Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimining
Qarori
Muzrabot tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va viloyat hokimining 2013-yil 19-iyuldagi 141-son qarorini tumanda bajarilishini taʼminlash hamda tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi PQ-1996-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda viloyat hokimining 2013-yil 19-iyuldagi 141-son qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
2013-yil 19-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazirning oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruh tarkibi tasdiqlanganligi;
2013-2014-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhiga aniq vazifalar belgilanganligi;
har bir hudud kesimida, shuningdek, respublikaning 28 ta yirik shaharlar va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar-vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2-2j, 3-3e, 4-4g-ilovalarga* muvofiq;
2013-2014-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir va suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar berilmaydi.
4. Tuman Hokimi oʻrinbosarlari (Oʻ. Toʻrayev, Q. Karimov) tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
5. Tuman komissiyasiga:
kommunal soha, qozonxonalar, koʻp kvartirali turar-joy binolari, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda ijtimoiy soha obyektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqib, joriy yilning 25-iyuliga qadar ushbu masala yuzasidan komissiyaning majlisini oʻtkazish;
oʻrganish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy va kompleks tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlash;
2013-2014-yillar kuz-qish davrida tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini taʼminlash va bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirish uchun tuman hokimligiga taqdim etib borish vazifalari topshirilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻ. Toʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. XOʻJAMQULOV
Muzrabot t.,
2014-yil 16-may,
328-son