Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Surxondaryo viloyati hokimining 2015-yil 7-yanvardagi 45-sonli “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Surxondaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 116 va 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga* muvofiq belgilansin.
* Ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasi viloyat boʻlimi (A. Raxmonqulov)ga viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borsin.
4. “Surxon tongi” hamda “Zarya Surxana” (G. Tangirova) gazetalari tahririyatlari mazkur qarorning toʻliq matnini matbuotda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. JOʻRAYEV
Termiz sh.,
2014-yil 1-fevral,
22-son