1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda muvofiqligi tekshiriladigan standartlar roʻyxatini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda ular asosida transport vositalarining texnik holati tekshiriladigan ishlab chiqarish-texnika bazasiga qoʻyiladigan talablarni hamda transport vositalarini texnik diagnostika vositalaridan foydalangan holda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari texnologiyasiga qoʻyiladigan talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarida transport vositalarining barcha egalariga, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yetkazishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni, shuningdek shahar elektr transportini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda matnda “DYHXX” deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarni aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar va tramvaylar (keyingi oʻrinlarda matnda “transport vositalari” deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga va ularning oila aʼzolariga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik koʻrikka taqdim etish muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida DYHXXning tegishli hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport vositalarini texnik koʻrikka tayyorlash va oʻtkazish uchun vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek xususiy egalikdagi zarur sharoitlar va uskunalarga ega boʻlgan texnika xizmati koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda matnda “TXS” deb yuritiladi), mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TXSda transport vositasining texnik holatini tekshirish transport vositalari egalarining xohishiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. TXS transport vositalarining egalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida texnik holatni tekshiradi, texnik nosozliklarni bartaraf etadi, transport vositalarini taʼmirlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tekshirishdan oʻtgan va soz deb eʼtirof etilgan har bir transport vositasiga TXS texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (2-ilova) rasmiylashtiradi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. TXSning transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi berilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida (biroq mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan muddatlardan kech boʻlmagan muddatda) amal qiladi va transport vositalarining texnik holatini tekshirmasdan ularni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari DYHXX organlarida rasmiylashtirilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik koʻrik transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalarida;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan oʻrnatilgan texnik nazorat postlarida oʻtkaziladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik koʻrikni tashkil etish jadval tuzish bilan rejalashtiriladi, jadvalda texnik koʻrik oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda DYHXX hududiy organlari tomonidan tuziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir kunda texnik koʻrikka qoʻyiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX hududiy organining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) vakili (keyingi oʻrinlarda matnda — DYHXX xodimi) komissiya raisi hisoblanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxsga texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi, unga transport vositalari guruhlari (3-ilova) yoki alohida transport vositasi (4-ilova) texnik koʻrik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi. Texnik koʻrik dalolatnomalari blanklari talab etiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda (texnik holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari) transport vositalari roʻyxatiga muvofiq toʻldiriladi. Transport vositalari guruhining texnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxs DYHXXning hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrik dalolatnomasining bir nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtotest Report” MChJ oʻquv kompleksining haydovchilar malaka oshirgani toʻgʻrisida sertifikatining (sertifikatlari) nusxasi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi 693-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 958-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Trolleybuslar va tramvaylarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Trolleybuslar va tramvaylar texnik holatining Tramvay va trolleybusdan texnik foydalanish qoidalari, normativlar va standartlarning yoʻl harakati xavfsizligi va texnika xavfsizligini taʼminlashga tegishli qismi talablariga muvofiqligi trolleybuslar va tramvaylarni davlat texnik koʻrigidan oʻtkazishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hech boʻlmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik koʻrikka qoʻyilgan, biroq texnik nosozlik tufayli koʻrikdan oʻtmagan tramvaylar va trolleybuslar foydalanish uchun qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy koʻzdan kechirish paytida DYHXX organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va transport vositalari egalariga transport vositalarini texnik koʻrikka qoʻyishning aniq sanalari (oylari)ni tavsiya etishlari mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalarida;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻxtash joylarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Transport vositalarining texnik koʻrigi oʻtkaziladigan joy DYHXX organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarining texnik koʻrigi ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlarining birida oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasi egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan quyidagi hujjatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan maʼlumotnoma; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari – tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar – ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasining transport vositasining texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi — shunday maʼlumotnoma boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish mumkin boʻlmagan taqdirda uning egasi belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga yozma ariza va ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat va tibbiy maʼlumotnoma bundan mustasno). Bunda DYHXXning hududiy organi xodimi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga) nosozlik toʻgʻrisida “NOSOZ” yozuvini qayd qiladi va shaxsiy imzo va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni, ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrsatgan holda texnik koʻrikka qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Egasining yoʻqligi yoki kasalligi oqibatida texnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan transport vositalari egasi qaytib kelgandan yoki sogʻaygandan keyin 10 kun mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har qaysi transport vositasining texnik koʻrigi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan maʼlumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati ham avtopoyezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi (3, 4 yoki 4a-ilovalar).
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportiga, taloniga) DYHXX organining xodimi belgilangan namunada shtamp qoʻyadi, sozligi toʻgʻrisida “SOZ” soʻzini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon beradi (5-ilova).
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX xodimi texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi talonning yil oylari rim raqamlari bilan koʻrsatilgan oʻng yoki chap qismidagi kvadratlardan bittasini qirqib oladi (kompostyor qiladi, oʻchiradi). Qirqib olingan kvadrat transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyilishi kerak boʻlgan muddatni belgilaydi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs — transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning roʻyxatdan (vaqtinchalik roʻyxatdan) oʻtkazilgan joydagi organi koʻrikdan oʻtkazilganlik faktini tekshiradi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar koʻrsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega boʻlgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus va tezkor xizmatlar transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang–grafik boʻyash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Konservatsiyaga qoʻyilgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tugʻdiradigan sabablar mavjud boʻlganda transport vositasini gʻildiraklarini chiqarish uchun tagliklardan qoʻzgʻatmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik koʻrik natijalari transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jismoniy shaxs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) texnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish imkoniyati boʻlmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning hududiy organi xodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik holati va jihozlari yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi;
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday transport vositasini takroriy koʻrikdan oʻtkazish oldingi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyichagina oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi oldingi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda texnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash, shuningdek ular bilan DYHXXning hududiy organlarini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan, amalga oshiriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
______________________________________________________ texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasida (texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasining nomi)
________________________________________________________ga qarashli (egasining F.I.O. yoki korxonaning nomi)
_________________________________ markali, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami _____________________ boʻlgan
__________________________________________________________________________ ning texnik holati (transport vositasining turi)
tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.
Rahbar ________________________________________________________________ (masʼul shaxsning imzosi, F.I.O.)
20 ____ y “_____” _________________
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotnoma berilgan kunidan boshlab oʻn kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini DYHXX organlarida ularning texnik holatini tekshiruvsiz rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari guruhini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi: 20____ yil “____”_______________
20____ yil “____”______________dan 20___ yil “___”____________gacha __________________
(yuridik shaxsning nomi)
_________________________________________ga qarashli transport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazildi
T/r
Transport vositasining turi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami
Markasi
Ishlab chiqarilgan yili
Agregatlar raqami
Texnik holati, nosoz transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi olib qoʻyilganligi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari yechib olinganligi toʻgʻrisidagi belgi
Izoh. Benzin, dizel yonilgʻisi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan neft gazida ishlaydi
dvigatel
kuzov
shassi (rama)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
......
Yuridik shaxs hisobidagi (balansidagi) transport vositalari sonini tasdiqlaymiz:
Roʻyxatda koʻrsatilgan transport vositalari YHX REO (MREO, REP) hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslangan
Korxona rahbari ___________________________
REO (MREO, REP) xodimi __________________
__________________________________________
_________________________________________
(imzo, F.I.O)
(lavozimi, DYHXX organi nomi, unvoni, F.I.O)
Bosh buxgalter (buxgalter yoki hisobni yurituvchi shaxs)______________________________________
m.oʻ.
______________________________________
______________________________________
(imzo, FIO)
m.oʻ.
Tashkilot hisobida hammasi boʻlib ___ avtomobil, ___ tirkama, yarim tirkama va ___ mototransport vositalari mavjud, ulardan ___ avtomobil, ___ tirkama, ___ yarim tirkama va ____ mototransport vositalari texnik koʻrikka qoʻyilgan.
___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama, yarim tirkama mukammal taʼmirlashdaligi va ___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama va yarim tirkama xizmat safaridaligi tufayli ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik koʻrikdan oʻtmadi.
Tekshirilgan avtomobillardan ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik jihatdan nosoz deb topildi.
Shu jumladan:
__ ta transport vositasining tormoz sistemasida;
__ ta transport vositasining rul boshqaruvida;
__ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi;
__ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi;
__ ta transport vositasining ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqchaligi aniqlandi.
Hisobdagi avtomobillardan ___ tasi benzin yonilgʻisi bilan, __ tasi dizel yonilgʻisi, ___ta suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gaz bilan ishlaydi.
Benzinda ishlaydigan tekshirilgan __ ta avtomobildan ___tasi, dizel yonilgʻisida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___si va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __dan __ tasi nosoz deb topildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi 20 ____ yil “____” _______________
Texnik koʻrik ___________________________________________________________________________________________ (DYHXX organining nomi, ________________________________________________________________ tomonidan oʻtkazildi mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O.)
1. Transport vositasining markasi, modeli _____
6. Shassi (rama) raqami _______________________
2. Turi ______________________________________
7. Dvigatel raqami __________________________
3. Rangi _____________________________________
8. Kuzov raqami ______________________________
4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________
9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (texnik pasport) seriyasi, raqami ______________
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami __________
_____________________________________________
10. Transport vositasi ______________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi, ___________________________________________________________________________ga qarashli yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)
11. Joylashgan joyi (turar joyi)___________________________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talonning old tomoni
I
O'ZBEKISTON
2003
UZ № 0000000
VII
II
VIII
III
IX
IV
X
V
XI
VI
XII
Talonning orqa tomoni
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talon Transport vositasining markasi, modeli _____________ __________________________________________________ Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi _____________ Alohida qaydlar ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (DYHXX organining nomi, mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O., imzosi) M.Oʻ.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)