Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gruziya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1995-yil 4-sentabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gruziya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
190-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 280-modda)