ILOVA
1-ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
||
|
Yer qaʼridan foydalanuvchilar |
1. Geologik oʻrganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor koʻpaytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bayonnomalarini rasmiylashtiradi. 2. Geologik oʻrganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) boʻyicha qarorini rasmiylashtiradi. 3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yoʻqotish) va foydali qazilmalarning tezkor oʻzgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini tayyorlaydi. |
Har yili 1-fevralga qadar |
||
|
Yer qaʼridan foydalanuvchilar |
Hisobotlarni Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (yoki qayta tasdiqlash) boʻyicha tegishli qarorlarining nusxalari va idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bayonnomalari bilan birgalikda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali Davlat geologiya fondiga taqdim etadi. |
Har yili 1-fevralga qadar |
||
|
Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yoʻqotish) va foydali qazilmalarning tezkor oʻzgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali kelishish uchun Inspeksiyaga taqdim etadi. |
||||
|
Inspeksiya |
Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yoʻqotish) va foydali qazilmalarning tezkor oʻzgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini kelishadi va Davlat geologiya fondiga yuboradi. Hisobot balanslarining kelishilganligi haqida “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yer qaʼridan foydalanuvchilarni xabardor qiladi. |
5 kunda |
||
|
Davlat geologiya fondi |
Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobot balanslarini umumlashtiradi, foydali qazilmalar turlari boʻyicha davlat balansini tayyorlaydi va oʻrganib chiqish uchun Kon-geologiya vazirligiga taqdim etadi. |
Har yili 15-aprelgacha |
||
|
Kon-geologiya vazirligi |
Davlat balansini oʻrganishni yakunlaydi va nashr qilishga ruxsat beradi. Davlat balansi tarqatiladigan davlat organlari va korxonalar roʻyxatini tasdiqlaydi. |
Har yili 1-maygacha |
2-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi va Davlat geologiya fondiga taqdim etish. |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Geologik oʻrganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini yuritish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tasarrufidagi Davlat geologiya fondi. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Geologik oʻrganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor koʻpaytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bayonnomasi. 2. Geologik oʻrganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi qarori. 3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yoʻqotish) va foydali qazilmalarning tezkor oʻzgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslari. |
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
Yigʻim undirilmaydi |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori: |
Yigʻim undirilmaydi |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddati: |
5 ish kuni |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Hisobot balanslariga quyidagilar aks ettiriladigan tushuntirish xati ilova qilinadi: birinchi marta davlat balansiga kiritilayotgan konlar uchun — foydali qazilmalar zaxiralarining joylashgan joyi, miqdori, sifati, oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirilish darajasi, rudalarning texnologik xususiyatlari, konlarda qazib olishning konchilik-geologiya, konchilik-texnik, gidrogeologik shart-sharoitlari, texnik-iqtisodiy baholashning asosiy koʻrsatkichlari, qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan taʼminlanganligi; davlat balansida hisobga olingan konlar uchun — konchilik-geologiya va texnik-iqtisodiy xususiyatning yangi maʼlumotlari, foydali qazilmalarning yangi aniqlangan qatlamlari, qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mineral xom ashyodan kompleks foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarining koʻpaytirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, balansdan tashqari zaxiralarning oʻzgarishi (mavjud boʻlganda) va zaxiralarni hisobdan chiqarish sabablari. Foydali qazilmani qazib chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda foydali qazilmani kamaytiradigan boʻsh jinslarni hisobga olmagan holda, agar ular balansdagi zaxiralarga kiritilmagan boʻlsa, yer qaʼridan olinadigan mineral xom ashyoning barcha miqdori hisobga olinadi. Hisobot balansida qazib chiqarib kamaytirilgan va tovar rudalari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Qandaydir sabablarga koʻra, oʻtgan yillar uchun ilgari hisobga olinmagan foydali qazilmani qazib chiqarish hisobot yili uchun qazib chiqarish bilan birga koʻrsatish, biroq oʻtgan yilda qazib olingan xom ashyoni izohda koʻrsatish. Agar davlat balansida hisobga olingan kompleks rudalardagi yoʻldosh komponentlar yer qaʼridan asosiy foydali qazilma bilan birga qazib chiqarilsa, biroq keyingi texnologik qayta ishlashda yoʻqotilsa, izohda hisobdan chiqariladigan zaxiralar qazib olinganini, lekin texnologik qayta ishlashda yoʻqotilganligini koʻrsatish. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Yer qaʼridan foydalanuvchilar har yili 1-fevralga qadar geologik oʻrganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini taqdim etadi. |
|
12. |
Izoh: |
Quyidagilar Davlat balansini yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi: foydali qazilmalar zaxiralari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan foydali qazilmalarning miqdori, sifati, ularning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir turi boʻyicha oʻrganilganligi va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va turkumlashtirish; respublika hududlari boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzgarishini hisobga olgan holda, konlar boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarining har yilgi harakatlarini tahlil qilish va hisobga olish; davlat hokimiyati organlarini respublika va alohida hududlar mineral-xom ashyo bazasining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash. |
3-ILOVA