28.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Geodeziya, kartografiya va geoaxborot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya, kartografiya va yondosh fanlar hamda texnologiyalar sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagilar toʻgʻrisida ahdlashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlarning tegishli tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi va kuyidagi shakllarga ega boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) topografiya - geodeziya va kartografiya hamda geoaxborot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xaritalar, atlaslar bosib chiqarish va bosma mahsulotlarning boshqa turlari boʻyicha matbaa xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) joy, geoaxborot tizimlari toʻgʻrisidagi raqamli maʼlumotlar banklarini yaratish metodologiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlar davlatlari hududlari geografik oʻrganilganligiga taalluqli axborotlarni ayirboshlash hamda geografik xaritalarning maʼmuriy-hududiy boʻlinishdagi, geografik obyektlarning nomlaridagi oʻzgarishlar, yoʻl tarmoqlarining rivojlanishi hamda boshqa elementlar bilan bogʻliq mazmunini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boshqa ilmiy-texnik va ishlab chiqarish axborotlarini ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) topografiya-geodeziya, yer tuzish, kartografiya tashkilotlari hamda geodeziya, kartografiya va geoaxborot sohasida kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oʻquv yurtlari oʻrtasida ish tajribalarini ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) geodeziya va kartografiya hamda geoaxborot mutaxassislarini oʻqitish hamda ularning tajriba oʻrganishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hamkorlikning aniq maqsadlari, vazifalari va shartlari Tomonlarning geodeziya, kartografiya va geoaxborot xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlari tomonidan davlat boshqaruvi tegishli organlari bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik dasturlarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar. oʻz amaldagi ichki qonunchilik hujjatlariga hamda Tomonlar tomonidan tuzilgan idoralararo shartnomalar (bitimlar)ga muvofiq, zarur xomashyolar, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va tayyor mahsulotlarning davlat chegarasi orqali oʻtishini imkoni boricha osonlashtirish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar 1996-yil mobaynida topografiya-geodeziya va kartografiya va aerokosmik materiallarni ularning hududiy tegishliligi boʻyicha, 1992-yilning 1-yanvaridagi holatiga koʻra, bepul asosda oʻzaro ayirboshlashni (oʻtkazishni) amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-moddada qayd etilgan shartnomalarda hamkorlikni, shu jumladan axborot ayirboshlashni amalga oshira borishib, Tomonlar oʻz ichki qonunchiliklariga, shuningdek ushbu masala boʻyicha ikki va koʻp tomonlama ahdlashuvlarga muvofiq, Tomonlarning davlat xavfsizligi manfaatlarini hamda davlat sirlari muhofazasini taʼminlash masalalarini oʻzaro hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tegishli ikki tomonlama shartnomalar tuzilgunga qadar bosib chiqariladigan xaritalarda Tomonlar davlatlari davlat chegaralari holatiga biror-bir oʻzgartirish kiritishdan oʻzlarini tiyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, shu jumladan kompensatsiya va tijorat asoslarida amalga oshiriladigan geodeziya, kartografiya va geoaxborot sohasidagi ixtisoslashtirilgan aloqalarning boshqa shakllariga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh yil mobaynida amalda boʻladi. Agar Tomonlarning birortasi ham mazkur Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz niyati haqida ushbu davr oʻtgunga qadar olti oy oldin yozma shaklda maʼlum qilmasa, uning amalda boʻlish muddati keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 28-mayda Tbilisi shahrida, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, gruzin va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim matnini talqin etishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)