4-son qarori (roʻyxat raqami 1705, 2007-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 362-modda) bilan tasdiqlangan Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-iyul,
5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-iyul,
50-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-iyul,
37-qq-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 25-iyul,
74-son
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-iyul,
16/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 28-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy loyihalarga ajratiladigan budjet” degan soʻzlar “Ilmiy grant” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan oʻtkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan soʻng ajratiladi.”.
2. Quyidagi tahrirdagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablagʻning 20 foizidan ortmasligi lozim.”.
3. IV bobning nomi va 48 — 52-bandlar “fundamental” degan soʻzdan keyin “va amaliy” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 25-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 25-iyul
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 25-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 392-modda)