Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021 31.01.2003 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021
Hujjat 31.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda muvofiqligi tekshiriladigan standartlar roʻyxatini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ular asosida transport vositalarining texnik holati tekshiriladigan ishlab chiqarish-texnika bazasiga qoʻyiladigan talablarni hamda transport vositalarini texnik diagnostika vositalaridan foydalangan holda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari texnologiyasiga qoʻyiladigan talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarida transport vositalarining barcha egalariga, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yetkazishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
31-yanvardagi 54-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni, shuningdek shahar elektr transportini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi organlari (keyingi oʻrinlarda matnda “YHX bosh boshqarmasi” deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar texnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarni aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda YHX bosh boshqarmasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar va tramvaylar (keyingi oʻrinlarda matnda “transport vositalari” deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga muvofiq imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanuvchi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga, xalqaro (davlatlararo) tashkilotlarga, shuningdek ushbu vakolatxonalar (tashkilotlar)ning xodimlariga va ularning oila aʼzolariga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik koʻrikka taqdim etish muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida YHX bosh boshqarmasining tegishli hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport vositalarini texnik koʻrikka tayyorlash va oʻtkazish uchun vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek xususiy egalikdagi zarur sharoitlar va uskunalarga, shuningdek YHX bosh boshqarmasi organlari tomonidan berilgan transport vositalarining texnik holatini tekshirishga va majburiy texnik koʻrikka tayyorlashga ruxsatnomaga ega boʻlgan texnika xizmati koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda matnda “TXS” deb yuritiladi), mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. TXSning transport vositalarining texnik holatini tekshirishga tayyorligi texnik koʻrik oldidan tegishli nazorat uskunalari, normativ-texnik va texnologiya hujjatlari mavjudligini, shuningdek diagnostika vositalari mavjudligi va ularning sozligini aniqlash, ularning oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazilganligini va metrologiya xizmatlari tomonidan tekshirilganligini tekshirish yoʻli bilan TXSning buyurtmasiga koʻra YHX bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmasi tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosa berilgan taqdirda ikki yil muddatga amal qiluvchi tegishli ruxsatnoma (1-ilova) rasmiylashtiriladi. Ruxsatnomaning amal qilish muddati mazkur band talablariga muvofiq takroriy tekshirishdan keyin uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. TXSda transport vositalarining texnik holatini tekshirish va ularni texnik koʻrikka tayyorlash chogʻida kamchiliklar va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda YHX bosh boshqarmasi organlari transport vositalarining texnik holatini tekshirish va majburiy texnik koʻrikka tayyorlash uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilishini ular bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TXSda transport vositasining texnik holatini tekshirish transport vositalari egalarining xohishiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. TXS transport vositalarining egalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida texnik holatni tekshiradi, texnik nosozliklarni bartaraf etadi, transport vositalarini taʼmirlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tekshirishdan oʻtgan va soz deb eʼtirof etilgan har bir transport vositasiga TXS texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (2-ilova) rasmiylashtiradi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. TXSning transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi berilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida (biroq mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan muddatlardan kech boʻlmagan muddatda) amal qiladi va transport vositalarining texnik holatini tekshirmasdan ularni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari YHX bosh boshqarmasi organlarida rasmiylashtirilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik koʻrik transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasining diagnostika stansiyalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasi organlari tomonidan oʻrnatilgan texnik nazorat postlarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari YHX bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik koʻrikni tashkil etish jadval tuzish bilan rejalashtiriladi, jadvalda texnik koʻrik oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olgan holda YHX bosh boshqarmasi hududiy organlari tomonidan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir kunda texnik koʻrikka qoʻyiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasi hududiy organining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) vakili (keyingi oʻrinlarda matnda — YHX bosh boshqarmasi xodimi) komissiya raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxsga texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi, unga transport vositalari guruhlari (3-ilova) yoki alohida transport vositasi (4-ilova) texnik koʻrik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi. Texnik koʻrik dalolatnomalari blanklari talab etiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda (texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari) transport vositalari roʻyxatiga muvofiq toʻldiriladi. Transport vositalari guruhining texnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YHX bosh boshqarmasining tegishli organlarida hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi YHX bosh boshqarmasi organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxs YHX bosh boshqarmasining hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrik dalolatnomasining bir nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qoʻyilgan transport vositalari sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Trolleybuslar va tramvaylarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Trolleybuslar va tramvaylar texnik holatining Tramvay va trolleybusdan texnik foydalanish qoidalari, normativlar va standartlarning yoʻl harakati xavfsizligi va texnika xavfsizligini taʼminlashga tegishli qismi talablariga muvofiqligi trolleybuslar va tramvaylarni davlat texnik koʻrigidan oʻtkazishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hech boʻlmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik koʻrikka qoʻyilgan, biroq texnik nosozlik tufayli koʻrikdan oʻtmagan tramvaylar va trolleybuslar foydalanish uchun qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy koʻzdan kechirish paytida YHX bosh boshqarmasi organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida YHX bosh boshqarmasi organlari jadvallar tuzishi va transport vositalari egalariga transport vositalarini texnik koʻrikka qoʻyishning aniq sanalari (oylari)ni tavsiya etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasining diagnostika stansiyalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHX bosh boshqarmasi organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻxtash joylarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Transport vositalarining texnik koʻrigi oʻtkaziladigan joy YHX bosh boshqarmasi organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarining texnik koʻrigi ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlarining birida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasi egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan quyidagi hujjatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnoma; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy tashkilotlar xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar – ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazishga berilgan transport vositasiga muvofiq toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga haydovchi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisida belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasining transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi — shunday maʼlumotnoma boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish mumkin boʻlmagan taqdirda uning egasi belgilangan muddatlarda Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organiga yozma ariza va ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat va tibbiy maʼlumotnoma bundan mustasno). Bunda Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organi xodimi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga) nosozlik toʻgʻrisida “NOSOZ” yozuvini qayd qiladi va shaxsiy imzo va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni, ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrsatgan holda texnik koʻrikka qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Egasining yoʻqligi yoki kasalligi oqibatida texnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan transport vositalari egasi qaytib kelgandan yoki sogʻaygandan keyin 10 kun mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Texnik koʻrikni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazishga Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan koʻrsatilgan joyga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har qaysi transport vositasining texnik koʻrigi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan maʼlumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati ham avtopoyezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi (3 yoki 4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportiga, taloniga) Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining xodimi belgilangan namunada shtamp qoʻyadi, sozligi toʻgʻrisida “SOZ” soʻzini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon beradi (5-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimi texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi talonning yil oylari rim raqamlari bilan koʻrsatilgan oʻng yoki chap qismidagi kvadratlardan bittasini qirqib oladi (kompostyor qiladi, oʻchiradi). Qirqib olingan kvadrat transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyilishi kerak boʻlgan muddatni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisidagi talon navbatdagi texnik koʻrik oʻtkazilgungacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs — transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining roʻyxatdan (vaqtinchalik roʻyxatdan) oʻtkazilgan joydagi organi koʻrikdan oʻtkazilganlik faktini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar koʻrsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega boʻlgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus va tezkor xizmatlar transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang–grafik boʻyash sxemalarining standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Konservatsiyaga qoʻyilgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tugʻdiradigan sabablar mavjud boʻlganda transport vositasini gʻildiraklarini chiqarish uchun tagliklardan qoʻzgʻatmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik koʻrik natijalari transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jismoniy shaxs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish imkoniyati boʻlmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organi xodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik holati va jihozlari yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday transport vositasini takroriy koʻrikdan oʻtkazish oldingi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyichagina oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi oldingi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab 20 kundan koʻp boʻlmagan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda texnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash, shuningdek ular bilan Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlarini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan, amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik koʻrikdan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
‎Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati


‎‎‎Transport vositalarining texnik holatini tekshirishni va ularni
‎ majburiy texnik koʻrikka tayyorlashni oʻtkazishga

RUXSATNOMA _________________________
‎(seriyasi, tartib raqami)‎‎

‎‎
‎_________________________________________________________________________________ ga berildi
‎(texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasining toʻliq nomi, qarashliligi)

‎‎toʻliq manzili _____________________________________________________________________________
‎‎telefoni _________________________________ faksi __________________________________________
Ruxsatnomaning amal qilish muddati _______________________________________________________

Ruxsatnoma ________________________________________________________________________________
(ruxsatnomani bergan Yoʻl harakati xavfsizligi‎‎

_______________________________________________________________________ tomonidan berilgan ‎‎
‎davlat xizmati organining nomi)

M.Oʻ.‎

‎‎
___________________________________________________________________________________________
(Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)‎

‎‎‎‎
Berilgan sanasi: 200 ___ yil ‎“_____” ________________________
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik koʻrikdan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA ‎

______________________________________________________ texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasida
(texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasining nomi)‎

________________________________________________________ga qarashli
(egasining F.I.O. yoki korxonaning nomi)

_________________________________ markali, davlat raqami _____________________ boʻlgan

‎__________________________________________________________________________ ning texnik holati
(transport vositasining turi)

tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda standart talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.‎

Rahbar ________________________________________________________________
(masʼul shaxsning imzosi, F.I.O.)‎

200 ____ yil “_____” _________________‎

M.Oʻ‎.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu maʼlumotnoma berilgan kunidan boshlab oʻn kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida ularning texnik holatini tekshiruvsiz rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik koʻrikdan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Transport vositalari guruhini majburiy texnik koʻrikdan
‎ oʻtkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎‎‎
‎Tuzilgan sanasi 200 ___ yil “____”_______________________
‎‎200 ___ yil “____” ____________________ dan 200 ____ yil “___” ___________________ gacha
‎___________________________ga qarashli transport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazildi
(yuridik shaxsning nomi)

‎‏T/r

‎transport vositasining turi

davlat raqami ‎‏

markasi ‎‏

‎‏ishlab chiqarilgan yili

Agregatlar raqami

texnik holati, nosoz transport vositasining texnik taloni olib qoʻyilgani toʻgʻrisidagi belgi ‎‏

Izoh. Dizel yoki gaz yonilgʻisi bilan ishlaydi‎‏

dvigatel ‎

kuzov ‎

shassi (rama)‎

‎1

2‎

3‎

‎4

5‎

6‎

‎7

8‎

9‎

10‎

‎1

‎2

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

28‎

29‎

30‎

31‎

32‎

33‎

34‎

35

“Yuridik shaxsning hisobidagi (balansidagi) transport vositalari sonini tasdiqlaymiz”:

Roʻyxatda koʻrsatilgan transport vositalari YHX REO (MREO, REP) hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslangan ‎‎

Korxona rahbari _____________________________
‎_____________________________________________

‎(imzo, F.I.O.)‎‎

REO (MREO, REP) xodimi
‎_____________________________________________
‎(lavozimi, YHXDX organi nomi, unvoni, F.I.O.)‎‎

‎Bosh buxgalter (buxgalter yoki
‎hisobni yurituvchi shaxs)
‎__________________________________________________________________________________________

‎(imzo F.I.O.)



‎M.Oʻ

M.Oʻ‎

‎‎
‎‎
‎Tashkilot hisobida______________ avtomobil, ________ tirkama ____________ yarim tirkama va _______ mototransport vositalari mavjud, ulardan _______ avtomobil,__________ tirkama, _______ yarim tirkama va _________ mototransport vositalari texnik koʻrikka qoʻyilgan.
‎‎_________ avtomobil, _________ motortansport vositasi, ________ tirkama, yarimtirkama mukammal taʼmirlashdaligi va ____ avtomobil, ____ mototransport vosititasi, ______ tirkama va yarim tirkama xizmat safaridaligi tufayli_____ atomobil,____ mototransport vositalari,_______ tirkama, yarim tirkamatexnik koʻrikdan oʻtmadi.
‎‎Tekshirilgan avtomobillardan_____ avtomobil, ______ mototransport vositalari, _____ tirkama, yarim tirkama texnik jihatdan nosoz deb topildi.
‎Shu jumladan: ‎
‎‎_____ ta transport vositasining tormoz sistemasida;
‎_____ ta transport vositasining rul boshqaruvida;
‎_____ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi;
‎_____ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi;
‎_____ ta transport vositasining ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqchaligi aniqlandi.
Hisobdagi avtomobillardan _____ tasi dizel yonilgʻisi bilan, _____ tasi gaz yonilgʻisi bilan ishlaydi.
‎Tekshirilgan____ ta dizel avtomobillaridan _____ tasi va ____ ta gaz ballonli avtomobildan_____ tasi nosoz deb topildi.‎‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
(lavozimi, YHXDX organining nomi, unvoni, F.I.O., imzo)‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim:
‎‎Yuridik shaxs rahbari

‎‎_______________________________________________________________
‎(F.I.O., imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik koʻrikdan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Alohida transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish
‎DALOLATNOMASI‎‎‎


‎‎‎Tuzilgan sanasi 200 ____ yil “____”‎ _______________
‎‎
Texnik koʻrik ___________________________________________________________________________________________
(Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organining nomi,
‎‎________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazildi
‎mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O.)‎
1. Transport vositasining markasi, modeli _____‎ 6. Shassi (rama) raqami _______________________‎
2. Turi ______________________________________‎ 7. Dvigatel raqami __________________________‎
3. Rangi _____________________________________‎ 8. Kuzov raqami ______________________________‎
4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________‎ 9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (texnik pasport) seriyasi, raqami ______________‎
5. Davlat raqami _____________________________‎ _____________________________________________‎

10. Transport vositasi‎‎ ______________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi‎,
___________________________________________________________________________ga qarashli
‎yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)

11. ‎‎Joylashgan joyi (turar joyi)___________________________________________________________‎
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎13. Avtomashinaning holati _________________________________________________________________‎
14. Radiotoʻsiqlarni yoʻqotish moslamalarining mavjudligi‎‎ __________________________________‎
15. Spidometrning holati‎‎ __________________________________________________________________

‎‎16. Texnik holati toʻgʻrisida xulosa __________________________________________________________
‎(texnik jihatdan soz, nosoz)

‎‎Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimi_____________________________________________
‎(imzo, F.I.O.)

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim ______________________________________________________________
‎(imzo F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik koʻrikdan oʻtkazish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talonning old tomoni
‎‎‎

I‎


‎‎‎‏‏O'ZBEKISTON


‎2003‎‎


‎‎‎UZ № 0000000‎‏

VII‎

‎‎
‎‎

II‎

VIII‎

‎‎
‎‎

III‎

IX‎

‎‎

IV‎

X‎

‎‎
‎‎

V‎

XI‎

‎‎

VI‎

XII‎

‎‎
‎Talonning orqa tomoni

Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
‎toʻgʻrisidagi talon‎‎‏

Transport vositasining markasi, modeli _____________
‎__________________________________________________
‎Davlat raqami belgisi _____________________________
‎Alohida qaydlar
‎______________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎(YHXDX organining nomi, mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O., imzosi) M.Oʻ.

‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎
‎‎
‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 30-son, 345-modda; 2012-y., 11-son, 115-modda, 44-son, 507-modda, 52-son, 587-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 36-son, 958-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)