05.05.1995 yildagi 47-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING REFERENDUM ORQALI UZAYTIRILGAN OʻZ VAKOLATLARINI PREZIDENTLIK LAVOZIMIDA BOʻLISHINING IKKINCHI MUDDATI DEB EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDAGI BAYONOTI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti referendum orqali 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirilgan oʻz vakolatlarini davlat rahbari lavozimida boʻlishining ikkinchi muddati deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qoʻygan masalani qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼkidlab oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasiga hamda Referendum toʻgʻrisidagi Qonunning 1-moddasiga muvofiq umumxalq ovoz berishi yoʻli bilan qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi. Referendum orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirilgan muddatni uning davlat rahbari lavozimida boʻlishining ikkinchi muddati deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi taklif referendumga kiritilgan masala doirasidan chiqib ketadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish kiritishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq hamda 90-moddasiga amal qilib, saylovchilarning ushbu masala xususidagi fikrlari oʻrganib chiqilsin hamda takliflar Oliy Majlis Kengashiga kiritilsin. Shu maqsadda ilovaga* muvofiq tarkibdagi Komissiya tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻrganib chiqilgan materiallarni belgilangan tartibda umumlashtirsin va Oliy Majlisga maʼlum qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 95-modda)