27.12.2013 yildagi 2190-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Parkent tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda yangi kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son,1-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish xaqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 9-modda) va 2008-yil 1-iyuldagi 146-sonli “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 254-modda) qarorlariga muvofiq ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga (xizmatlarga) jalb etish, oila budjeti daromadlarini koʻpaytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va baʼzi bir xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish orqali samaradorlikni oshirish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ijtimoiy va mehnat kafolatlarini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son,1-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish xaqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 9-modda) va 2008-yil 1-iyuldagi 146-sonli “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 254-modda) qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi ish oʻrinlarini, shu jumladan kasanachilikning turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi parametrlari hamda mavjud zaxiralarni aniqlash, safarbar qilish hisobiga, shuningdek ularning uyida yoki hududlarda boʻsh turgan binolardan imtiyozli foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan hokimlik va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrtasidagi hamkorlik kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Xoʻjaxmedov), Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (F. Dadamatov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (Z. Miryoqubova) joylardagi vaqtinchalik ishsiz hamda norasmiy faoliyat yuritayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimiga hunarmand-kasanachi sifatida ishga qabul qilish choralarini koʻrish mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasiga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Xoʻjaxmedov), Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (F. Dadamatov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (Z. Miryokubova) mahallalarda uyma-uy yurib ishlashga ehtiyoji boʻlgan fuqarolar bilan tizimli ish olib borishni va yoʻnalishlari boʻyicha ularni kasanachilik ish oʻrinlariga joylashtirishni hamda mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan hamkorlikda ishlashni mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturiga asosan tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Xoʻjaxmedov), Tuman “Mahalla” hayriya jamoat fondi (F. Dadamatov), Respublika “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi (Z. Miryoqubova) qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish manzilli dasturlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda kasanachilikka keng jalb etish, usta-shogird anʼanalari asosida oʻqitish boʻyicha aniq chora-tadbirlar 3-ilovaga muvofiq kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni echish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda sharoitlar yaratib berilsin. “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimiga hunarmand-kasanachi deb mehnat shartnomasini rasmiylashtirilishida sharoitdan kelib chiqib, kasanachilarning roziligi asosida ularning oʻz xomashyosi, mablagʻi, materiallari va asbob-uskunalari bilan ishlashlariga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari X. Xojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. SULAYMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2190-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 27-dekabrdagi 2190-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishchi komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

X. Xojiyev

—

Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi komissiyasining raisi

2.

Z. Maksudova

—

Tuman xotin-qizlar koʻmitasining raisi, ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari

3.

S. Xujaxmedov

—

Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari

4.

A. Raximberdiyev

—

Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi

5.

K. Jumayev

—

Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

6.

L. Mirsoatov

—

Tuman Statistika boʻlimi boshligʻi

7.

F. Dadamatov

—

Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

8.

Z. Miryoqubova

—

Tuman “Hunarmand” uyushmasi raisi

9.

Lavozimiga koʻra

—

Barcha QFY va MFY raislari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 27-dekabrdagi 2190-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parkent tumanida 2013-yilning yanvar — sentyabr oylarida korxonalar bilan kooperatsiyada mehnat shartnomalari asosida kasanachilikni tashkil etish boʻyicha manzilli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

INN

kodi

Korxonalar (fermer, xunarmand, tadbirkor, fuqaro F.I.Sh.) nomi

Manzili (tuman, shahar)

Tashkil etilgan (davlat roʻyxatidan oʻtgan) sanasi (kun, oy, yil)

Asosiy faoliyat turi

OKONX

kodi

Loyiha boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulot (xizmat) nomi

Dastur

Hisobot davri boshida jami ishlovchilar soni

Hisobot davrida yaratilgan ish oʻrinlari soni

Shu jumladan:

Yoshlar (18 yoshdan 30 yoshgacha) uchun

Ulardan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun

Ayollar uchun

Dasturdagi ish oʻrinlari soni

Dastur boʻyicha loyiha ishga tushiriladigan sana

1.

300107799

Kays gilam toʻqish MChJ

Parkent tumani

2009-11-11

Aholi buyurtmasiga asosan gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish va taʼmirlash

17122

Gilam mahsulotlari ishlab chiqarish

93

2013-yil 1-2-3-chorak

93

93

45

35

50

2.

207111974

HUNARMAND UYuShMASI

PARKENT

2010-03-04

Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar

90310

Xizmat koʻrsatish

72

2013-yil 1-2-3-chorak

72

72

4

2

4

3.

205189372

“Umr Dil Goʻzal” MChJ

PARKENT

2013-01-23

Tikuvchilik mahsulotlarini aholi buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish

17220

Tikuvchilik mahsulotlarini aholi buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish

35

2013-yil 1-2-3-chorak

35

35

30

0

35

4.

200573137

“Fotima” MChJ

PARKENT

2011-03-23

Tikuvchilik mahsulotlarini aholi buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish

17220

Tikuvchilik mahsulotlarini aholi buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish

35

2013-yil 1-2-3-chorak

35

35

30

0

33

JAMI:

235

0

235

235

109

37

122

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 27-dekabrdagi 2190-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parkent tumanida kasanachilikni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammoli masalalarni echish hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mavjud masalalar mazmuni

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Bajarish uchun masʼullar

1.

Kasanachilikning barcha shakllarini rivojlantirish yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi ishchi komissiya aʼzolari tomonidan kasanachilik ish oʻrinlarini bajarilishini har oyda hokim soatida tanqidiy muhokama qilib, ishga joylashtirilmagan fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlarni aholiga xizmat koʻrsatish majmualariga ishga joylashtirish.

Doimiy

Tuman hokimligi (X. Xojiyev)

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maqsudova)

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xoʻjaxmedov)

Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (F. Dadamatov)

2.

Tumanning har bir mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan notinch va noqobil oilalarni, ish izlab boshqa joylarga chiqib ketayotgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ularni yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlari hisobiga bandligini taʼminlash, doimiy nazoratga olish, ular bilan yakka tartibdagi ishlarni kuchaytirish orqali kasanachilikni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

QFY va MFY raislari

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xujaxmedov)

3.

Mahallalar bilan hamkorlikni oʻrnatish, “Ustoz-shogird” anʼanalari boʻyicha kasanachilarni tayyorlash kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish, bunda, qoʻlda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga atroflicha eʼtibor qaratish lozim. Milliy hunarmandchilikni, kasanachilikni rivojlantirishda qanchalab foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish.

Misol uchun: oddiy tol yogʻochdan turli xil uy-roʻzgʻor anjomlari, beshik-belanchaklar, stol-stullar, xalq milliy oʻyinchoqlarini yasash va boshqa faoliyatlarni talab-istaklar asosida yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

QFY va MFY raislari

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xoʻjaxmedov)

“Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi

(Z. Miryoqubova)

4.

Mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mehnat inspektorlari va uchastka soliq inspektorlari bilan birgalikda tumanda hunarmandchilik, kasanachilik faoliyati bilan norasmiy tarzda shugʻullanayotgan fuqarolar roʻyxatini aniqlash.

Aniqlangan hunarmandchilik, kasanachilik bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni tumandagi “Hunarmand” uyushmasi boʻlimiga aʼzo qilish orqali soliq yukini yengillashtirish boʻyicha imtiyozlardan samarali foydalanish.

Doimiy

QFY va MFY raislari

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xoʻjaxmedov)

“Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi

(Z. Miryokubova)

Tuman DSI boshligʻi

(K. Jumayev)

5.

Tuman aholisiga oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik toʻgʻrisidagi qonun, qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularga yaratib berilayotgan imtiyoz va qulayliklarni toʻliq yetkazish maqsadida seminar-uchrashuvlarni tashkil etish.

Doimiy

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xoʻjaxmedov)

Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (F. Dadamatov) “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi

(Z. Miryoqubova)

6.

Kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan iqtidorli yigit-qizlarni tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojlantirish faoliyatlari boʻyicha hunarmand-kasanachi sifatida ishga joylashtirilishida koʻmak berish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirishni tashkil etish.

Doimiy

Tuman BK va AIMK markazi

(S. Xoʻjaxmedov)

Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (F. Dadamatov) “Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi

(T. Amanov)

Tuman oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlari kordinatori

7.

Kasanachilar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkalarini oʻtkazish hamda sotilishida shart-sharoitlar yaratilishida koʻmaklashish.

Doimiy

Tuman hokimligi (X. Xojiyev)

KFY va MFY raislari

“Hunarmand” uyushmasining tuman boʻlimi

(Z. Miryoqubova)