Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019 30.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2604
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining qarori, 30.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2604
Кучга кириш санаси
04.08.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI O‘ZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2604]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 429-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2604-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda) muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari N. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2014-yil 7-iyuldagi k-3 va k-1-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda iste’molchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlari davlat metrologiya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan gazni hisobga olish priborlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdan tashqari tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarining tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tekshiruvidan — gazni hisobga olish priborlarining sozligi yoki ularning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — 4 yilda 1-marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — 2 yilda 1-marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish uchun echib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kun oldin iste’molchini gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi rahbari gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida iste’molchilarning o‘z vaqtida ogohlantirilishi uchun mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iste’molchi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun uni echishni so‘rab tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gazni hisobga olish priborlari ekspert tekshiruvidan o‘tkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari, yoxud sudning qarori yoki ajrimiga asosan echib olinishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2017-yil 12-dekabrdagi K-9, A-2-sonli (ro‘yxat raqami 2604-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2604-2/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish uchun echib olish tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi ariza berilgandan so‘ng, besh ish kuni ichida gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun iste’molchi ishtirokida echib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Gazni hisobga olish priborini echib olish vaqtida tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchi ishtirokida gazni hisobga olish priborining o‘rnatilgan plombalari butligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gazni hisobga olish priborining o‘rnatilgan plombalari but bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori echib olinadi va ikki nusxada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi gazni hisobga olish pribori bilan birga iste’molchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun echib olingandan so‘ng, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchining xohishiga ko‘ra uni gaz tarmog‘iga gazni hisobga olish priborisiz ulaydi yoki vaqtincha tarmoqdan uzib qo‘yadi. Iste’molchining gaz tarmog‘iga ulanganligi yoki ulanmaganligi gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iste’molchi gazni hisobga olish priborisiz gaz tarmog‘iga ulangan taqdirda, foydalanilgan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iste’molchi gazni hisobga olish priborini va gazni hisobga olish priborining echib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasini tekshiruvdan o‘tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat metrologiya xizmati organi mas’ul xodimi gazni hisobga olish pribori topshirilganligini tegishli jurnalga qayd qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Gazni hisobga olish priboridagi tekshiruvdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, tipi, markasi, raqami va gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichi) ko‘rish imkoni bo‘lmagan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun qabul qilishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun qabul qilinganda, manfaatdor shaxs va davlat metrologiya xizmati organi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish va ta’mirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Gazni hisobga olish pribori davlat metrologiya xizmati organi tomonidan uch kun ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gazni hisobga olish priborini ekspert tekshiruvidan o‘tkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqli deb topiladi va davlat metrologiya xizmati organi tomonidan iste’molchiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Gazni hisobga olish pribori uning hisoblash mexanizmi va sozlash elementiga o‘zgartirish kiritishning oldini olish maqsadida davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va shu kunning o‘zida bu haqda davlat metrologiya xizmati organi mas’ul xodimi tomonidan iste’molchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Gazni hisobga olish pribori yaroqsiz deb topilgan taqdirda, iste’molchi uni ta’mirlash uchun ta’mirlash tashkilotlariga topshirishi yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan boshqa gazni hisobga olish priboridan foydalanishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2015-yil 12-martdagi k-3, k-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2604-1, 23.03.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 12-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Gazni hisobga olish priborini ta’mirlash tashkiloti tomonidan texnik tekshirishdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat metrologiya xizmati organining mas’ul xodimi ta’mirlangan gazni hisobga olish priborlarini ta’mirlash tashkilotining o‘zida tekshiruvdan o‘tkazish uskunasidan foydalangan holda tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazishning natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, shu kunning o‘zida davlat metrologiya xizmati organining mas’ul xodimi gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, gazni hisobga olish priborini plombalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tekshiruvdan o‘tkazilgan gazni hisobga olish priborini o‘rnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Iste’molchi tekshiruvdan o‘tkazilgan gazni hisobga olish priborini o‘rnatish uchun tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi ariza qabul qilingandan so‘ng ikki kun ichida gazni hisobga olish priborini o‘rnatib berishi lozim. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi gazni hisobga olish priborini o‘rnatishdan oldin uning tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikatning mavjudligi va plombalarining butligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchi tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan o‘tkazilganligi haqidagi sertifikat nusxasini taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi mutaxassisi gazni hisobga olish priborini o‘rnatgandan so‘ng, iste’molchini gaz tarmog‘iga ulash shtutsyerlarini plombalaydi va ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning bir nusxasini iste’molchiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Gazni hisobga olish pribori o‘rnatilgandan so‘ng, gazni hisobga olish pribori ro‘yxatga olinadi va foydalanilgan gaz gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichiga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘ztransgaz” AK va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftgaz” MXK raisi Sh. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” AK Boshqaruv raisi Sh. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Gazni hisobga olish priborining
‎echib olinganligi to‘g‘risida
‎ DALOLATNOMA

‎‎Iste’molchi raqami ___________‎
‎‎____________________________________________ 201_ yil “____” _____________

‎‎(iste’molchi F.I.O.)

‎‎Men, _____________________________________________________________ vakili

‎‎‎(gaz ta’minoti korxonasi filiali va bo‘limining nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(vakil F.I.O.)

‎iste’molchi ___________________________________________________ ishtirokida

‎‎“___” ___________ 201_ yilda iste’molchiga tegishli bo‘lgan _____________________ ____________________________________________ gazni hisobga olish priborining

��‎(gazni hisobga olish priborini turi, nomi, ishlab chiqarish joyi, raqami)

‎echib olinganligi va tekshiruvdan o‘tkazish uchun iste’molchining qo‘liga berilganligi haqidagi mazkur dalolatnomani tuzdim.

‎‎Gazni hisobga olish priborini ko‘rsatkichi ________ m3 ni tashkil qiladi.
‎Gazni hisobga olish pribori ko‘rikdan o‘tkazilganda _____________________________
‎‎______________________________________________________________ aniqlandi.
‎‎Gazni hisobga olish priboridan _____________-sonli plombalar echib olindi.

‎‎Iste’molchi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan o‘tkazish uchun mazkur dalolatnomaning bir nusxasi bilan birga topshirishi kerak.

‎‎Iste’molchi gazni hisobga olish priborisiz tarmoqqa _________________________di.

‎‎(ulandi yoki ulanmadi)

‎‎Gaz ta’minoti korxonasining mas’ul xodimi:

____________

_____________________‎‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

Dalolatnoma bilan tanishdim: ‎‎‎_________________ ‎

‎‎_____________________‎‎

‎‎(iste’molchining imzosi) ‎

‎‎(iste’molchining F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gazni hisobga olish priborini o‘rnatish haqida
‎DALOLATNOMA

‎‎____________________________________________ 201_ yil “____” _____________

‎‎(iste’molchi manzili)

‎‎Men, _______________________________________________________ mas’ul xodim

(gaz ta’minoti korxonasi filiali va bo‘limining nomi)

‎‎________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎iste’molchi ________________________________________________________ bilan

(iste’molchi F.I.O.)

iste’molchiga tegishli bo‘lgan _______________________________________________

(gazni hisobga olish priborini turi, nomi, ishlab chiqarish joyi, raqami)

gazni hisobga olish priborining gaz tarmog‘iga o‘rnatilganligi haq�dagi mazkur dalolatnomani tuzdim.

Gazni hisobga olish pribori texnik tekshirishdan o‘tkazilganda ____________________
‎‎______________________________________________________________ aniqlandi.
Gaz tarmog‘iga va gazni hisobga olish priboriga ________________ raqamli plombalar o‘rnatildi.
‎‎Gaz ta’minoti korxonasining mas’ul xodimi:

____________

_____________________‎‎

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

Dalolatnoma bilan tanishdim: ‎‎‎_________________ ‎

‎‎_____________________‎‎

‎‎(iste’molchining imzosi) ‎

‎‎(iste’molchining F.I.O.)

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 31-son, 387-modda; 2015-y., 12-son, 141-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2604-2/0439-son)