|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul bajaruvchilar |
2003-yilga xarajatlar (mln so‘m) |
Mablag‘ bilan ta’minlash manbai |
Taqdim etilayotgan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
|
I. Mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||||
| 1. | “Mahalla – tuman, shahar hokimliklari” tizimida huquqiy munosabatlar tahlili va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari |
Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 2. | Mahallalarning huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan huquqiy munosabatlari tahlili hamda qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli takliflar tayyorlash | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari |
Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 3. | “Mahalla” xayriya jamg‘armasining maqomini ko‘tarish va vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha tahlil va takliflar tayyorlash | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, Adliya vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 4. | Yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini hisobga olgan holda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun loyihasi |
| 5. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, Adliya vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | O‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish |
| 6. | Respublika oqsoqollar kengashi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari huquqiy maqomini ko‘tarish va vakolatlarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 7. | Mahalla va fuqarolar yig‘ini faoliyatining holatini o‘rganish, ular faoliyatining tashkiliy shakllarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 8. | “Fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini ma’muriy komissiyasi to‘g‘risida”gi namunaviy nizomlarni ishlab chiqish | 2003-yil I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
| 9. | Mahallaning jamoatchilik nazorat organi sifatidagi rolini kuchaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar |
| 10. | Mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plamini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, I chorak | Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti |
- | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Qonun hujjatlari to‘plami |
| 11. | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning namunaviy tarkibini va shartlarini ishlab chiqish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilash, xodimlar sonini xonadonlar soniga, shuningdek, budjetdan tashqari olinadigan daromadlarga muvofiqlashtirish | 2003-yil, II chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
- | - | Vazirlar Mahkamasi qarori |
| 12. | Mahalla oqsoqollari (raislari) va faollarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi o‘quv kurslari tashkil etish | Doimo | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Toshkent davlat yuridik instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Bajaruvchilarning qo‘shma qarori. O‘quv kurslari rejasi |
|
II. Mahallalarda tadbirkorlikni kuchaytirish, xizmatlar va savdo sohasini rivojlantirish hamda kichik biznes sohasi orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish | ||||||
| 13. | Mahallalar hududida xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni mikromoliyalashtirish uchun ijtimoiy investitsiyalar jamg‘armasi tashkil etish | 2003-2004-yillar | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, TASIS dasturi | 778 ming Yevro | TASIS | Normativ va ijroiya hujjatlar turkumi. Xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni mikromoliyalashtirishga qo‘shimcha manbalarni jalb etish |
| 14. | Mahalla aholisining tadbi��korlik faoliyatini rivojlantirish uchun respublika mintaqalarida kredit uyushmalari tarmoqlarini tashkil etish | Yil davomida | Markaziy bank, kredit uyushmalarining tashabbuskor guruhi | So‘m ekvivalentida 600 ming AQSh dollari (kredit uyushmasiga 10 ming AQSh dollaridan 20 ming AQSh dollarigacha) |
Muassislarning pay badallari, OTBning texnik yordami | Normativ va ijroiya hujjatlar turkumi. Mahallalarda tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish |
| 15. | Mahallalarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun tijorat banklarining kredit liniyalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobiga moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlash | Yil davomida | Tijorat banklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi | 30000,0 | Tijorat banklari kreditlari, Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi, Biznes-fond | Tegishli tartibda tasdiqlangan kredit loyihalari |
| 16. | Mahalla aholisini ish bilan ta’minlash uchun kichik va o‘rta biznes sohasida 160 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etish, jumladan: 75 ming o‘rin – kichik korxonalar tashkil etish hisobiga; 60 ming o‘rin – yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga; 20 ming o‘rin – dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga; 5 ming o‘rin – oilaviy biznesni va kasanachilik mehnatini tashkil etish hisobiga |
Yil davomida | Hokimliklar, Davlat mulki qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | 80000,0 | Tijorat banklari kreditlari, Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi, Biznes-fond, korxonalar va aholi mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar | Ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlari tashkil etish hududiy dasturlari. Aholi daromadlari o‘sishining barqaror manbalarini shakllantirish, mahalla aholisining ish bilan ta’minlanishi va farovonligi darajasini oshirish |
| 17. | Mahallalar hududida joylashgan ishlab chiqarish binolarini hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etish, xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanish va aholiga turli xizmat ko‘rsatish uchun ijara shartlarida ajratish. Marketing va menejment masalalarida tadbirkorlarga metodik va amaliy yordam ko‘rsatish | Yil davomida | Tuman, shahar va viloyatlar hokimliklari, Davlat mulki qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi | - | - | Hokimliklarning qarorlari. Hunarmandchilikni, xalq hunarmandchiligini, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish |
| 18. | Mahallalarda ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi punktlar tashkil etish hamda ushbu punktlarda mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining ishlashini ta’minlash | 2003-yil, IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 25,0 | Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi | Hokimliklarning qarorlari. Fuqarolarni qabul qilish punkti to‘g‘risidagi nizom. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyrug‘i, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha mahalla aholisiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish |
| 19. | “Tashabbus-2004” tanloviga 2003-yil yakunlari bo‘yicha “Mahallaning rivojlanishi va obodonligiga ulush qo‘shgan eng yaxshi tadbirkor” nominatsiyasini kiritish | 2003-yil, II chorak | Tanlov tashkiliy qo‘mitasi | 1,0 | Tanlov mablag‘lari | Tanlov to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha. Mahallani rivojlantirish va obodonlashtirishga tadbirkorlarning ulush qo‘shishini rag‘batlantirish |
| 20. | Mahallalar hududida “Maishiy xizmat markazi”ning 950 ta maishiy shoxobchasini tashkil etish, ularni zarur asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar bilan ta’minlash | Yil davomida | Maishiy xizmat ko‘rsatish tuman (shahar) hududiy uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 174,0 55,0 155,0 |
Tijorat banklari va Biznes-fond kreditlari. Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining kredit liniyalari bo‘yicha aholi va tadbirkorlar mablag‘lari | Hokimliklarning qarorlari, maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari bo‘yicha buyruqlar. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish, maishiy xizmatlar hajmining 0,5 mlrd so‘mga ortishi |
| 21. | Mahallalarda joylashgan, “Matlubotsavdo” va “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalariga qarashli bo‘lgan savdo shoxobchalari va sexlarini ta’mirlash | Yil davomida | “Matlubotsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari | 20,0 | “Matlubotsavdo” va “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari mablag‘lari | “Matlubotsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari bo‘yicha buyruqlar. Bevosita mahallalarda qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish |
|
III. Mahalla ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish | ||||||
| 22. | “Mahallalar va korxonalar”ning o‘zaro aloqa va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish va hamma joyda joriy etish. Buning uchun: har bir mahalla hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ro‘yxatini aniqlashtirish; manfaatdor tomonlar bilan birgalikda korxonalar va mahallalarning otalig‘i va o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish va joriy etish; mahalla faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalarning otalig‘ini yo‘lga qo‘yish; |
2003-yil I chorak 2003-yil I chorak 2003-yil, I chorak | Hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, “Mahalla” jamg‘armasi | - | - | Hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar va mahallalarning qo‘shma qarorlari |
| 23. | Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida va ularning yordamida har bir mahallani obodonlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | Ishlab chiqish —2003-yil, I choragi, joriy etish – 2003-yil II choragidan | Tuman va shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, korxonalar va tashkilotlar | - | Bajaruvchilar mablag‘lari | Mahalla aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash. |
| 24. | Mahalla guzarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida namunaviy nizomni ishlab chiqish va joriy etish | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi | - | - | Mahalla guzarlari faoliyati to‘g‘risida namunaviy nizom |
| 25. | Mahalla guzarlari qurish | Yil davomida | Hokimliklar | 18900,0 | Aholi va homiylar mablag‘lari | Hokimliklarning qarlari. Guzarlarda mahallalarning ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish |
| 26. | “Navro‘z” va “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni”ni bayram qilishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha umumxalq hasharlari o‘tkazish | 2003-yil mart, avgust | “Mahalla” jamg‘armasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Hududlarni obodonlashtirish, infratuzilma ahvolini yaxshilash. “Mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini to‘ldirish |
| 27. | 433 mahallada 2,6 ming km gaz tarmoqlarini va 436 mahallada 1720 km suv quvurlari tarmoqlarini ishga tushirish hisobiga aholining tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlanishi darajasini oshirish | Yil davomida | “O‘zkommunxizmat” agentligi, hokimliklar, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi | budjet – 6000; markazlashtirilmagan manbalar – 12769,0 |
Mahalliy budjet, korxonalar va aholi mablag‘lari | Gazlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlashning tasdiqlangan dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hokimliklar, vazirliklar va idoralarning qarorlari. Mahallalar aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash |
| 28. | 1140 ming xonadonda gaz �lchash moslamalari sotib olish va o‘rnatishda mahallalar aholisiga ko‘maklashish | Yil davomida | “O‘zkommunxizmat” agentligi, hokimliklar | 34200,0 | Budjet va aholi mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | “O‘zkommunxizmat” agentligi buyrug‘i. Gazdan tejab foydalanilishini ta’minlash |
| 29. | 12500 ming kv.m uy-joy fondini, shu jumladan, idoraviy uy-joylarni mukammal ta’mirlash hisobiga mahallalar aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash. | Yil davomida | Hokimliklar, idoralar | 15461,0 shu jumladan budjet — 2500 |
Mahalliy budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalar, aholi mablag‘lari | Hokimliklar bo‘yicha qarorlar, idoralar bo‘yicha buyruqlar. Mahallalar aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash. |
| 30. | 500 mahallada mavzelar ichidagi 1000 km yo‘lni ta’mirlash, asfaltlash va obodonlashtirish. | Yil davomida | Hokimliklar | 4778,5 – markazlashtirilmagan manbalar 950,0 – ish bilan ta’minlash jamg‘armasi |
Korxonalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lari. Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi | Ish bilan ta’minlash jamg‘armasining hokimliklarga o‘tkaziladigan mablag‘larining 5 foizini mahallalar ichidagi yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qilishga yo‘naltirish to‘g‘risida hokimliklarning qarorlari va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bo‘yicha buyruq. Mahallalarda yo‘llarning ahvolini yaxshilash |
| 31. | Yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi fuqarolarning uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘liq to‘lashlarini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, yig‘im 100 foiz bo‘lganda to‘plangan mablag‘larning 15 foizini va to‘lovlar yig‘imi 75 foiz bo‘lganda 7 foizini mahalla hisob raqamiga o‘z vaqtida va to‘liq ajratish yo‘li bilan mahallalarni amalda rag‘batlantirishni nazarda tutish | Yil davomida | “O‘zkommunxizmat” agentligi, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 1000,0 | Aholining kommunal to‘lovlari hisobiga | Vazirlar Mahkamasi qarori, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘yicha buyruqlar. Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatishni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini shakllantirish |
| 32. | 1200 mahalla va aholi punktlarini telefonlashtirish yo‘li bilan aholining aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini oshirish | Yil davomida | Aloqa va axborotlashtirish agentligining hududiy bo‘linmalari | 11905,7 | Aloqa va axborotlashtirish agentligi, aholi mablag‘lari | Aloqa va axborotlashtirish agentligi bo‘yicha buyruq. Aholining aloqa vositalaridan foydalanishini yaxshilash |
| 33. | So‘zlashuv punktlari, Internet-tarmoqlari va boshqa aloqa vositalari tashkil etish yo‘li bilan qishloq mahallalarida aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish | 2003-yil, IV chorak | Aloqa va axborotlashtirish agentligining hududiy bo‘linmalari | 150,0 | Aloqa va axborotlashtirish agentligi mablag‘lari | Aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori. Aloqa xizmatlarini mahallalar aholisiga yaqinlashtirish |
| 34. | Foydalanilma�tgan noturar joy binolarining zarur qismini mahallalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun o‘zini o‘zi boshqarish organlari ixtiyoriga berish to‘g‘risida takliflar kiritish | 2003-yil, IV chorak | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, hokimliklar, “Mahalla” jamg‘armasi | - | - | Hokimliklarning qarorlari. Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish tuzilmasi obyektlari tashkil etilishiga ko‘maklashish |
| 35. | Mahallalar o‘rtasida “Kommunal xizmatlarni namunaviy to‘lovchilar” tanlovi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish hamda tuman, viloyat va respublika darajasida tanlov o‘tkazish | 2003-yil, I chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Mahalla” jamg‘armasi | 20,0 | “O‘zkommunxizmat” agentligi mablag‘lari | Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom. Aholining kommunal xizmatlar uchun to‘lovni to‘liq to‘lashini ta’minlashda mahallalarning ijobiy tajribasini rag‘batlantirish va yoyish |
| 36. | “Eng obod mahalla” respublika ekologik ko‘rik-tanlovini quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkazish: ichimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish; elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash; yer uchastkalaridan samarali foydalanish; maishiy chiqindilarni qisqartirish chora-tadbirlarni ko‘rish; mahallalarning namunaviy sanitariya ahvoli |
2003-yil fevral-noyabr | “Mahalla” jamg‘armasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, hokimliklar | 10,0 | “Mahalla” jamg‘armasi va homiylar mablag‘lari | Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, tanlovda qatnashishga �ahalla qo‘mitalarini jalb etish |
|
IV. Kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash | ||||||
| 37. | “Yosh oilani mustahkamlash mahalla ahli va oqsoqollarining burchidir” shiori ostida mahallalardagi xotin-qizlar qo‘mitasi yarashtiruv komissiyalari, oqsoqollar kengashlari vakillaridan iborat yosh oilalar bilan ishlovchi maxsus guruh – komissiya tuzish. Komissiya zimmasiga yosh oilalar turmushi monitoringini olib borish vazifasini yuklash | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi | | | Yosh oilalarni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash |
| 38. | Quyidagilarni: bolani 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilganlik uchun kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan ishlamaydigan onalarga nafaqalar; kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; voyaga yetmagan bolasi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga nafaqalar tayinlash va to‘lashda nafaqalarning aniq yo‘naltirilganligini, oshkoraligini kuchaytirish va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishini yaxshilash yo‘li bilan kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash |
Har oyda | Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi | 61159,0 6290,0 79551,0 |
Budjet mablag‘lari | Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarori. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq tarzda yo‘naltirilganligini kuchaytirish |
| 39. | Vazirlar Mahkamasining qar�riga binoan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish | 2003-yil, II chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 600,0 | - | Qaror loyihasi |
| 40. | Kam ta’minlangan va ko‘p bolali, moddiy yordamga muhtoj oilalarga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish maqsadida korxonalar daromadlarining soliq solinadigan bazasini mahallaga ko‘rsatiladigan xayriya yordami miqdorida, biroq soliq solinadigan daromadning 1 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda kamaytirishni nazarda tutish | 2003-yil, II chorak | Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi | 1500,0 | Korxonalar mablag‘lari | Soliq kodeksining 32-moddasiga qo‘shimchalar kiritish. Kam ta’minlangan oilalarga va ehtiyojmand bolali oilalarga qo‘shimcha ijtimoiy yordam berish manbalarini shakllantirish |
| 41. | Mehnat va fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga nafaqa to‘lanishini va ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashdagi o‘zaro hamkorligini kuchaytirish | Yil davomida | Mehnat, ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari | 1600,0 | Ish bilan ta’minlash jamg‘armasi mablag‘lari | Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish |
| 42. | Tijorat banklarining kreditlari va budjetdan t�shqari manbalar hisobiga ro‘zg‘or xo‘jaligini yuritishda kam ta’minlangan yosh oilalarga ssuda ajratish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish | 2003-yil, II chorak | Markaziy bank, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “O‘zuyjoyjamg‘armabank”, Xalq banki | 900,0 | Tijorat banklari mablag‘lari | “Yosh oilalarga ssuda ajratish tartibi to‘g‘risida” nizom. Kam ta’minlangan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash |
| 43. | Boquvchisiz qolgan va kam ta’minlangan oilalarning bolalariga; bolalar uylari va maktabgacha muassasalar tarbiyalanuvchilariga muruvvat yordami ko‘rsatish | Yil davomida | “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi | 650 mln so‘m, 260 ming AQSh dollari | “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, AQSh grantlari, homiylar mablag‘lari | Muruvvat yordami ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror. Bolalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish |
| 44. | Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar bolalarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bepul yozgi dam olishini ta’minlash | 2003-yil iyun-avgust | Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar | | Homiylar mablag‘lari | Bajaruvchilarning qarorlari. Kam ta’minlangan oilalarning bolalarini ijtimoiy muhofaza qilish |
| 45. | Qishloq mahallalarida maktab bozorlari va ularda bolalar kiyimi va poyabzalini 20% chegirma bilan sotilishini tashkil etish | 2003-yil iyul-sentyabr | Viloyat “Matlubotsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari | 11,0 | “Matlubotsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari, mablag‘lari | “O‘zbekbirlashuv” kompaniyasi, “Matlubotsavdo” AK bo‘yicha buyruqlar. Qishloq bolalarini o‘quv yiliga tayyorlash |
| 46. | Kam ta’minlangan oilalarning bolalariga, nogironlarga, yolg‘iz pensionyerlarga Hayit, Navro‘z, Mustaqillik, Yangi yil bayramlarida qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish | Yil davomida | Viloyat “Matlubotsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” kompaniyalari, “Mahalla” jamg‘armasi | 17,0 1200,0 |
“O‘zbekbirlashuv” kompaniyasi mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | Bajaruvchilarning buyruqlari va qarorlari. Ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash |
|
V. Keksa avlodga e’tibor berish va g‘amxo‘rlik qilishni kuchaytirish | ||||||
| 47. | Yolg‘iz pensionyerlarga: kommunal xizmat va boshqa xarajatlarga haq to‘lash; vrachlarning retseptlari bo‘yicha dori-darmonlar bilan bepul ta’minlash; statsionarlarda bepul ovqatlanish; yer va mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilishi masalasini ko‘rib chiqish |
Har oyda | Hokimliklar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 909,2 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet, homiylarning mablag‘lari | Hokimliklarning qarori. O‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksa pensionyerlar, nogironlarga aniq yo‘naltirilgan moddiy yordam ko‘rsatilishini kuchaytirish |
| 48. | Homiylarning qo‘llab-quvvatlashini kengaytirish asosida ehtiyojmand yolg‘iz keksa pensionyerlar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatish | Muntazam ravishda ikki oyda kamida bir marta | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi | 500,0 | Homiylar mablag‘lari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bo‘yicha buyruq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari. Yolg‘iz keksa fuqarolarga aniq yo‘naltirilgan moddiy yordam ko‘rsatilishini kuchaytirish |
| 49. | Yolg‘iz keksa pensionyerlar, nogironlarga hamda boquvchisiz qolgan bolalarga aniq yo‘naltirilgan muruvvat yordami ko‘rsatishni kengaytirish | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muruvvat yordami bo‘yicha ishchi guruh, “Mahalla” jamg‘armasi | 400,0 | Muruvvat tashkilotlari va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy Kompleksi protokoli |
| 50. | Toshkent shahar hokimligining pensionyerlar va nogironlarning ayrim toifalari uchun shahar jamoat transportida yurish bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni to‘liq hajmda saqlab qolgan holda yolg‘iz pensionyerlarning oylik yo‘l kartochkalarini sotib olishida 50% miqdorida chegirma berish bo‘yicha tajribasini hamma joyda joriy etish | Doimo | Hokimliklar, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi | 1500,0 | Transport korxonalari mablag‘lari | Tegishli hokimliklarning qarorlari. Pensionyerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash |
| 51. | “Maishiy xizmat markazi” AJ va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining sartaroshxonalar, kimyoviy tozalash shoxobchalari va hammom, kir yuvish kombinatlari xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha pensionyerlar va nogironlar uchun ushbu xizmatlar preyskurant qiymatining kamida 30 foizi miqdorida chegirma joriy etish to‘g‘risidagi taklifini hamma joyda joriy etish | Doimo | Hokimliklar, “Maishiy xizmat markazi”, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi | 50,0 | Korxonalar mablag‘lari | “Maishiy xizmat markazi” AJ bo‘yicha buyruq. Pensionyerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish |
| 52. | Muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolar va nogironlarning kvartiralari, uylari va maishiy xonalarini ta’mirlash | Doimo | Hokimliklar, “Mahalla” jamg‘armasi | 50,0 | Homiylar mablag‘i | Hokimliklar qarorlari. Yolg‘iz fuqarolarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash |
| 53. | Ishsiz fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uylariga borib ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 60,0 | Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘i | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bo‘yicha buyruq. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olishni kengaytirish va budjet mablag‘larini tejash |
| 54. | Yolg‘iz keksalarning ijtimoi�-maishiy ehtiyojlari, salomatligi va moddiy ahvoli monitoringini yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimliklar, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari | 1,0 | Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi | Bajaruvchi tashkilotlar qarorlari. Keksa avlodning aniq ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash asosida ijtimoiy muhofazaning aniq yo‘naltirilganligini oshirish |
|
VI. Mahallalar aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsatishni yaxshilash. | ||||||
| 55. | Barcha pensionyerlarni, nogironlarni, shu jumladan nogiron bolalarni, yolg‘iz keksa fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 3500,0 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet mablag‘i, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mablag‘i | Bajaruvchi tashkilotlar bo‘yicha buyruqlar va qarorlar. Pensionyerlar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolar kasallanishining oldini olish |
| 56. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining tibbiy-sanitariya xizmati kuchlari bilan ixtisoslashtirilgan temir yo‘l poyezdlarida respublikaning uzoq tumanlarida yashaydigan keksalarni muntazam puxta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish | Yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazi�ligi | 30,0 | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi va homiylar mablag‘i | Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining qo‘shma buyrug‘i. Pensiya yoshidagi kamida 10 ming kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlash |
| 57. | “EKOSAN” salomatlik poyezdini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ekologik ahvol murakkab tumanlariga yuborish | 2003-yil aprel-iyul | “EKOSAN” jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi | 40,0 | “EKOSAN” jamg‘armasi mablag‘i | “EKOSAN” jamg‘armasi qarori. Og‘ir ekologik ahvoldagi tumanlar aholisini muruvvat yordami bilan ta’minlash |
| 58. | Oila, mahalla, sog‘liqni saqlash organlari, ta’lim va boshqa muassasalar, jamoat tashkilotlarining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorligi tizimini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish | Ishlab chiqish – 2003-yil I choragi, Joriy etish – II choragidan boshlab | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bolalar fondi, “Mahalla”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 5,5 | Bajaruvchilar, YUNISEF, homiylar mablag‘i | Tadbirlar kompleksi. Tizimni joriy etish jadvali. Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish |
| 59. | Sog‘lom turmush tarzi, uy-joy va ovqatlanish gigiyenasi, xo‘jalik va maishiy chiqindilarni zararsizlantirish mavzusida bukletlar, plakatlar tayyorlash va ularni mahalla aholisi orasida tarqatish | 2003-yil, III chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahallalar, “Sharq” kompaniyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | 10,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari | Bajaruvchilarning qarorlari. Mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish |
| 60. | Barcha muhtoj keksalar va nogironlarni protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 530,0 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyrug‘i. Nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyojlarini to‘liq qoplash |
| 61. | Barcha immobil, muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning qo‘l-oyoqlarini uyida protezlashni ta’minlash | Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 5,0 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet, protez korxonalari mablag‘i | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug‘i. Keksalar, pensionyerlar va nogironlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish |
| 62. | Keksalar va nogironlarning nogironlar aravachalariga, qo‘ltiqtayoq, hassa va eshitish apparatlariga ehtiyojini ta’minlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 175,7 – budjet mablag‘i, 155,0 – homiylar mablag‘i |
Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet mablag‘i | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug‘i. Muhtojlarning nogironlar aravachalari va eshitish apparatlari bilan ta’minlanganlik darajalarini oshirish |
| 63. | Muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni optik ko‘zoynaklar va tish protezlari bilan to‘laroq ta’minlash | Yil davomida | Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Navro‘z” jamg‘armasi | 36,8 | Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet, “Navro‘z” jamg‘armasi va homiylar mablag‘i | Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i, “Navro‘z” jamg‘armasi qarori. Yolg‘iz keksalar va pensionyerlarni optik ko‘zoynaklar va tish protezlari bilan ta’minlashni yaxshilash |
| 64. | Har bir tumanda yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning dam olish jamoatchilik markazlarini tashkil etish ishlarini tugallash, ularning doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va aholining mazkur toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish | 2003-yil, IV chorak | Hokimliklar, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, homiylik tashkilotlari | 50,0 | Homiylar mablag‘lari | Hokimliklar qarorlari |
| 65. | Tuman markazlaridan olis qishloq va ovullarda yashaydigan keksalar, pensionyerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish | Yil davomida | Qizil yarim oy jamiyati, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 6,0 | Bajaruvchilar mablag‘i, homiylarning ajratilgan mablag‘lari doirasida | Tibbiy-ijtimoiy yordam patronaj brigadalari to‘g‘risida nizom. Uzoq tumanlarda yashaydigan pensionyerlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash |
| 66. | Yotib qolgan keksalar uchun patronaj hamshiralari tizimini kengaytirish | Doimo | Qizil yarim oy jamiyati, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimliklar, jamoat tashkilotlari va xayriya jamg‘armalari | 40,0 | Homiylar mablag‘i | Bajaruvchilarning qo‘shma qarorlari. Yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni dori-darmonlar bilan ta’minlashni yaxshilash |
| 67. | Har yili 20 mingtagacha urush va mehnat faxriylari, pensionyerlarning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanatoriylarida va mahalliy shifoxonalarda salomatliklarini tiklashlarini ta’minlash | Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, vazirliklar va idoralar | 568,0 – budjet 140,0 – homiylar mablag‘lari |
Ajratilgan mablag‘lar doirasida budjet, homiylarning mablag‘lari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug‘i. Pensionyerlarni aniq yo‘naltirilgan tarzda sog‘lomlashtirish |
| 68. | Semashko nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga va uning filiallariga 500 yo‘llanma; Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining sanatoriylariga (“Oltiariq”, “Tovoqsoy”, “Nuroniylar oromgohi”) 3000 yo‘llanmani bepul ajratish yo‘li bilan kamida 3500 ehtiyojmand yolg‘iz keksalarni sanatoriy-kurort muassasalarida sog‘lomlashtirish |
Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi | 155,0 | Ajratilgan mablag‘lar doirasidagi budjet mablag‘i | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma buyrug‘i. Ehtiyojmand yolg‘iz keksalarni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini kengaytirish |
| 69. | Mahallalar hududida bolalar maydonchalarini tiklash va rekonstruksiya qilish | Yil davomida | “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi, “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, hokimliklar | 150,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari | Hokimliklarning qarorlari. Bolalarning dam olishini tashkil etish |
| 70. | 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barcha davlat sport inshootlari seksiyalarida sport mashg‘ulotlari bilan bepul shug‘ullanishini ta’minlash | Doimo | Hokimliklar, Davlat sport qo‘mitasi, sport jamiyatlari, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari | 150,0 | Homiylar va sport inshootlari egalari mablag‘i | Hokimliklar, Davlat sport qo‘mitasi, sport inshootlari rahbarlarining qarorlari. Kam ta’minlangan oilalar bolalarining sport bilan erkin shug‘ullanishini ta’minlash |
| 71. | Mahallalar o‘rtasida bolalarning dam olishini tashkil etish bo‘yicha tanlov o‘tkazish | 2003-yil, IV chorak | “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati hokimliklar, “Mahalla” jamg‘armasi | 1,0 | “Bolalar” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy hara�ati, “Mahalla” jamg‘armasi | Hokimliklar qarorlari. “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati boshqaruvi qarori. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun bolalar dam olishini tashkil etish bo‘yicha rag‘batlar yaratish |
| 72. | Mahallalar bolalari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi” va “Mahalla pahlavonlari” an’anaviy musobaqalarini o‘tkazish | Yil davomida | Davlat sport qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Futbol federatsiyasi, Kurash federatsiyasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Vatanparvar” tashkiloti, “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi | 10 | Bajaruvchilar mablag‘i | Musobaqalar tashkilotchilarining qo‘shma qarori. Birgalikdagi sport tadbirlari va bolalar futbolini hamda kurashini rivojlanishni rag‘batlantirish |
| 73. | Mahallalarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalari g‘oliblariga “Mahalla” jamg‘armasining maxsus sovrinini ta’sis etish | 2003-yil, I chorak | Davlat sport qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati , Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti | 2,0 | Homiylar mablag‘i | Bajaruvchilarning qo‘shma qarori. Mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishni rag‘batlantirish |
| 74. | “Sport rivojlangan eng yaxshi mahalla” respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish | 2003-yil, IV chorak | Davlat sport qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi | 5,0 | Davlat sport qo‘mitasi, homiylar mablag‘i | Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom. Mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish |
|
VII. Aholi o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etishda mahallalarning faoliyatini kuchaytirish | ||||||
| 75. | “Obod mahalla—ezgulik beshigi va tarbiya o‘chog‘i” mavzusida plakatlar turkumi tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, I chorak | “Tasviriy oyina” uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Plakatlar turkumi |
| 76. | Mahallalarda ma’naviy-axloqiy muhitni, tartib-intizomni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oilalar va mahallalarning o‘zaro ahilligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish | Ishlab chiqish – 2003-yil, I choragi, amalga oshirish – 2003-yil 1-apreldan | “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Ichki ishlar vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Bolalar fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilar, homiylar, mahalliy budjetlar mablag‘i | Bajaruvchilarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan maqsadli dastur |
| 77. | Barcha mintaqalarda “O‘zbekiston: davlatchilik tarixi – mahalla – oila – insoniy qadriyatlar” mavzusida ko‘rgazmali suhbatlar tashkil etish va o‘tkazish | Yil davomida | “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “O‘zbekmuzey”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, hokimliklar | - | Bajaruvchilarning mablag‘i | Bajaruvchilarning qo‘shma qarori. Ko‘rgazmasuhbatlarni o‘tkazish reja-jadvali |
| 78. | “Obod mahalla: yangicha urf-odatlar, marosimlar, an’analar” to‘plamini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, II chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, “Ekosan”, “Kamolot” ijtimoiy yoshlar harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Oila” ilmiy markazi | 15,0 | Bajaruvchilarning mablag‘i | Zamonaviy urf-odatlar va an’analarni hayotga joriy etish |
| 79. | “Toshkent mahallalari” kitobini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, IV chorak | O‘zbekiston Respublikasi FA, Tarix instituti, “Mahalla” jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi | | Bajaruvchilarning mablag‘lari | To‘plam |
| 80. | “Mahalla – fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish tizimining eng muhim tuzilmasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish | 2003-yil, II chorak | Baynalmilal madaniyat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi | | Bajaruvchilarning mablag‘i | Mahallalarning rolini kuchaytirish |
| 81. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish bo‘yicha mahallalar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish | 2003-yil 8-dekabrgacha | “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Tasviriy oyina”, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Yozuvchilar uyushmasi, Baynalmilal madaniyat markazi, Ichki ishlar vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Ko‘rik-tanlov to‘g‘risidagi nizom va uni o‘tkazish reja-jadvali |
| 82. | Mahallaning hayotini, urf-odatlar va an’analarni, mehr-shafqatni, yosh avlodni o‘z mahallasi va Vatanga muhabbat va iftixor ruhida tarbiyalashni aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazma o‘tkazish | 2003-yil oktyabr | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi | 45,0 | Teng ulushda bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 83. | “Mahalladan boshlanar Vatan” foto tanlovini o‘tkazish | 2003-yil dekabr | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Toshkent fotosuratlar uyi | 15,0 | Bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 84. | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 12 yilligiga bag‘ishlab mahallaning ezgu an’analari, urf-odatlari va o‘ziga xos olamini aks ettiruvchi eng yaxshi tasviriy san’at asarlarining respublika tanlovini o‘tkazish | 2003-yil, II chorak | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi | 5,0 | Bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 85. | Badiiy akademiyaning madaniyat, san’at, fan, adabiyot, sportning taniqli arboblarining va boshqalarning o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan mahallalarda aholi bilan muntazam uchrashuvlarini tashkil etish va o‘tkazish tajribasini qo‘llab-quvvatlash va keng yoyish | 2003-yil, II chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Badiiy akademiya, Bastakorlar uyushmasi, “O‘zbekteatr” birlashmasi, Davlat sport qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 86. | Yevroparlamentda va NATO qarorgohida (Bryussel sh.) O‘zbekiston foto ustalarining “O‘zbek mahallasi: odamlar, an’analar va urf-odatlar” asarlari ko‘rgazmasini o‘tkazish | 2003-yil avgust-sentyabr | Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Toshkent fotosuratlar uyi | 5,0 | Bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 87. | Tumanlar va shahar- qishloqlarda mahallalar hayoti, mahalla ahlining ezgu, noyob va ibratli urf-odatlari, an’analari, mehr-muruvvat namunalarini aks ettiruvchi ko‘chma foto va badiiy ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘tkazish | Yil davomida | Badiiy akademiya, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizla� qo‘mitasi, “Tasviriy oyina” uyushmasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Ichki ishlar vazirligi, hokimliklar | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Ko‘rgazmalarni o‘tkazish jadvali. Ezgu va ajoyib an’analar va tajribani targ‘ib qilish |
| 88. | Tajriba-sinov o‘tkazilayotgan tuman va mintaqalarda mahalla, davlat va jamoat tuzilmalari ishtirokida oilaviy ta’lim va bolalar tarbiyasi tizimini tashkil etish va joriy etish | Ishlab chiqish – 2003-yil III choragi, Joriy etish – IV choragidan boshlab |
Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar, “Mahalla”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, hokimliklar, jamoat tashkilotlari | 48,5 | Bajaruvchilarning mablag‘lari va YUNISEF | Metodik tavsiyalar. Tajriba-sinov tumanlarida joriy etish jadvali. Ta’lim va sog‘lom avlod tarbiyasi masalalarida ota-onalar, oilalar, mahalla faollari va boshqa tuzilmalarning bilim darajasi va ko‘nikmasini oshirish |
| 89. | Joylarda “Eng yaxshi mahalla”, “Eng namunali oila”, “Namunali profilaktika inspektori va pedagog-tarbiyachi” ko‘rik tanlovlar turkumini o‘tkazish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | 2003-yil, IV chorak | “Mahalla” jamg‘armasi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Tasviriy oyina” uyushmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika baynalmilal milliy madaniyat markazi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Ilg‘or tajribani aniqlash va yoyish |
| 90. | Mahallalarda san’at ustalari va yosh ijrochilarning ijodiy uchrashuvlarini o‘tkazish | Yil davomida | Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” birlashmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Mahalla” jamg‘armasi, hokimliklar | | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Ijodiy uchrashuvlar va konsertlar dasturi |
| 91. | “Mahalla - mo‘jaz Vatan”, “Vatanparvarlik tuyg‘usi”, “Bola tarbiyasida mahallaning o‘rni va mas’uliyati” mavzusida teleko‘rsatuvlar tashkil etish | Doimo | “O‘zteleradio” kompaniyas�, “Mahalla” jamg‘armasi, Din ishlari qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Vatanparvar” tashkiloti | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Ko‘rsatuvlar dasturi. Yosh avlodni va oilani tarbiyalashda mahallalarning rolini kuchaytirish |
| 92. | Barcha mahallalarda giyohvandlikning zarari, yoshlarning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish | Doimo | “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Sog‘lom avlodni tarbiyalash |
| 93. | Mahallalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik siyosatining ma’no-mazmunini ochib berish maqsadida suhbatlar o‘tkazish | Doimo | “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi. “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘i | Oila va mahallada ezgu munosabatlarni shakllantirish |
| 94. | Mahalla ayollari orasida “Din va ma’naviyat”, “Aqidalar va xurofotga qarshi kurashda ayollarning roli” mavzusida tadbirlar tashkil etish | Doimo | Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi, “Oila” ilmiy markazi, “Ma�naviyat va ma’rifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ayollarning rolini kuchaytirish |
| 95. | “XXI asr mahallasi”, “Men o‘z mahallam uchun nima qilishim mumkin” mavzusida oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida mintaqaviy telemuloqot o‘tkazish | 2003-yil, IV chorak | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | |
| 96. | Ommaviy axborot vositalarida “Zamonaviy mahalla”, “Ahil mahalla”, “Baynalmilal mahalla”, “Mahalla: bugun va ertaga” kabi maxsus ruknlar tashkil etish | Yil davomida | Respublika baynalmilal madaniyat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, ommaviy axborot vositalari | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Mahalla qadriyatlarini targ‘ib qilish |
| 97. | Mahallalarda “Mahallamiz bolalari” respublika telemusobaqasini o‘tkazish | 2003-yil aprel—noyabr | “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari | 1,0 | Homiylarning mablag‘lari | Namunali mahallalarni targ‘ib qilish |
| 98. | O‘quvchilar orasida “Mahalla tarixi va uning zamonaviy qiyofasi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish | | Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va uni o‘tkazish jadvali |
| 99. | “Namunali militsiya tayanch punkti” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazish | Yil davomida | Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini yaxshilash |
| 100. | Mahallalarda “Qurolli kuchlarimiz tarixini bilasizmi?” mavzusida suhbatlar o‘tkazish | 2003-yilning II va IV choragi | “Vatanparvar” tashkiloti, Mudofaa vazirligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash |
| 101. | “Ona Vatanni qo‘riqlash har bir yigitning muqaddas burchidir” mavzusida tadbirlar o‘tkazish | Doimo | “Vatanparvar” tashkiloti, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar �a�irligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash |
| 102. | Mahallalarda chaqiriq yoshidagilarni muddatli harbiy xizmatga tantanali ravishda kuzatib qo‘yish va xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish | Doimo | “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Vatanparvar” tashkiloti | - | Bajaruvchilarning mablag‘lari | Vatanparvarlik, jasurlik tuyg‘ularini tarbiyalash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.02.2003 yildagi 70-son
Кучга кириш санаси
07.02.2003
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OBOD MAHALLA YILI” DASTURI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mahallaning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyat va an’analarni, o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi nufuzini ko‘tarish, aholini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasida 2003-yil “Obod mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Obod mahalla yili” dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur dastur:
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini yanada mustahkamlashga;
mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga, uning vakolatlarini kengaytirishga va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirishga;
mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlashga, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirishga, shular hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etishga;
mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, uning hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga, bolalar va sport maydonchalarini jihozlashga, kommunal tarmoqlarni rivojlantirishga;
mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga;
keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga;
mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsatilishini yaxshilashga, bolalar sportini rivojlantirishga;
mahallaning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirish jamg‘armalarini tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritsinlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun davlat bojining bir qismini hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im va boshqa tushumlarni mazkur jamg‘armalarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari etib belgilasinlar.
3. “Obod mahalla yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar ushbu dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va agentliklar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
yilning har choragida o‘z majlislarida manfaatdor idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Obod mahalla yili” dasturining qanday bajarilayotganini muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rib borsin;
yilning har choragi yakunlari bo‘yicha dastur topshiriqlarining hisobot davrida bajarilishi natijalari to‘g‘risida chorakdan keyingi oyning 7-sanasigacha Respublika komissiyasiga tahliliy axborotni taqdim etsin.
5. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda to‘y-ma’raka va boshqa marosimlarni an’analarimizga xos tejamkorlik bilan o‘tkazishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
6. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalariga “Obod mahalla yili” dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ma’no-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirish, ularni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni xolis yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-fevral,
70-son
“Obod mahalla yili” dasturi
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 26-modda)