Toshkent viloyati Piskent tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 217-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-dekabrdagi PQ-2093-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tuman fuqarolarini 2014-yil chaqiruv davrida muddatli harbiy xizmatga chaqirish hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-dekabrdagi PQ-2093-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi hamda Toshkent viloyati xokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 298-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq:
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqorolar Oʻzbkekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilishi;
chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 2014-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi;
muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilishi muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinishi belgilanganligi qayd etilsin.
3. Piskent tumani yoshlarni muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga chaqiruv komissiyasi 1-ilovaga hamda tuman chaqiruv punktidagi jamoat, ichki tartib va tozalikni saqlash hamda tuman komendantlik xizmatini tashkil etish uchun zaxiradagi harbiylardan texnik ishchilar ajratish jadvali 2-ilovaga* va tuman doimiy harbiy-tibbiy koʻrikdan oʻtkazuvchi tibbiy nazorat komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2-3-ilovalar berilmaydi.
4. Tuman chaqiruv komissiyasi raisi (I. Inomjonov) ga:
tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini oqsoqollari, komissiya aʼzolari, komissiyaning yigʻilishlarida doimiy ravishda ishtirok etib, komissiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan umumlashtirilgan axborotlarni tuman xokimligiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
5. Tuman tibbiyot birlashmasi (M. Qodirova)ga:
chaqiriluvchilarni xarbiy xizmatga loyiqligini aniqlovchi xududiy tibbiy komissiyalarni malakali tibbiyot xodimlari bilan taʼminlash;
mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq tuzilgan tuman doimiy harbiy tibbiy chaqiruv komissiyasi faoliyatini qaʼtiy nazoratga olish;
navbatdagi chaqiruvga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrib, chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazish uchun tuman doimiy harbiy-tibbiy chaqiruv komissiyasi tarkibida belgilangan tartibda malakali psixologlar ishtirok etishini taʼminlasin.
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (M.Mirsoatova) Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan fuqarolarni fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
7. Tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi (A. Qudratov ) navbatdagi chaqiruvga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrib, chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazishda chaqiruv komissiyasida belgilangan tartibda malakali psixologlar ishtirok etishini taʼminlasin.
8. Tuman xokimi oʻrinbosari v.v.b. (Sh. Inomjonov), tuman hokimining oʻrinbosari Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (I.Obloqulova), tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (S. Nishonov), Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (Sh. Joʻrayev), Ichki ishlar boʻlimi (M. Boxodirov), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati tuman Kengashi (A. Poʻlatov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (O. Abduraxmonov), “Mahalla” hayriya jamoat fondi (M. Abduazimov) lar bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 13-modda) talablariga muvofiq tuman fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi, ularni harbiy qismlarda qabul qilinishini, rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarilishini;
keng jamoatchilik, faxriylar, sanʼat va madaniyat arboblari hamda badiiy jamoalar ishtirokida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish, ularga sovgʻalar berish, harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan askarlarni kutib olish tadbirlari tantanali vaziyatda oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
9. Tuman “Piskent xayoti” roʻznomasi (Sh. Shomatova)ga:
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tanlash va chaqiruv komissiyalari ishlarini, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatining tashkil etilishi va Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olinishini roʻznomada keng yoritib borilishini taʼminlasin.
10. Piskent tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 11-sonli “Tumanda muddatli xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
12. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman xokimining oʻrinbosari v. v. b. Sh. Inomjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. ERGAShXODJAYEV
Piskent t.,
2014-yil 23-yanvar,
25-son
Tuman hokimining 2014-yil 23-yanvardagi 25-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Piskent tumani yoshlarini muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga chaqiruv komissiyasi
TARKIBI:
| 1. | Sh. Inomjonov | — | tuman hokimining oʻrinbosari v. v. b. chaqiruv komissiyasi raisi |
| 2. | S. Nishonov | — | tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
KOMISSIYA AʼZOLARI: | |||
| 3. | I. Obloqulova | — | tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, hokim oʻrinbosari |
| 4. | K. Karimov | — | tuman hokimligi ijtimoiy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi |
|
5. |
M. Baxodirov | — | tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari |
| 6. | M. Abdazimov | — | “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi |
| 7. | O. Abduraxmonov | — | tuman “Nuroniy” hayriya jamgʻarmasi raisi |
| 8. | A. Poʻlatov | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi |
| 9. | K. Umarova | — | tuman chaqiruv komissiyasining katta shifokori |
| 10. | G. Temirxanova | — | tuman chaqiruv komissiyasining kotibasi, hamshira |