Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-yanvar,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilgʻisini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 12-bandida “Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (Habibullayev), “Oʻzdavstandart” markazi (Asriyans)” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini, sertifikatlashtirishni oʻtkazish, xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida” 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 38-modda) 4-bandida hamda qarorga 2-ilovaning 3, 5, 8, 14 va 17-bandlarida “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazlariga”, “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan”, “Oʻzdavstandart” markazi”, “Oʻzdavstandart” markazining” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligining hududiy organlariga”, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan”, “Oʻzstandart” agentligi” va “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandda:
“g” kichik bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga” va “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Fan va texnologiyalar markaziga” va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi nizomda (qarorga ilova);
1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 2-bandning oʻninchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn oltinchi xatboshlarida “Oʻzdavstandart” markazi”, “Oʻzdavstandart” markazining”, “Oʻzstandart” markazi tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligi”, “Oʻzstandart” agentligining” va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi hududiy organlari rahbarlari lavozimlariga koʻra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa — tegishli hududiy bosh inspektorlarning oʻrinbosarlari hisoblanadi”;
4-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholiga avtomobil benzinini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 10-iyundagi 215-son qarorining 8-bandida “Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (Habibullayev), “Oʻzdavstandart” markazi (Asriyans)” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholiga naqd pulga avtomobil yonilgʻisi sotuvchi respublika avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida 1996-yil 20-martdagi 107-son qarorining 6-bandida “Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (Habibullayev), “Oʻzdavstandart” markazi (Asriyans)”, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi (Zaynutdinov)” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi”, “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda)ning 4-bandidagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda)ning 8-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizomning 5, 9 va 21-bandlaridagi “Oʻzdavstandart” markazida” va “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligida” va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 30-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda)ning 7 va 8-bandlaridagi “Oʻzdavstandart” markazi bilan” va “Oʻzdavstandart” markaziga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligi bilan” va “Oʻzstandart” agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzKamminzMotor” Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 413-son qarorining 9-bandidagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 56-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi hamda qarorga ilovaning 1 va 3-bandlaridagi “Oʻzdavstandart” markaziga” va “Oʻzdavstandart” markazi”, “Oʻzdavstandart” markaziga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligiga” va “Oʻzstandart” agentligi”, “Oʻzstandart” agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzdavstandart” markazining” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarorida:
qarorga 1-ilovada:
ilovaning nomidagi, 1, 3 va 6-bandlardagi, 9-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 11-bandning oltinchi va oʻninchi xatboshidagi “Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi”, “Oʻzdavstandart” markaziga” va “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi”, “Oʻzstandart” agentligiga” va “Oʻzstandart agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan spirt va alkogolli mahsulotlar sifati toʻgʻrisida xulosalar berishadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-apreldagi 151-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 21-modda)ning 4-bandidagi hamda qarorga 2-ilovaning 4-bandidagi, 9-bandining uchinchi xatboshidagi, 11-bandidagi “Oʻzdavstandart” markazi” va “Oʻzdavstandart” markazi tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlar sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 22-iyundagi 239-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash tizimiga ega boʻlgan elektr energiyasi elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 248-son qarorining 7-bandidagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda)ning 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 35-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 7-8-son, 66-modda)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarorining 5-bandidagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 4, 9 va 15-bandlaridagi hamda Nizomga ilovadagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 3-son, 30-modda; 2007-y., 7-8-son, 66-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son; 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)