31.12.2013 yildagi 25/3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshkent viloyati Xalq deputatlari piskent tumani kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Tumanda 2014-yilda yangi ish joylarini yaratish va aholini bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi», shuningdek 2013-yil yangi ish joylarini yaratish tuman dasturining 12 oylik ijrosi yuzasidan tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M. Mirsoatovaning hisoboti eshitilib va muhokama qilinib, Xalq deputatlari tuman Kengashi XXV-sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. «2013-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi»ni ijrosi boʻyicha tuman hududiy ishchi komissiyasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda 2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturi hamda uning asosiy yoʻnalishlari 1 — 4-ilovalarga* asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi barcha qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda 2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining barcha yoʻnalishlari boʻyicha bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

Dasturga kiritilgan tashkilot, korxona rahbarlariga yangi ish oʻrinlarining yaratilishi bilan bogʻliq muammoli (yer maydonlari ajratilishi, tijorat banklari tomonidan oʻz vaqtida kredit mablagʻlarining ajratilishi va boshqa) masalalarni hal etilishida amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Mirsoatova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishini hududlar va korxonalar kesimida tahlil qilib, har chorak yakuni boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi doimiy ishlovchi komissiya aʼzolariga tegishli axborotlar taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashi ijtimoiy-madaniy rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I. ERGAShXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piskent t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-dekabr,

25/3-son