Toshkent viloyati Piskent tumani hokimining
Qarori
Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-y. 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (Piskent tuman Mudofaa Ishlari boʻlimi, Piskent tuman Ichki Ishlar boʻlimi, Piskent tumani Milliy xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 1-ilovaga muvofiq 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun pul yigʻimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (Gʻ. Qodirqulov)ga yuklatilsin.
5. Piskent tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 52-son “Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2013-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori bekor qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Gʻ. Aliboyevga yuklatilsin.
Hokim I. ERGAShXODJAYEV
Piskent t.,
2014-yil 17-yanvar,
23-son
Tuman hokimining 2014-yil 17-yanvardagi 23-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
Hududlar va MMTP lar nomi |
Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati |
Eslatma |
| 1. | I. Xaydarov hududi | 02.02.2014 | |
| 2. | Y. Oxunboboyev hududi | 05.02.2014 | |
| 3. | A. Navoiy hududi | 07.02.2014 | |
| 4. | Turkiston hududi | 10.02.2014 | |
| 5. | Piskent hududi | 15.02.2014 | |
| 6. | A. Doʻstbekov hududi | 18.02.2014 | |
| 7. | X. Qodirov MMTP | 22.02.2014 | |
| 8. | Qirqqizobod MMTP | 25.02.2014 | |
| 9. | Xaitboy-ota MMTP | 29.02.2014 | |
| 10. | Namuna MMTP | 03.03.2014 | |
| 11. | Mirkomil xususiy korxonasi | 06.03.2014 | |
| 12. | MTP AJ | 11.04.2014 | |
| 13. | Tuman yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi | 16.04.2014 | |
| 14. | Tuman Agrosanoat va iqtisodiyot KXK | 18.02.2014 | |
| 15. | Fermer xoʻjaliklari | 22.04.2014 | |
|
16. |
Paxta tozalash zavodi OAJ | 25.04.2014 | |
|
17. |
Tuman elekt tarmoqlari idorasi | 29.04.2014 | |
|
18. |
Obodonlashtirish boʻlimi | 03.05.2014 | |
Tuman hokimining 2014-yil 17-yanvardagi 23-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
TARKIBI
|
Guruh rahbari: | |
| Tuman Davlat texnika nazorati inspektori | Gʻ. Qodirqulov |
|
Guruh aʼzolari: | |
| Tuman Fermyerlar Kengashi raisi | B. Gʻaniyev |
| Tuman KSXB boshliq muovini | M. Dadayev |
| Murotali MMTP rahbari | M. Xoljigitov |